Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko‘rkamligini ham nazarda tutish zarur. Grafikaning ko‘rkamligini oshiruvchi va uning yuklanish tezligini kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi grafikasini ifodalash, go‘yoki bu regionlar orasida uzviy bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin. Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘ektlarga ajratish mumkin. Bundan 20 yillar avval ulug‘ olimlar, san’at ustalari, sportchilar, multiplikatsion fllmlar qahramonlari (masalan, bo‘ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmlarini alfavit-raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushirish orqali, rang tafovuti esa ba’zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang), ba’zi joylarda bir marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir. Interaktiv mashina grafikasi (IMG)da tasvirning holati, uning shakli, mazmuni, o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarib turiladi. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalarning barchasi amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir. Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar, shuningdek printer, kino va videokameralar yor-damida hosil qilinadigan tasvirlar kiradi. 24 Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta’sir qilib bo‘lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy jihati shundaki, ularda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi. Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida kompyuter grafikasining uch turi — rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Learning to‘la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi. Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil ko‘rinishda: ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli shaklda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti (x, y) koordinata sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D ko‘rinishidagi tasvirdir. Mukamallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega bo‘lgan dasturiy vositalar nafaqat ekranda berilganlarni aks ettirish usulini tanlashga, shuningdek tasvirning ekrandagi elementlar o‘lchamlarini, holatini o‘zgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi va shunga o‘xshash ishlarni ham bajaradi. Ammo bu qo‘shimcha imkoniyatlar, foydalanuvchiga ma`lum qiyinchiliklar tug‘diradi hamda grafika tuzish vaqtini uzaytirib yuboradi. Ko‘rgazmaviy grafika amaliy dasturlar paketini ko‘pincha grafik tahrirchi bilan almashtiradilar. Aslida grafik tahrirchi shu sinfga oid amaliy dasturlar paketining bir bo‘lagi, xolos. Masalan, Story board Plus amaliy dasturlar paketida grafik tahrirchi - Picture Maker, undan tashqari stcenariy tahrirchisi - Story Editor, tayyor slayd-filmlarni qo‘yishga mo‘ljallangan tahrirchi - Story teller va amaliy dasturlar paketidan kerakli bo‘laklarni ko‘chiruvchi dastur Pictyre Taker ham mavjud. Ushbu sinfga mansub bo‘lgan dasturiy vositalar qatoriga 2D grafikasida ishlay oladigan dasturlarni ham kiritish mumkin. Ular hosil qilgan tasvir va matnlardan slaydfilmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foydalangan holda namoyish qilishga imkoniyat yaratadi: diagonal bo‘yicha, ekranning markaziy nuqtasidan uning chetlariga yo‘nalgan holda, bir - birini qoplovchi ikki to‘siq shaklida va boshqacha effektlar bilan namoyish eta oladi.
Xulosa Grafikaga ishlov berish uchun bizga albatta grafika bilan ishlovchi texnologiyalar kerak bo’ladi va yana dasturiy taminot ham bo’lishi lozim. Shunday qilib grafikaga ishlov berishda dasturiy hamda texnik taminotlar va bundan tashqari grafik texnologik qoidalarga ham amal qilish kerak. Hozirgi kunda bunday tehnologiyalar juda ham takomillashib har-xil turdagi grafika yoki kop olchamli grafikalar bilan ishlash imkonini bermoqda va bu texnologiyalar ishlov berishdagi hatoliklarni kamaytirib kompyuter ishlash samaradorligini oshiradi. Operasion tizimning barcha grafik ob`yektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yul bilan komp`yuterda xosil kilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni komp`yuterga kiritish uchun maxsus tashki (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Kompyuter grafikasi jaxonda yangi fundamental fan xisoblanib, iktisodiyot soxasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir. Maxsus kompyuter programmalari xuddi bir varak ok kogozga kalam yoki ruchka bilan xar xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichkoncha yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir tuzish, tuzatish va ularni xarakatlantirish imkonini yaratdi. Bu programmalar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar xisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshkarib boriladi. Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob`yektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob`yektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada komp`yuter grafikasi deb atash qabul kilingan.