161
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, raqamlashgan
jamiyatda pedagog
olimlar tomonidan bir qator yangi (yoki zamonaviylashtirilgan) ta’lim
texnologiyalari ishlab chiqildi, samaralari oʻrganildi va amaliyotda foydalanish
uchun tavsiya qilindi. Shunday boʻlsada, bironta ham ta’lim
texnologiyasini eng
ustuvor texnologiya sifatida tavsiya etilmaydi. Quyidagi holatlar oʻqituvchilarga
joriy mashgʻulotda qoʻllash uchun u yoki bu ta’lim texnologiyasini tanlashda asos
boʻlib xizmat qiladi:
ta’limiy maqsad va vazifalar;
qaraladigan mavzu;
talabalar auditoriyasining oʻziga xos xususiyatlari,
shu jumladan,
mavzuni oʻzlashtirishga tayyorlik darajasi;
talabalarda mavzuni oʻzlashtirishga ragʻbatning mavjudligi;
mavzuni bayon etish uslubiyoti;
pedagogik shart-sharoitlar;
mavjud texnik va didaktik vositalar.
Bu ma’lumotlar oʻqituvchilarning koʻrsatilgan ta’lim texnologiyalaridan
umumlashtirilgan koʻrinishda foydalanish haqida qaror qabul qilishlari uchun ham
muhim poydevor vazifasini oʻtaydi.
Dostları ilə paylaş: