Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


I-bob boʻyicha taklif va xulosalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

I-bob boʻyicha taklif va xulosalar 
Dasturlash tillari tarixiga nazar solinsa, taxminan 70 yil davomida 
9000 ga yaqin dasturlash tillari ishlab chiqilgani va dasturchilik amaliyoti uchun 
taqdim etilganini koʻrish mumkin. Bu tillar oʻzida turli dasturlash paradigmalarini 
mujassamlashtiradi. Tarixiy davr oʻzgarishi bilan, unga xos boʻlgan dasturlash 
paradigmalari ham oʻzgaradi. Yangi paradigmalar oʻziga avvalgilarining eng 
yaxshi sifatlarini olgan holda, dastur ishlab chiqish jarayoniga yangicha 
yondoshivlar asosida yuzaga kelmoqda. Bu jarayon dasturlash tillarini oʻqitishda 
ham oʻz aksini topmoqda. Dasturlash tillarini oʻqitish va dasturlash paradigmalari 
bir-biriga mos boʻlishi talab qilinadi. Aks holda, o’rtada ziddiyatlar yuzaga kelishi 
mumkin. Bu holatga bugungi kun nazari bilan qarasak, ta’lim muassasalarida 
predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitishnu yoʻlga qoʻyishning vaqti 
kelganini anglash qiyin emas.
Qolaversa, dasturlash tillari boʻyicha turli ta’lim muassasalarida 
talabalar ayrim mavzularni takroran oʻzlashtirishlariga toʻgʻri keladi. Buning oldini 


79 
olish uchun oʻqitish jarayonida fanning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash talab 
qilinadi. Boshqacha aytganda, ta’limning keyingi bosqichlarida dasturlash tillarini 
oʻqitish jarayonini avvalgi bosqichlarda erishilgan natijalar ustiga qurish lozim.
 
 


80 
II BOB. OLIY OʻQUV YURTLARIDA PREDMETGA 
YOʻNALTIRLIGAN DASTURLASH TILLARINI OʻQITISHNING ILIMIY- 
NAZARIY ASOSLARI 
 
2.1-§. Oliy oʻquv yurtlarida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash 
tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalari 
Bugungi kunda, inson hayotining har bir jabhasiga kompyuter, dastur, 
dasturiy vosita, axborot-kommunikatsion texnologiyalari keng kirib, turli shakl va 
mazmundagi boshqaruv, ilmiy tadqiqiot, hoʻjalik yuritish va mehnat faoliyatining 
ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ayniqsa, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 
rahbarligida yurtimizda olib borilayotgan raqamli iqtisodiyotni yoʻlga qoʻyish va 
rivojlantirish siyosati davrida bu holatni yaqqol kuzatish mumkin. Yaqin kelajakda 
raqamlashgan jamiyatning bevosita ishtirokchisiga aylanishi kutilayotgan yosh 
mutaxassislarning har biri ana shunday muhitda boshqaruv, siyosiy, ijodiy, 
madaniy, ma’naviy yoki jismoniy mehnat faoliyatini yuritishiga toʻgʻri kelishini 
yaxshi biladi. Bundan tashqari, talabalar kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida duch 
kelishi mumkin boʻlgan turli shakl va mazmundagi muammolarni informatika fani 
boʻyicha olgan bilimlari yordamida oson, qulay, tez va sifatli hal qilishi 
mumkinligini chuqur his etadilar. Bu holat ularda informatika fani, axborot-
kommunikatsion texnologiyalari hamda yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish va 
foydalanishga nisbatan ijobiy munosabatning shakllanishiga olib keladi.
Talaba manfaatlariga qaratilgan kasbiy ta’limda oʻqitilishi rejalashtirilgan 
har bir oʻquv fanining mazmuni va hajmi boʻlajak mutaxassislarning kasbiy 
faoliyatiga qoʻyilgan malaka talablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bu 
fanlar boʻyicha olingan bilimlar talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga nisbatan 
har tomonlama qarashlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qilishi 
lozim. Talabalarda shakllantirilgan kasbiy faoliyatga ijobiy munosabat, egallangan 
bilim, koʻnikma va malakalar yosh mutaxassislarning mustaqil mehnat faoliyatiga 
tayyorgarlik darajasini belgilab beradi.


81 
Talabalar kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida quyidagi ta’limiy 
sifatlarni egallashlari lozim: 

kasbiy muhit va faoliyatga boʻlgan ijobiy va ijodiy munosbat; 

kasbga oid egallangan boy tarixiy tajribalar; 

kasbiy faoliyatga xos boʻlgan me’yoriy hujjat va standartlarni anglash; 

mustaqil va jamoaviy kasbiy faoliyatga tayyorgarlik; 

kasbiy qadriyatlarni anglash va ularga sodiqlik. 
Koʻrsatilgan sifatlarga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashda boshqa 
fanlar qatori informatika fani ham muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻplab sohalarga 
doir kasbiy vazifalar turli shakl va mazmundagi ma’lumotlarni qayta ishlash bilan 
bogʻliq boʻladi. Odatda bunday ma’lumotlar katta hajmni tashkil qiladi va ularni 
qayta ishlash uchun oʻxshash vaziyatlarda qoʻllash mumkin boʻlgan maxsus 
dasturiy va texnik ta’minot talab qilinadi. Tabiiyki, yirik masalalar uchun dasturiy 
majmualar dasturchi guruhlar tomonidan katta mablagʻ evaziga ishlab chiqiladi. 
Mutaxassislarning kasbiy va amaliy faoliyatida koʻp uchraydigan va kompyuter 
yordamida hal qilish mumkin boʻlgan kichikroq va kungalik masalalar uchun ham 
dasturiy vositalar kerak boʻadi. Agar shunday dastur mavjud boʻlsa, yaxshi. 
Ammo, mavjud boʻlmasachi? Bu muammoni hal qilish uchun mutaxassis yoki 
malakali dasturchilarga murojaat qilishi yoki dasturiy mahsulotni oʻzi ishlab 
chiqishiga toʻgʻri keladi. Koʻrinib turibdiki, oliy oʻquv yurtlarida tegishli 
yoʻnalishlar boʻyicha talabalarni oʻqitish jarayonida ana shunday vaziyatlarga 
tayyorlashni ham nazarda tutish lozim. 
Bunday sharoitda kasbiy va fundamental bilimlar oʻrtasidagi uygʻunlik 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu uygʻunlikni informatika, dasturlash asoslari, 
tabiiy, gumanitar, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari oʻrtasidagi integratsion 
munosabatlarni oʻrnatish orqali erishish mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan fanlarni 
oʻzlashtirish jarayonida olingan bilim, koʻnikma va malakalar talabalarga oʻz 
ustida ishlash va amaliy vaziyatlarda eng maqbul qarorlar qabul qilishga koʻmak 
beradi.
Shunday qilib, informatika fanining zamonaviy boblarini oʻqitish va 


82 
oʻrganish mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ajralmas va eng 
muhim qismlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash fundamental tizimining tashkil 
etuvchi komponentalaridan biriga aylanishi shart. Mazkur jarayonda Oliy oʻquv 
yurtlarida informatika fanining zamonaviy boblaridan biri sifatida predmetga 
yoʻnaltirligan dasturlash tillarini oʻqitishning maqsad va vazifalarini aniqlab olish 
muhim hisoblanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin