99
baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bu sohada olingan ma’lumotlar
informatika fani oʻqituvchilari uchun talabalarning aqliy rivojlanish dinamikasini
kuzatish, nazorat qilish va rivojlantirish uchun
keyingi hatti-harakatlarini
rejalashtirishda muhim manba vazifasini oʻtaydi.
OTM da PYDT ni oʻqitishda ta’limning bilishga moʻljallangan kognitiv
maqsadlariga qaralayotgan mavzularning hajmiga koʻra bir yoki bir nechta
mashgʻulotlarda erishish mumkin. Ta’lim jarayoni samaradorligini muayyan
mavzu boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun belgilangan oʻquv soatlari
tugaganidan soʻng, aniqlab olinadi. Bu masala modul
tizimiga asoslangan joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlar yordamida hal qilinadi. Oliy oʻquv yurtlarida
dasturlash bilan bogʻliq fanlarni oʻqitishning kreativlik, affektiv va psixomotor
maqsadlari boʻyicha samaradorligini aniqlash jarayoni uzoq muddatni talab qiladi,
chunki bu masalalar quyidagi holatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri boʻliq boʻladi:
- jamiyatda (shu jumladan, auditoriyada) dasturlashga boʻlgan qarashlar;
- dasturlash uchun mavjud ehtiyoj, vaziyat va
sharoitlar;
- talabalar auditoriyasining dasturlash boʻyicha bilim olishga boʻlgan ragʻbat
va moyillikning mavjudligi, yetarli darajada tayyorligi;
- oʻqitivchilarning tajriba, mahorati va bilim darajasi;
- talabalarning individual xususiyatlari.
Shu sababli pedagogik diagnostika sohasidagi izlanishlarimizni faqat
kognitiv maqsadlar uchun olib bordik. Bu maqsadlarga erishish uchun bir qator
masalalarni hal qilishga toʻgʻri keldi.
talabalarni PYDT ni oʻrganishga tayyorlash
hamda dasturchilik kasbiga
boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish;
oʻqitish uchun predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash misolida Python tilini
ishonchli manba va asoslar yordamida tanlab olish va mazmunini belgilash;
tanlab olingan dasturlash tili uchun mavjud adabiyotlarni tahlil qilish,
zarur didaktik vositalar majmuasini yaratish;
zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida mavzularga xos uslubiyotni
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
100
Yuqorida sanab oʻtilgan masalalarning barchasi birgalikda “Predmetga
yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish uslubiyoti”
deb ataladigan bitta yaxlit
mexanizmning asosiy va yurituvchi qismini tashkil qiladi. Ushbu masalalardan
birortasining toʻgʻri hal qilinmasligi mexanizm toʻliq ishlamasligiga olib keladi.
Bu esa predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish sohasida belgilangan
ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishish yoʻlida kutilgan natijalarni ta’minlash
borasida jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
Dostları ilə paylaş: