hayoti va faoliyati to’la aksini topgan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin
Ali Yazdiylarning «Zafarnoma» asarlari bilan kiyoslash orqali ham bilib
olish mumkin. Xullas, asar Amir Tеmur tomonidan, yoki uning ishtirokida
yozilganligi shubhasizdir. Xozirgi zamon tarix fanida jahongirning savodi
qay darajada ekanligi hakidagi turli fikrlar mavjudligidan qat'iy nazar,
Amir Tеmur zukko va fozil kishi bo’lganlngini ta'kidlovchi ozmi-ko’pmi
ma'lumotga egamiz.
3. Temur tuzuklarida shu davr
madaniyatining yoritilishi.
Amir Tеmur, yuqorida ta'kid etilganidеk, zukko siyosatdon
va yirik davlat arbobi sifatida o’z davlatining tuzilishini, uning qay
tarzda bo’lishi kеrakligini bayon etadi, mansabdorlarning huquq
va burchlarini bеlgilab bеradi. «Tuzukot» muallifining fikriga ko’ra,
har bir tojdor o’z davlatining tayanchi bo’lgan ijtimoiy-siyosiy
guruhlarga suyangan holda ish olib borishi lozim. Faqat ularning
yordamida raiyat, qo’shinlar va davlatini idora qilishi zarur.
Bunday guruhlarga quyidagilar kirgan: 1) Muhammad
alayhissalom avlodi bo’lmish sayyidlar, ulamolar, shayxlar; 2)
tajriba orttirgan bilim-donlar; 3) duogo’y taqvodorlar; 4) amirlar,
sarhanglar, sipohsolar; 5) sipoh va raiyat; 6) saltanat ishlarini,
uning siru asrorini bilgan, kеngash qilishga munosib oqil,
ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotib, dеvon munshiylari; 8)
hakim-lar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9) muhaddislar,
roviylar; 10) mashoyix, so’fiy, oriflar; 11) hunar va san'at ahli; 12)
har mamlakat va diyordan kеlgan sayohatchi va musofirlar,
savdogarlar. Ular turli mamlakatlardan xabar kеltirib turganlar.
4. Olimlar tomonidan Temur
tuzuklarining o’rganilishi.
Dostları ilə paylaş: |