Grafik dasturlar Kompyuter grafikasining qo‘llanilish sohasi juda keng va xilmaxildir. U nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini
yaratish, o‘qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol
o‘ynamoqda. Uning, ayniqsa, matbaa sohasida qo‘llanilishi keyingi
paytlarda rang-barang, suratli adabiyotlar , o‘quv qo‘llanmalari va badiiy
asarlarning paydo bo‘lishida yuksak bezash texnikasidan foydalana olish
imkonini bermoqda. Hozir, o‘ziga jalb qiluvchi videoroliklar, Internet
sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasiz tasavvur qilish qiyin.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarning qay darajada ob’yektiv ekanligini
quyidagi tahlillar isbotlaydi:
Ikki o‘lchovli animasiyalar:
- Animator Pro
- Animation Works Interactive
- Animo
- Elastic Reality
Modellashtirish: (2D va 3D)
- AutoCAD
- Sketch!, Ray Dream Designer, MacroModel, FormZ, Crystal 3D
Designer
- SGIda modellashtirish (2d va 3d): designer, studio va autostudio
Uch o‘lchovli animasiyalar:
- Uch o‘lchovli realistik tasvirlarni yaratish texnologiyasi
- 3D Studio va 3D Studio MAX
- trueSpace, Prisms, Three-D, RenderMan, Crystal Topas
- Electric Image, SoftImage
- Macintosh uchun Infini-D
- LightWave 3D, SoftImage 3D va Media Studio na SGI
- SGI tilidagi PowerAnimator
Katta hajmdagi shriftlar bilan ishlash, ya’ni poligrafiya
sohasida ishlatiluvchi kompyuter grafikasi dasturlari:
- Adobe Photoshop
- Adobe Illustrator
- Corel Draw
- SGI va Macintosh uchun: Barco Creator, Live Picture, Scitex
Blaze, Linotype Da Vinci, Eclipse i Pixelfx.
Rasm solish sohasi uchun qo‘llanilayotgan kompyuter grafik
dasturlari:
- Painter va FreeHand
- Sgida rasm san’ati uchun kompyuter grafikasi (2d) va macintosh:
collage, pixelpaint pro va studiopaint (3d)
Prezentasiyalar uchun dasturlar:
- PowerPoint
- Astound
- Adobe Persuasion, Novell Presentations, Demo-it, Director
Video va komponovka ishlari uchun quyidagi tizimlar tavsiya
etiladi:
- Adobe Premier dasturi va uning konkurentlari
- SGIda Composer
Ilmiy anjumanlar uchun dasturlar:
- Surfer, Grapher va MapViewer
- IRIS Explorer, VIS-SD, PV-Wave, Khronos, Data Visualizer, Data
Explorer
- SGIda Earth Watch.
Corel Draw - bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel Draw dasturining imkoniyatlari unda turli xil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil effektlar va grafik ma'lumotlarni HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni tanlash mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli instrumentlar, import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi.
Har yangi versiyalarda CorelDraw dasturida vektorlar bilan ishlashda yangidan yangi qulayliklar yaratiladi. Hamda interface yaxshilanadi. Yangidan yangi funksiyalar yaratildi, siz interfaceni o‘zgartirish, menyulardagi buyruqlarni joylashishini o‘zgartirish imkoniga egasiz. Hamda hamma tuzatmalarni saqlashingiz mumkin, har gal dasturni yuklaganingizda o‘zingizni interfeysingiz bilan ishlaysiz. 52 Har bir ishni orqaga qaytarish imkoni yanada yaxshilangan. Dastur yanada ko‘proq formatni qo‘llaydi. Oddiy figuralardan tashqari avtofiguralar yaratishingiz ham mumkin. O‘chirg’ich hamda pichoq endi rastorli ob’yektlar bilan ishlash imkoniga ega.
Adobe Photoshop Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo‘ljallangan elektron ko‘rinishidagi fototasvirlarni tahrir qiluvchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur. Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha 61 maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, suratdagi ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi. Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
5-rasm. Photoshop dasturi paneli
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo‘lib, ularda 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganida darchada ko‘zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo‘shimcha buyrularni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o‘ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlanga bo‘lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o‘xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringaligidan darak beradi.
6-rasm. Kompyuter grafikasi turlari
Rang palitrasi. Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi. Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi. Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi. Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi. Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun vositadir. Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish va qayta ishlashda grafik ma’lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda 10 bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi.
RGB rang moduli. RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi na-zaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u birbiriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi.
HSB rang moduli. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan.