1KURS ISHI AXMATJONOVA XURSHIDA автовосстановление
2.3 Xorij psixologiyasida o’qish motivlarining nazariy tahlili O’qish, o’quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari surilgan g’oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e'tiborni qaratish joizdir. Jumladan, nemis olimi Z.Freyd va U.Makdaugall motivasion omil sifatida hayvonlardagi organik ehtiyojlarni, ya'ni instinktni odamlarga nisbatan qo’llay boshlashdi va inson fe'l-atvoriga bo’lgan qarashlar ichida birinchi nazariya sifatida maydonga chiqdi.
Bulardan tashqari XX asr boshlarida yana ikki yangi yo’nalish paydo bo’ladi, bu motivatsiyaning xulq nazariyasi va oliy asab faoliyati nazariyasidir.
Inson xulqi affektiv kognitiv determinasiyasi muammosini tahlil qila turib, kognitiv psixologiyaning boshqa vakili X.Xekxauzen shunday xulosaga keladi-ki, faoliyat determinasiyasi kognitiv (bilish) va affektiv jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq ekan, ulardan qaysi biri rag’batlantiruvchi kuch ekanligi haqidagi savol o’z ma'nosini yo’qotmadi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o’qish motivatsiyasining o’rni butun dunyo olimlari tomonidan tan olingan va har tomonlama o’rganilgan. O’quv samaradorligini oshirishda o’quv motivatsiyasining rolini chet el olimlari o’z tadqiqotlarida tadqiq qildilar. Shu nuqtai nazardan turib, qo’zg’atuvchilardan tashqarida sodir bo’ladigan xatti-harakatlarni tushuntirish bo’yicha bir talay modellar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish ichki motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo’l keladi. Shunday modellardan birini Olport taklif qiladi. Olport ichki motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan uchta motivasion tushunchalarni tahlil qiladi: funksional avtonomiya, yetarli darajadagi harakat va "Men"ning jalb qilinganligi. U funksional avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval boshqa sabab bo’yicha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holda, o’zi uchun maqsadga aylanishi holatini tushuntirish uchun kiritadi.
E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan xarakterga ega ekanligidadir: ular real o’quv jarayoni bilan juda oz darajada bog’langandir.
Amerikalik mualliflar ko’proq o’quv jarayoni anglab yetilgan motivlari bilan emas, balki ayrim jihatlari kamroq fahmlanadigan ko’rinishda bo’lib, o’quv jarayoniga mayl-istak uyg’otadigan muammo o’qishni motivlashtirish masalalari bilan shug’ullanadilar. Bunday ilmiy ishlarning mualliflari, masalan, o’quvchining sonlarni yodlashiga, alohida xatti-harakatlariga qaysi psixologik jihatlar ta'sir ko’rsatishlarini o’rganadilar va shu yo’l orqali motivlashtirishning ayrim komponentlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu sohada ular E.Torndaykning izdoshlari hisoblanadilar.
E.Torndayk o’quv jarayonini shunday ta'riflaydi: "O’quv jarayoni u yoki bu javob reaksiyasining ma'lum holati bilan muayyan bo’shliqlikda, ya'ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o’rtasida ma'lum aloqa o’rnatilishi bilan izohlanadi.
Torndayk kishi o’zi hohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro’yxushlikning hamda o’zi hohlagan reaksiyaga nisbatan bo’lgan maylning ta'sirini o’rganishga harakat qiladi va shunday xulosaga keladi: "Bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag’batlantirish omillaridan ancha bo’sh va kuchsizdir". Keyingi kitobida esa: "Rag’batlantirish umuman o’ziga eltuvchi barcha aloqalarni yoqlash va kuchaytirish an'anasiga ega, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqqa o’zgartirish xususiyatiga egadir", - deb yozadi.
Bruner ham o’qishni motivlashtirish masalasiga E.Torndaykdan boshqacha qaraydi. "O’quv jarayoni" nomli izlanishlarida Bruner o’quvchining real, yetarli darajada uzoq davom etadigan o’qish jarayoni tufayli tug’iladigan amaliy va nazariy muammolarni izohlashga harakat qiladi. Bruner o’qishni motivatsiyalash, yoki o’qish jarayoniga nisbatan o’quvchilarning moyilligini orttiruvchi omillar haqida emas, balki uning bilan birga, o’quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi. Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo’lsa ham, ulardagi ayrim yo’nalishlari diqqatga sazovordir. Bu birinchi galda, o’qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo’ladigan ichki qanoat hissi, himoya masalalarining qo’yilishidir.
Ta'lim berishda rag’batlantirish va jazolashning roli haqida juda ko’p yozilgan, lekin "yangilikni ochish"da qiziqishning, ichki kechinmalarning ahamiyati haqida juda kam gapirilgan. Agar biz pedagog sifatida bolalarni borgan sari kattaroq o’quv mavzularini egallashga o’rgatishni istasak, aftidan, o’quv dasturini puxta maydalab o’rganishda ko’proq ichki "rag’batlantirishni" qo’llashimiz lozim. Keyingi paytlarda muhokama etilayotgan predmetning murakkab bo’limlarini o’rganish usullaridan biri shundaki, o’quvchilarning imkoniyatlari hisobga olinsin, ularning o’z qobiliyatlari va kuchlarini yetarli darajada sarflay olishlari uchun sharoit yaratilsin, toki ular samarali mehnat faoliyatidan qoniqish hosil qilsinlar. Tajribali pedagoglar bunday mehnat gashtining kuchini yaxshi biladilar. Biron-bir muammoni hal qilishga chuqur sho’ng’ib ketgan kishi nimalarni his qilishini o’quvchilar bilishi lozim.
Murakkab o’quv materialini o’zlashtirishda ichki motivning moyillik uyg’otuvchi kuch sifatidagi ahamiyati haqida Bruner shunday deb yozadi: "Shubhasiz, masalan, mavzu o’rganilishi jihatidan qanchalik davomli va materiali jihatidan keng bo’lsa, o’quvchi shunchalik ko’p intellektual "rag’batlantirish" olishi kerakki, ana shunda u keyingi mavzuni yetarli qiziqish bilan o’rganishga kirishadi. O’quvchi uchun materialni u qadar chuqur tushunmaslik, deylik, navbatdagi sinfga ko’chish singari tashqi jihatlar rag’batlantirish bo’lib xizmat qilgan hollarda, navbatdagi bilimlarni egallash uchun bo’lgan intilish bola
Vaziyat nazariyasini diagnostika qilish vazifalarini tadbiq qilgan G.Rozenfeld (1975) ko’rsatadiki, vaziyat atrof-borliqning vaqtinchalik va fazoviy tavsifidir va u sub'ekt bilan ob'ektning integrasiyasi tomonidan belgilanadi.
O’quv motivlari - bu o’quvchilarni o’quv faoliyatining turli tomonlariga yo’naltirishdir. Masalan, o’quvchining o’zi o’rganayotgan ob'ekt bilan bajaradigan ishiga qaratilgan bo’lsa, ularni bilish motivlari deb atash mumkin. Agar o’quv faoliyati o’quv jarayonida turli kishilar bilan to’g’ri muloqot qilishga yo’naltirilgan bo’lsa, ijtimoiy motivlar namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ba'zan o’quvchilarda bilish jarayoni, qolganlarida esa boshqalar bilan muloqot o’qish faoliyatini motivlashtirib turadi.
A.N.Leontevning fikricha, biz "faqat tushuniladigan" va real harakatdagi motivlarga duch kelamiz. Bola ko’pincha qancha o’qish zarurligini yaxshi tushunadi ( anglaniladigan motivlar), lekin bu narsa ham unga o’quv faoliyati bilan shug’ullanish uchun turtki bo’la olmaydi. Bu bilim mayl shaklini olsagina, biz real harakatda motiv bilan ish ko’rgan bo’lamiz. Faqat tushuniladigan motivlargina ma'lum sharoitda harakatdagi motivlar shaklini oladi. Bu narsa motivatsiyani qayta qurish uchun jiddiy ahamiyatga egadir. Maktabning vazifasi ham bola motivatsiyasini qayta qurishdan iboratdir.
Ta'kidlash kerakki, A.N.Leontev nazariy tafakkurga ega bo’lish, asos sifatidagi bilish motivlarining rivojlanish masalasiga katta e'tiborni qaratgan. U psixik jarayonlarining shunday dinamikasini ochishga harakat qildiki, bunday dinamika motivatsiya rivojlanishi asosida o’quvchilarni bilimlarni egallashga olib keladi.
2.4. O’quv motivatsiyani aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarning emperik natijalari tahlili.
Psixologik tadqiqotimiz obekti yani bosh ko’plik sifatida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversitetining Jizzax filyalining Psixologiya fakulteti Iqtisodiyot va Oila psixologiyasi yo’nalishi talabalari tanlab olindi. Tadqiqotimizda 462-22 va 411-22 guruh talabalaridan 15 nafardan qatnashishdi. Ushbu talabalarda Gelbachevskiyning ”Intilish darajasini” aniqlash testi o’tkazildi. Jami 30 nafar sinaluvchida tadqiqotlarimiz o’tkazildi va taxlil qilindi. Bu metodikani o’tkazishimizdan maqsad Axbarot tizimlari va texnalogiyalari va Psixologiya yo’nalishi talabarining emotsanal intelekt darajalarini o’zaro solishtirish hisoblanadi.