157
VI. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim.
Kompetensiya
deganda fan
boʻyicha egallagan nazariy bilim, koʻnikma va malakalarni amaliy faoliyatda duch
keladigan turli shakl va mazmundagi masalalarni yechish jarayonida qoʻllay olish
qobiliyati nazarda tutiladi.
Kompetensiyaga asoslangan ta’lim oʻquvchilarga biror koʻnikmani oʻz
qobiliyat va imkoniyatlariga asoslangan holda oʻzlashtirish uchun vositalar taqdim
etadi. Bu talabalarga yangi bilimlarni oʻzlariga xos tezliklarda oʻrganish imkonini
taqdim etadi.
Har qanday faoliyat (kasb) turi ushbu faoliyat turi doirasidagi funksiya va
vazifalarni bajarish jarayoniga xos boʻlgan turli kompetentsiyalar egallashni talab
qiladi. Faoliyatga doir shunday kompetensiya birliklarini ajratib koʻrsatish
mumkinki, ular mutaxassis uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu holat
dasturchilarga ham xos hisoblanadi. Informatika va axborot texnologiyalari fani
yordamida egallash mumkin boʻlgan bir qator kompetensiyalar dissertatsiyaning
1.2-§ paragrafida, predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻrganish
orqali
egallash mumkin boʻlgan umummadaniy va kasbiy kompetensiyalar 2.1.1-jadvalda
bayon qilingan. Koʻpincha kompetensiya birliklarini bir-birining oʻrnida
ishlatilishi va turli xil ish sharoitlarida qoʻllash mumkin boʻladi.
Odatda,
kompetentsiya
birliklarini
malaka
darajalari
shaklida
rasmiylashtiriladi va alohida modullar tarzida oʻzlashtiriladi. Talabalar
koʻrsatilgan malaka darajalari boʻyicha oldinga qarab harakat qiladilar.
Kompetensiya birliklarini oʻzlashtirish oʻquvchilarga eng koʻp duch kelishi
mumkin boʻlgan muammolar yuzasidan yordam berishga
imkon beradi va shu
bilan birga keyingi bosqichga oʻtish uchun zarur bilimlarni egallashni taʻminlaydi.
Kompetensiya birliklari talabalarga bilim olishga imkon beradigan aniq,
oʻlchanuvchan, koʻchiriluvchan oʻquv maqsadlaridan iborat boʻladi. Talabalar
oʻzlashtirish jarayonida tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bu jarayonda
oʻqituvchi talabalar bilan ular nimalarni bilishlari kerakligi, bilishlari va bilishni
hohlashlarini aniqlash uchun hamkorlik qiladi. Talabalar individual ta’lim
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, oʻz vaqtida va tabaqalashtirilgan bilim oladilar.
158
Qoʻshimcha ta’lim yordamini olish va notoʻgʻri tushunchalarni
tezda bartaraf
etishni ta’minlash uchun talabalarga oʻzgaruvchan vaqt belgilanadi. Bunda kursni
tugatmagan talabalar asosiy e’tiborlarini koʻproq kursni toʻla qayta oʻqishdan
koʻra, oʻzlarida rivojlantirishi kerak boʻlgan aniq koʻnikmalarga qaratishadi.
Internet sahifalarida kompetensiyaga asoslangan ta’lim muammolariga
bagʻishlangan on-line “Competency-based Education” jurnali ta’sis etilgan [III.82].
Bu yurnal yordamida talabalar samaraliroq yaxshi natijalarga erishishlariga hamda
oʻquvchining ma’lum bir sohadagi malakasini toʻliq ob’ektiv koʻrsatkichlari
asosida oʻlchashga yordam beradi. Kompetensiyaga asoslangan ta’lim uslubiyot
bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlari E. Levine [III.97], R. Ford [III.87], T. N.
Bordyugova [III.10], B.A. Sadullayeva [III.53] va boshqa koʻplab
atoqli pedagog
olimlari tomonidan oʻrganilgan.
Dostları ilə paylaş: