163
SaaS
– dasturiy ta’minot sifatidagi xizmatlar;
DRaaS
– favqulodda ma’lumotlarni qayta tiklash sifatidagi xizmatlar.
Ma’lumotlarning internet tarmoqlarida saqlanishi foydalanuvchilariga katta
qulayliklar taqdim etgani uchun, bulutli texnologiyalar tarafdorlari
safi borgan sari
kengayib, asta-sekinlik bilan ta’lim tizimiga ham kirib kelmoqda. Bulutli
texnologiyalar ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlarni
taqdim etadi:
- jarayon ishtirokchilari uchun ochiqlik;
- ta’limiy resurslarning umumiyligi;
- resurslardan foydalanishdagi individuallik va
mobillik;
- vaqt va makon ahamiyatining yoʻqligi;
- hamkorlik va oʻzaro muloqot;
- individual ta’lim va mustaqillik.
Bulutli texnologiyalar oʻz ichiga ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun bilim
berish va olishga oid koʻplab xizmat turlarini koʻrsatishga moʻljallangan internet
texnologiyalarini (tarmoqlar,
serverlar, ilovalar, xizmatlar va b.) oladi. Bu
texnologiyalar tegishli ta’lim muassasi yoki fan doirasida ishlab chiqilgan barcha
ta’limiy resurslarni umumiy “bulutlarda” saqlashga imkon beradi. Bu resurslardan
bulutli texnologiyalar yordamida oʻqituvchi va talabalar
internet tarmoqlariga
bog‘lanish imkoniga ega boʻlgan ihtiyoriy mobil qurilma yordamida, turgan joyi
va vaqtidan qat’iy nazar, onlayn yoki offlayn usullardan
birida foydalanishni
ta’minlanadi. Muhimi shuki, ma’lumotlar y yoki bu foydalanuvchining
kompyuterida emas, balki maxsus serverlarda saqlanadi.
Serverlar mijozlarga
(oʻqitivchi va oʻquvchilarga) ta’limga oid ma’lumot omborlari hamda
foydalanuvchilarning virtual ish oʻrinlari bilan onlayn yoki offlayn ishlash
imkoniyatlarini taqdim etuvchi ilovalar ishini boshqaradi va ta’minlaydi.
Bugungi kunda, ta’lim tizimi ishtirokchilari oʻrtasida
quyidagi xalqaro
serverlar bulutli texnologiya xizmatlarini koʻrsatish sohasida katta obro’
qozondilar:
Dostları ilə paylaş: