O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 314 Kb.
səhifə5/5
tarix13.05.2023
ölçüsü314 Kb.
#113120
1   2   3   4   5
Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni. Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to'g risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:
-yakkatartibdagi tadbirkorlik;
-xususiy tadbirkorlik;
-jamoatadbirkorligi;
-aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo'lib, uni tashkil qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to'g risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o'z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug'ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o'z navbatida ikki turga boMinadi: shaxsiy tadbirkorlik; birgalikdagi tadbirkorlik.
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to'g risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi. «Shaxsiy tadbiikoilik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o'zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga mulkiy huquq tufayli o'ziga tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilarkiradi:

  • er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

  • dehqon xo'jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo'jaligi;

  • o'zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo'lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo'jaligi.

Yuridik shaxs tashkil qilmay, o'z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag'i ochish, soliq organlaridan ro'yxatdan o'tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.

Adabiyotlar


1.Boltabayev MR., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J., G'oyipnazarov B.K., Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b.

  1. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish omili. -Т.: Fan, 2011. -185 b.

  1. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 2010. - 260 b.

  1. Малый бизнес. Организация, экономика, управление: Учебное пособие для вузов /Под ред. Проф. В.Я. Горофинкля, проф. В.Я. Горфинкеля, В.А. Швандара. - 2е изд., перераб. и доп. -М.: ЮНИТИ -ДАНА, 2008.-320 б.

  2. Предпринимательство: Учебник /Под. ред. М.Г.Лапусты. - 4-е издательство, доп. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 б.

  3. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом: Учебное пособие. - М, Финансы и статистика, 2008. - 160 б.

Yüklə 314 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin