sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va misl-siz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat gav
. Amir Temur bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, balki
jamiyat boshqaruvida, uni shakllantirishda tajriba sifatida asqotadi. Bobokalonimiz
Sohibqiron Amir Temurning suvrati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda
ma’lumotlar uchraydi.
Buyuk o‘tmishimizga daxldor bunday ma’lumotlarda Amir Temur siymosining nafaqat jahongir, qudratli davlat asoschisi, balki barkamol haxs sifatidagi ulug‘vor ishlari ham gavddalanadi. Amir Temur shaxsi yosh avlodni Vatanga muhabbat va yurtparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ham buyuk ibrat namunasi bo'lib xizmat qilayotir. Shu ma`noda ulug' bobokalonimiz hayoti va faoliyati bilan bog'liq tarixiy haqiqatni o'rganish, Vatanimiz tarixini sho'rolar davrida to'qib chiqarilgan turli uydirma va soxta talqinlardan holi holda tasavvur etish va targ'ib qilishda o'tmishning mo'`tabar manbalarini "tilga kiritish"ga ehtiyoj nihoyatda katta. Sohibqiron bobomizning vasiyat ohangida aytilgan bu donishmandona so'zlari istiqlolga erishgan yurtimizda davlatchilik an`analarini shakllantirishda dasturulamal bo'layotgani boisi ham shunda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta`biri bilan aytganda, "Biz o'z yurtimiz va xalqimizning sharafli tarixi bilan haqli