Tayanch so‘zlar: Kompyuter grafikasi tushunchasi. Kompyuter grafikasining rivojlanish tarixi. Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasining dasturiy ta’minotlari haqida. Grafik faylarining formatlari va ularning xossalari: BMP, WMF, GIF, PNG, TGA, GPEG, TIFF, PSD, CDR. Ranglarning sxemalari. Rang modellari: RGB, HSB, CMYK, HSL.
Grafik ifodalashning namunalari – geografik xaritalar, iqtisodiy analizning tizim diagrammalari, struktura chizmalari, korxonalar va shu kabi qandaydir fikrlar to‘plamini ifodalovchi jarayonni tuzish va grafiklashtirish grafika deyiladi. Grafikada ikki asosiy element farqlanadi – grafik qiyofa va eksplikatsiya. Grafik qiyofa chizmalar to‘plami bo‘lib, o‘zaro bog‘lanishlari bilan tushuniladi.
Eksplikatsiya - grafik qiyofaning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar to‘plami.
Shartli belgilar yordamida tuzilgan, ma’nosi uning geometrik shakliga bog‘lanmagan bo‘lib, sharoitga bog‘liq holda tushuniladigan obrazlar simvolik obrazlardir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog‘langan bo‘lishi, aniq bir belgilar to‘plami esa simvolikani tashkil etadi. Grafik obraz koordinata tizimi yordamida masshtablashgan shkala, o‘lchov birligi, nomlangan to‘r, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, sonlar chizig‘i, to‘ldiruvchi va qaytariluvchi sonlar sifatida tushuniladi. Geometrik eksplikatsiya - bular koordinat o‘qlari, to‘r, shkalalar va masshtablardir. Ular yordamida grafik obrazlar geometrik xususiyatlarga ega bo‘ladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi. Ideografik eksplikatsiya - shartli belgilarni ma’nosini tushuntiradi figurali, chiziqli, fonli va boshqalar (agar bu belgilar standartlashtirilmagan bo‘lsa), bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bag‘ishlaydi. Xususiylashgan eksplikatsiya - sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilar). Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasida qanday joy egallaganini ko‘rsatib til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hech qanday ma’noga ega bo‘lmaydi. Zonal turi - berilgan maydonni bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lakka maxsus qiymatni biriktirib qo‘yish. Har bir zona gorizontal yoki vertikal polosa shaklida bo‘lib, o‘z sarlavhasiga ega bo‘ladi. Jadval turi - bu o‘zaro kesishuvchi zonalarning kombinatsiyasidan iborat, Masalan, shaxmat doskasi ko‘rinishida yoki Excel jadval protsessorining ishchi zonalariga o‘xshash.
Кompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlari hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida xatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.