176
Raqamlashgan sharoitda ta’lim tizimini tashkil qilish va rivojlantirish uchun
pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari,
pedagogik
innovatsiyalar,
mahoratli
oʻqituvchilarning
boy tajribalarini
umumlashtirish, tizimga solish hamda mavjud usul va uslubiyotlarni bugungi kun
nuqtai-nazaridan qayta koʻrib chiqish talab qilinadi. Bu muammolarni hal qilish
yoʻllaridan biri pedagogik jarayonga nisbatan “texnologiya”
tushunchasini
qoʻllashni nazarda tutuvchi yondoshuvni nazarda tutadi. 3.4-§ da ta’lim jarayonida
qoʻllash mumkin boʻlgan ayrim zamonaviy ta’lim texnologiyalari haqidagi oʻz
mulohazalarimizni bayon etgan edik. Ushbu bobda e’tiborimizni dasturlash tillarini
loyihaviy ta’lim texnologiyasi asosida oʻqitishga qaratamiz.
Ta’lim jarayoni samarasini oshirish uchun oʻqituvchilar talabalar bilan
bogʻliq quyidagi pedagogik muammolarni hal qilishlariga toʻgʻri keladi:
oʻrganilayotgan oʻquv fani yoki materialiga nisbatan ijodiy yondoshuvni
shakllantirirish, ijodiy fikrlashga yoʻnaltirish;
mustaqil bilim olish koʻnikma va malakalarini egallashga oʻrgatish;
bilimlarni egallashga nisbatan ragʻbatni uygʻotish;
bilim olish uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga
keltirish;
ta’limiy muammolarni tizimli tahlil qilish va ularni hal qilish uchun
xususiy usullarini izlash koʻnikma va malakalarini shakllantirish va h.k.
Bugungi kunda dasturlash asoslarini oʻqitish sohasida loyihaviy ta’lim
texnologiyalari mazkur muammolarni hal qilishning
samarali usullaridan biri
sifatida qayta shakllanmoqda. Bu usul aslida “eski” usullardan biri sanalsada,
zamonaviy ta’lim muhitida yangicha ahamiyat kasb eta boshladi. Koʻplab
pedagoglar tomonidan XXI asrning asosiy ta’lim texnologiyalaridan biri [III.35] va
“uni har bir oʻqituvchi bilishi kerak boʻlgan uslubiyot” [III.74] sifatida amaliyotga
joriy qilinishi tavsiya qilinayotgan bu texnologiya
zaminida loyihalar ishlab
chiqishga asoslanadigan usul yotadi.
Dostları ilə paylaş: