187
andoza sifatida dasturiy vosita ishlab chiqish jarayonini
oson va qulay holatga
keltiradi, deb hisoblaymiz.
Umuman aytganda, ma’lumotlar ombori bilan bog‘liq masalalarda ishning
ma’lum
bir qismi, ya’ni ombor jadvallarining tuzilmasi (strukturasi) inson
tomonidan “qoʻlda” yaratiladi. Soʻngra, bu jadvaldagi ma’lumotlarni qayta
ishlashni toʻla avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ishlab chiqiladi.
Shunga
koʻra, biz qarayotgan masalani hal qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat boʻladi:
1) ma’lumotlar ombori uchun jadval yaratiladi;
2) jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun dastur ishlab chiqiladi.
Masala koʻlami katta boʻlgani uchun, dastur ishlab chiqish jarayonini
soddalashtirish maqsadida dastlab dasturiy majmua loyihasini ishlab chiqish
tavsiya etiladi. Aniqlik va soddalik uchun talab qilinayotgan
jadval tuzilmasi
maydonlarini 3.6.2-jadvaldagi kabi belgilab olish mumkin.
Bu jadval ustida ma’lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, izlash va koʻzda tutilgan
amallardan birini tanlash imkoniyatini taqdim etish uchun bosh muloqot oynasini
(interfeysni) yaratush talab qilinadi. Muloqot oynasiga mazkur dasturiy majmua
bilan ishlash amaliyotida eng koʻp uchraydigan quyidagi boshaqruv (menyu)
tugmalarining kiritilishi tavsiya etiladi: fayl,
mahsulot bilan ishlash, koʻrish va
tahrirlash (maydonlarga tegishli oʻzgarishlar kiritish uchun), izlash, chop qilish,
yordam (3.6.1-rasm). Bu boshqaruv tugmalari oʻz navbatida ostmasalalar uchun
tashkil qilingan bir qator ostmenyulardan iborat boʻlishi mumkin (3.6.3-jadvalga
qarang).
Dostları ilə paylaş: