Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


“Savdo doʻkoni” ma’lumotlar ombori jadvalining tuzilmasi. 3.6.2-jadval



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

 
“Savdo doʻkoni” ma’lumotlar ombori jadvalining tuzilmasi. 3.6.2-jadval.
maydon mazmuni 
maydon nomi maydon mazmuni 
maydon nomi 
Mahsulot kodi 
Kodi 
Olish 
Olish 
Mahsulot nomi 
Nomi 
Yaroqlilik muddati 
Muddati 
Oʻlchov birligi 
Ulchovi 
Sana 
Sana 
Bir birlik mahsulot bahosi Bahosi 
Ishlab chiqilgan vaqti Vaqti 
Miqdori 
Miqdori 
Sotish 
Sotish 
Umumiy bahosi 
Jami 
Mas’ul 
Masul 


188 
Eslatma:
Ushbu menyu va ostmenyu tugmalarining tarkibi mukammal emas 
va ehtiyojga koʻra kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Savdo doʻkoni ma’lumotlar ombori uchun ostmasalalar. 
3.6.3-jadval. 
bosh menyu 
Tugmalar 
Fayl 
Yangilash, ochish, saqlash, chiqish 
Mahsulot bilan ishlash 
qabul qilish, sotish, muomaladan chiqarish 
Koʻrish va tahrirlash
mahsulot kodi; ishlab chiqilgan vaqti; arzonlashtirish 
Izlash 
mahsulot kodi; mahsulot nomi; ishlab chiqilgan vaqti
yaroqlilik muddati; mas’ul 
Chop qilish 
Joriy ma’lumot, joriy holat, kundalik savdo, davriy savdo, 
muomaladan chiqarish, muddati tugayotgan mahsulotlar.
Yordam 
foydalanuvchi uchun yoʻriqnoma 
Huddi shu jadvalni diagrammalar shaklida ifodalash dastur ishlab chiqish 
loyihasini sodda va koʻrgazmali holatga keltiradi.
3.6.1-rasm. Bosh muloqot oynasi. 
Ushbu yiriklashtirilgan loyiha talabalarga dasturiy vosita ishlab chiqishda 
kamida qanday holatlarni hisobga olish lozimligini koʻrsatadi va qoʻyilgan 


189 
muammoni hal qilsih uchun yaxshigina koʻrgazmali poydevor boʻlib xizmat qiladi. 
Taklif qilinayotgan ostmenyularning har biri yetarlicha sodda boʻlib, ular uchun 
dastur predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari yordamida osongina ishlab 
chiqilishi mumkin. Masalan, “Muddatli savdo” tugmasi savdo shaxobchalar 
amaliyotida koʻp uchraydigan masalalardan biri boʻlib, ma’lum bir davrda amalga 
oshirilgan savdo umumiy hajmi hamda mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarni 
aniqlashda qoʻl keladi. Bu masala yetarlicha sodda boʻlib, ma’lumot soʻralayotgan 
davrni aniqlash hamda jadvaldan shu davrga mos ma’lumotlarni talab boʻyicha 
qayta ishlash va chop qilishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, bu masalani 
quyidagi amallar yordamida hal qilish mumkin: 
1. funksiya e’lon qilish;
2. zarur modullarni ishga tushirish
3. ma’lumot bazasi jadvalini ochish; 
4. hisobot davri boshini aniqlash (kiritish); 
5. hisobot davri oxirini aniqlash (kiritish); 
6. jadvaldan shu davrga ma’lumotlarni saralash; 
7. jadvalni yopish; 
8. orqaga qaytish. 
Endi bu amallarni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash vositalari yordamida 
osongina dasturlash mumkin. Jumladan, ularni Python tilida quyidagi kod shaklida 
yozish mumkin (ma’lumotlar omborining yuqoridagi tuzilmasiga mos jadvali 
“D:\Baza\magazin.db” nomli faylda saqlanayotgan boʻlsin): 
def muddatli_savdo: 
import sqlite3 
con = sqlite3.connect('magazin.db') 
cursor1 = con.cursor() 
a=input(“Muddat boshini kiriting “) 
b=input(“Muddat oxirini kiriting “) 
cursor1('SELECT kod, nomi, sana, sotish FROM magazin WHERE 
a>=sana and b<=sana') 


190 
rows = cursor1.fetchall() 
for row in rows: 
print(row) 
Qolgan ostmasalalar uchun ham dasturlarni huddi shu kabi osongina ishlab 
chiqish mumkin. Barcha ostmasalalar uchun ilovalar dastasi ishlab chiqilganidan 
soʻng, umumiy dasturiy majmua bosh masala muloqot oynasidagi boshqaruv va 
ostmenyu tugmalarini tegishli ostmasalalar uchun yozilgan ilovalarni ishlab 
chiqilgan loyihaga (3.6.1-rasmga qarang) koʻra bir-biri bilan mantiqan bogʻlash 
orqali hosil qilinadi.
Keltirilgan namunadan ham koʻrinib turibdiki, loyihaviy texnologiyalardan 
foydalanish qaralayotgan bosh masala uchun dasturiy majmua ishlab chiqishga 
qaratilgan murakkab va chigal jarayonni soddalashtirish va koʻrgazmali holatga 
keltirish evaziga dasturchilarga katta qulayliklar tugʻdiradi. Bu holat talabalarga 
kelajakda dasturiy majmualar yangi versiyalarini ishlab chiqish, tahrirlash, 
qoʻshimcha omillar hisobiga kengaytirishga imkon beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin