Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Bulutli texnologiyalarni qoʻllash uchun pedagogik shartlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Bulutli texnologiyalarni qoʻllash uchun pedagogik shartlar.
3.5.1-jadval. 
pedagogik shartlar 
shart xususiyatlari 
Shaxsiy 
Talabalarda

axborot muhiti doirasida bilim olishga boʻlgan 
ishtiyoq, oʻzini-oʻzi nazorat, tirishqoqlik, diqqatni 
jamlash, kreativlik kabi hislatlarni kuchaytirish; 

mustaqil shug‘ullanishga qaratilgan turg‘un qiziqish; 

shaxsiy bilim olish yoʻl xaritasini belgilash va h.k.
Tashkiliy-uslubiy 

boshqaruv va ta’limga oid ma’lumotlarni yig‘ish, 
saqlash, qayta ishlash va tahlil qilishning bulutli texnolo-
giyalarga asoslangan huquqiy hamda oʻquv-meyoriy 
hujjatlar majmuasini yaratish;

fanlar boʻyicha ta’limiy resurslarni raqamlashtirish; 

bulutlar yordamida oʻqitish uslubiyotini yaratish;

bulutga asoslangan mustaqil ta’limning yangi shakl-
lari (on line ta’lim kurslari, vebinar, telekonferensiya va 
b.) hamda bulutli, loyihaviy va boshqa zamonaviy ta’lim 
texnologiyalaridan keng foydalanish; 

talabalar uchun bulutli ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanish yoʻriqnoma va tavsiyalarini ishlab chiqish.
Dasturiy-texnik

ta’lim tizimini tashkil qilish, boshqarish, o’qitish va 
nazorat uchun umumlashgan infratuzilmani yaratish; 

ta’lim muassasini zarur texnik vositalar (jumladan, 
bulutli servisga moʻljallangan serverlar) bilan jihozlash;

katta hajm va yuqori tezlikka moʻljallangan lokal 
tarmoq infratuzilmasini ishlab chiqish;


168 

ta’lim muassasi (bulutli server) va talabalar (mijoz) 
oʻrtasida uzluksiz ma’lumot almashuvini ta’minlovchi 
turg’un muloqot kanalini yoʻlga qoʻyish. 
Oliy ta’lim muassasalarida 3.5.1-jadvalda bayon qilingan pedagogik shart-
sharoitlar asosida yaratilgan bulutli ta’lim muhiti oʻquv jarayonini tashkil qilish 
bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirgan holda, ta’lim samarasini oshirish uchun 
mustahkam zamin tayyorlaydi. Oʻquv xonalaridagi lokal kompyuterlardan 
an’anaviy usullardan tashqari, bulutga asoslangan virtual kompyuterlar sifatida 
ham foydalanish mumkin boʻladi. Bu holat ta’lim jarayonini tashkil qilishda 
texnik vositalardan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi imkoniyatlarni taqdim 
etadi:
- turli texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan kompyuterlarga oʻrnatilishi koʻzda 
tutilgan dasturiy ta’minot uchun tegishli konfiguratsiyani tanlashga ehtiyoj 
yoʻqoladi; 
- oʻrnatiladigan dasturlar va operatsion tizim oʻrtasidagi nomutanosibliklar 
hamda avval oʻrnatilgan dasturiy ta’minot bilan ziddiyatlar bartaraf etiladi; 
- katta hajmli resurslardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan 
kompyuterlarning kamquvvatligi bilan boʻgliq muammolar hal qilinadi; 
- oʻquv auditoriyalari turli kurs, fan va shakl boʻyicha mashg‘ulotlar 
oʻtkazishga moslashuvchan boʻladi; 
- har bir talaba uchun ta’lim jarayonini individuallashtirishga yoʻl ochiladi; 
- talabalar uchun obyektiv va subyektiv sabablar, jismoniy va iqtisodiy 
imkoniyatlar, vaqt va makonga bog‘liq boʻlmagan umumiy ish oʻrinlari yaratiladi; 
- ta’lim olishning joriy holatini saqlab qoʻyish va navbatdagi bosqichlarda 
oʻqishni shu holatdan boshlab davom ettirish mumkin boʻladi. 
Oliy ta’lim muassasalarining koʻplab bakalavriat va magistratura 
yoʻnalishlarida DTS va malaka talablariga boʻgliq ravishda bir qator dasturlash 
tillarini oʻqitish nazarda tutilgan. Ta’lim jarayoniga bu dasturlash tillari boʻyicha 
koʻplab bosma va elektron shakldagi oʻquv adabiyotlari joriy qilingan boʻlib, ular 
tarixan qisqa davrdan soʻng (odatda bu davr koʻpi bilan 15-20 yilni tashkil qiladi) 


169 
oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Shuning uchun, boshqa fanlarga qaraganda dasturlash 
tillarini oʻqitishda bulutli texnologiyalaridan foydalanish bosma adabiyotlarni 
nashr qilish bilan bogʻliq insoniy (mehnat, vaqt, mablag‘), iqtisodiy (tayyorlash, 
chop qilish, saqlash, tarqatish), tabiiy (daraxtlarni kesish) va boshqa xarajatlarni 
kamaytirishga olib keladi.
Odatda, talabalar oʻrganilayotgan dasturlash tillari boʻyicha zarur koʻnikma 
va malakalarni egallash maqsadida maxsus dasturlash muhiti bilan ishlashlari talab 
qilinadi. Zamonaviy dasturlash tillari uchun bunday muhit IDE (Integrated 
Development Environment – ishlab chiqishning integrallashgan maxsus vositalari) 
yordamida yaratiladi. Demak, bulutli ta’lim muhitida predmetga yoʻnaltirilgan 
dasturlash tillarini oʻqitish imkoniyatiga ega boʻlish uchun, ularning IDE lari ham 
virtual mashinalarga oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Bunday bulutli ta’lim muhiti talabalarga nafaqat ta’lim resurslaridan 
ma’lumot olish, balki virtual mashinalar yordamida dasturlash boʻyicha amaliy va 
laboratoriya ishlari yoki boshqa shakldagi oʻquv topshiriqlarini toʻg‘ridan-toʻg‘ri 
bajarish imkoniyatini ham taqdim etadi. Ta’lim muassasi ehtiyojga koʻra bulutli 
texniologiyalar uchun shaxsiy dasturiy ta’minotlarini ham yaratishi mumkin. 
Oʻqituvchilar uchun ma’lumotlarni yangilash hamda qaysi oʻquvchi qanday 
dasturlar bilan ishlayotganini nazorat qilish imkoniyati taqdim etiladi.
Agar virtual mashinaga dasturlash tili IDE lari oʻrnatilmagan boʻlsa, internet 
orqali turli zamonaviy dasturlash tillari (jumladan, Python) bilan on-line ishlash 
imkonini bera oladigan ideone.com, online-ide.com, codechef.com, replit.com, 
jdoody.com, 
ide.geeksforgeeks.org,  codingrooms.org, 
programiz.com (3.5.1-rasm) 
va boshqa koʻplab saytlardan foydalanish mumkin. Bu saytlarning hammasi 
roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga dasturlash tillaridan birini tanlash va shu 
tilda yozilgan dasturlarni kompyuterda on-line bajarish imkonini taqdim etadi. 
Yuqorida keltirilgan on-line IDE saytlari foydalanuvchilar uchun quyidagi 
cheklovlarni oʻrnatgan: 
a) dasturning bajarilish vaqti
- 15 sekundgacha; 
b) ruhsat berilgan operativ xotira hajmi
- 256 MB gacha; 


170 
c) dasturning hajmi 
- 64 KB gacha. 
Bu oʻrinda shuni ta’kidlash joizki, oʻrnatilgan bu cheklovlar talabalarga 
oʻquv topshiriqlarini bajarish uchun yetarli hisoblanadi.
3.5.1-rasm. 
Programiz.com saytining bosh sahifasi.
Tabiiyki, yuqorida koʻrsatilgan shartlar ostida majmua xarakteriga ega 
boʻlgan bulutli ta’lim muhitini yaratish uzoq vaqt, mehnat va katta mablag’ talab 
qiladi. Buning oldini olish uchun har bir oʻqituvchi oʻz fani (jumladan, predmetga 
yoʻnaltirilgan dasturlash tillari) boʻyicha mashg‘ulotlarni bulutli texnologiyalar 
asosida tashkil qilishi mumkin. Buning uchun ta’limiy maqsadlarga moʻljallangan 
bir qator bulutli tayyor ishlanmalardan (Google Classroom, Cursera, Blackboard, 
Microsoft Education Center, Moodle va h.k.) foydalanish tavsiya etiladi. Quyida 
ta’lim muassasalariga bepul xizmat koʻrsatuvchi Google Classroom serveridan 
foydalanish uslubiyoti bayon qilinadi.
Ushu dastur oliy oʻquv yurtlari va oʻrta umumta’lim maktablarida bir qator 
fanlar boʻyicha tijoratlashtirilmagan ta’lim kurslari, vebinar va test sinovlarini 
bepul tashkil qilishga moʻljallangan boʻlib, ma’ruza, taqdimot, test sinovlari, 
soʻrovnoma, trening, videokonferensiya, mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun dars 
jadvallari va boshqa shakllardagi ta’limiy servis xizmatlarini koʻrsata oladi.
Kurslar uchun 15 GB bulutli disk-xotira taqdim etiladi. 
Google Classroom 


171 
Google da akkaunti mavjud oʻqituvchilar uchun 
30 tagacha bepul ta’lim kurslarini 
yaratishga va ular bilan ishlash uchun 200 tagacha talabalarga ruxsat beradi. Bu 
me’yordan chiqish uchun yiliga 3 dollardan boshlanadigan pullik 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin