Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻzbekiston milliy universiteti jizzax filiali



Yüklə 325,75 Kb.
səhifə6/12
tarix02.06.2023
ölçüsü325,75 Kb.
#122100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1KURS ISHI AXMATJONOVA XURSHIDA автовосстановление

2.2 O’quv faoliyatini boshqarish.
Faoliyatni psixik boshqarishning samarali bo’lishi uchun psixika narsalarining o’ziga xos obektiv xususiyatlarini aks etirishini va ana shular vositasi bilan inson oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarini aniqlashimiz kerak. Inson faoliyati bilish va idora qilish bilan bog’liqdir. Bu jarayonlar ishtirok qilmasa, inson faoliyati namoyon bo’lishi mumkin emas.
Har qanday faoliyat insonning psixik va jismoniy faolligidan iborat bo’lib ongli maqsad bilan boshqariladi.
Xatti-harakatlarni boshqarish odatda teskari aloqa tamoyili asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda bunday sezgi aloqaning kanali bo’lib xizmat qiladi, predmet va harakatlarning idrok qilinayotgan element va belgilari esa informatsiya manbai vazifasini o’taydi. Teskari aloqaning bunday turini P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan edi.
Inson faoliyatining interiorizatsiya va ekstriorizatsiya xususiyati mavjut. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga o’tish jarayoni interiorizatsiya deyiladi Narsalar bilan qilinadigan tashqi faoliyatni ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb qabul qilingan. Psixologiya fanida subektni o’rganishdan iborat bo’lgan maxsus faoliyat ta’limi deb ataladi. Psixologiya fanida talabaning faoliyati, xulqi va xatti-harakatini, insonning ijtimoiy tajribasini o’zlashtirish tomon yo’naltirish iborat bo’lgan faol jarayonni ta’lim deb yuritish ham uchiraydi. Odatda ta’lim faoliyati o’z ichiga quyidagi holatlarni kamrab oladi :
A) Ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun tevarak-atrof to’g’risida muhim xususiyatlar va qonuniyatlarni o’zlashtirish.
B) Mavjud ma’lumotlar va informatsiyalarni o’zlashtirib olishga yordam beradigan usul va operatsiyalarni egallash.
V) Ko’zlangan maqsad va muammo shartiga mos ravishda optimal uslub, ratsional yo’l-yo’rik va operatsialar tanlash hamda nazorat qilish uchun nazarda tutilgan informatsion materiallardan foydalanish usullari bilan talabalarni qurollantirish va xokazo.
Bizningcha, oliy ta’limda o’quv faoliyatini talaba tomonidan boshqarish jarayoni dastlabki paytlarda o’qituvchining bevosita rahbarligida va kumagida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Aks holda oliy ta’limning mazmuni, o’quv faoliyatining tarkibiy qisimlari, uning psixologik xususiyatlari va qonuniyatlarini, uni tarkib toptirish yo’llari, vositalari, o’zlashtirish, egallab olish usullari talabalarga anglashmay qolishi mumkin. Oliy ta’limni takominlashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga o’rgatish va bunda hozirgi zamon talablariga anglashilmay qolishi mumkin. Oliy talimni takomillashtirish uchun talabalarni mustaqil bilim olishga urgatish va bunda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi faol uslublar bilan qurollantirish ayni muddaodir.
O’quv faoliyatini boshqarishning psixologik masalalarini tadqiq qilish natijasida uning bosqichlari, fazalari, yo’llari, hozirgi kundagi holati, o’quv dasturlarida, darsliklarida va qo’llanmalarda bundan foydalanish axvoli, diagnostik metodikalarning ishonchlilik darajasi aniqlandi. Shuning bilan birga maktab o’quvchilari va talabalarning o’quv faoliyatini boshqarishning yosh davrlari xususiyatlari o’ziga xos jihatlari, guruhiy faoliyat va individual uslubga oid qonuniyatlar, boshqarishning tarkibiy qismlarining turlari, ko’rinishlari, shakllari to’g’risida boyning ma’lumotlar turadi. Yig’ilgan ma’lumotlar ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etib oliy maktabda o’quv faoliyatini boshqarishda muhim rol o’ynaydi.

Yüklə 325,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin