Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Grafika turlari va ularga ishlov beruvchi dastur va texnologiyalar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/6
tarix16.05.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#114728
1   2   3   4   5   6
g833Bguv2Aw6a xglFUM3QRF82jakZKD

Grafika turlari va ularga ishlov beruvchi dastur va texnologiyalar
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalat soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi. Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 × 480, 800 × 600, 1024 × 768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu parametr dpi (dots per inch –nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. Ekran dioganali 15 dyumli (1 dyum = 2,54 sm) monitorda tasvir o‘lchovi 28 × 21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800 × 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter
xotirasidagi rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas.
Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin.
Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. Nashrlarda turli illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi.
Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvachi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlaydi.
Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastrli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni Yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan Foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bo‘ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi.
Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, bunda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning largina
saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Frakta grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‘llaniladi. Shining uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– tijoratga oid;
– namoyishlarga oid;
– muhandislikka oid;
– ilmiy;
– ko‘rgazmaviy;
– animatsion.
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa ko‘rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma’lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta’minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo‘lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yana-da oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan.
Bu esa, o‘z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ко‘rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to‘plamini tahlil qilish imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi – matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu yerda eng asosiy vazifa – yuqori sifatli va chiroyli ko‘rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikaning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to‘plami va ko‘rinishini tezda o‘zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi – bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyihalash ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy grafika – ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish – ko‘zga ko‘rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo‘nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiya va okeanologiyada – xullas qamrovi katta bo‘lgan, tez kechadigan jarayonlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda ishlatilishi mumkin.
Ko‘rgazmaviy grafika – namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarining yig‘indisini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarni slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so‘ngra uni ma’lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‘rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri ovoz va vizual effektlar bilan qo‘shib olib borilishi mumkin. Bundan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud.
Animatsion grafikada – rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlar muhandislik grafikasidagi uch o‘chovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, reklama e’lonlari va teleko‘rsatuvdagi bir tasvirning ichiga ikkinchisini kiritish) qo‘shib uyg‘unlashtirilgan.
Mashina grafikasi – bu kompyuter yordamida obyekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafiksining bir bo‘limi. Kompyuterda turli grafik tasvirlarni hosil qilish mumkin, biroq ular bir-biridan farqlanadi, chunki hozirgi zamon kompyuterlari o‘tgan asrning 90-yillaridagi tizimlarga nisbatan shakllarni aniq tasvirlash imkoniyatiga va maxsus dasturlar bilan kengaytiriladigan tizimlarga ega. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.
Interfaol garafika – kompyuter grafikasining eng asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo‘ladi, ya’ni tasvirning shakli, o‘lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarini o‘zaro ta’sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Grafik muharrirlar - grafik axborotlarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan paketlardir. Ular rastrli va vektorli grafiklarni ishlab chiquvchi ADPga bo‘linadi. Vektorli grafika bilan ishlash uchun paketlar badiiy va texnik tasvirlar bilan keyinchalik rangli bosib chiqarish bilan bog’liq kasbiy ishlash uchun mo‘ljallangan (masalan, dizaynerning ish joyi) loyihalashtirishni avtomatlashtirilgan tizimlari uchun va stol ustidagi nashriyot tizimlari o‘rtasida oraliq joyni egallaydi.
Mul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish va ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dasturli vositalardan tashqari,kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha platalar bilan jihozlanishi mumkin.
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o‘lchamini
bilish ham muhim hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan
bo‘ladi. Uni piksellar deb ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik
ko‘p bo‘lsa ekran shunchalik sifatli hisoblanadi. Ekranning o‘lchamlari
ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Misol uchun
800x600 o‘lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 600 nuqtadan
tashkil topishini anglatadi.
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekranning ham turlari bor. Monitor-Displey chiqarish qurilmasi bo‘lib, ular 2
xil ish tartibida ishlaydilar.
1. Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sig’imiga ega.
2. Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sig’imga ega.
Monitorlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1. MGA Monochrom graphic adapter-oq qora rangli monitorlar.
2. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.
3. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.
4. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli
monitorlar.
5. VGA Video graphic adapter
6. SVGA Super Video graphic adapter.
Hozirda qo‘llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.
SHK da ishlatiladigan ilmiy va muhandislik grafikasi dasturlari ichidan Golden Softvarev firmasining Surfer va Grapher, MapViewer dasturlarini alohida ko’rsatish mumkin. Bu dasturlar tekislik grafiklar hamda rangli kartalar (xaritalar) yaratish uchun mp’ljallangan. Ular DOS va Windovs muhitlarida ishlaydi.Rangli grafik va xaritalarni bu dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor va tasgqi qurilmalarga chiqarish mumkin Surfer paketi z =f (x,y) ko’rinishdagi funksiyalar bilan aniqlanadigan 2 o’lchovli berilganlarga ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan.U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi amallarni bajaradi.hamda natijalarni vizuallashtiradi.Grapher dasturi y=f(x) ko’rinishidagi funksiyakarga ishlov berish va grafiklarni yasashga mo’ljallangan.Unda bir rasmdagi grafiklar soni grafikdagi egri chiziqlar soni cheklanmagan .Har bir ehri chiziq 32000tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda har xil o’lchovli, mashtabli bir nechta koordinatali bo’lishi mumkin. MapWiaver paketi kartalarni kiritish taxrirrlash mashtablarni o’zgartirish, koordinatalarni o’zgartirishhamda kartalar bilan bog’lik rasmlarni axborotga (masalan, demografik ma’lumotlarga) ishlov berish va grafik ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.Yuqorida keltirilgan vizuallashtirish dasturlaridan tashqari umumiy holda ishlatiladigan quyidagi vizuallashtirish dasturlari ham bor



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin