Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] — „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) — „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri — bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini sharaflash, ularga bugungi avlodning yuksak hurmat-e’tiborini bajo keltirish istiqlol yillarida amalga oshirilgan behad ulkan savobli ishlar sirasidandir. O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur hazratlarining tabarruk nomi, hayoti va misl-siz jasoratlarga to‘la faoliyati xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat. Mustaqillik in’om etgan eng ulug‘ ne’matlardan biri — bu, xalqimizning o‘zligini bilish, o‘z tarixini emin-erkin o‘rganish huquqi bo‘ldi. Qadriyatlarimizni tiklash, merosimizga xolis munosabatni qaror toptirish, aziz allomalar nomini