Tarixiylik nuqtai nazaridan mazkur mavzuning ayrim jihatlari alohida holda tadqiq etilgan maqolalar bilan cheklangan bo‘lib, yaxlit tarzda ilmiy o‘rganilmagan. Magistrlik dissertatsiya ishini yoritishda ilmiy adabiyotlardan foydalanishda xronologik jihatdan O‘zbekistonning milliy istiqlolga erishganidan keyingi ilmiy tadqiqotlarga murojaat etilgan. Tadqiqot tarixiy metodlar-tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, holislik tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, unda bugungi tez fursatlarda rivojlanayotgan globalla shu v zamonida xotin-qizlarning bilim va tafakkurli bo‘lishlari zaruriyati ko‘rsatilib berilgan.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati.
- hujjatli materiallar bir tizimga solingan tadqiqot ishidagi nazariy umumlashtirilgan xulosalar mustaqillik yillaridagi xotin-qizlarga munosabatni yoritishdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi;
- tadqiqot natijalari xotin-qizlar masalalarini o‘rganuvchi ilmiy izlanuvchilar uchun nazariy qo‘llanma va axborot manbai bo‘la oladi;
- mavzu tahlilidan chiqarilgan xulosalarni jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning imkoniyatlaridan foydalanish, gender tengsizligi muammolarini ijobiy hal qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun ayollarga xos siyosat konsepsiyasini ishlab chiqishda ijodiy o‘rganish mumkin;
- shu ni ngdek, O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
Ishning tarkibiy tuzilishi.
Tadqiqot kirish, 3 bob, 6 bo‘lim, xulosa hamda foydalanilgan manbalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Magisrtlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 92 betni tashkil etadi.
I BOB. 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda ayollar masalasiga e’tibor I.1 Mustaqillik yillarida xotin qizlar masalasidagi siyosat va uning mohiyati
Jamiyatdagi barcha ayollarning ijtimoiy adolat, tenglik, barqarorlik to‘g‘risidagi fikr o‘ylarini amalga oshirish, ularning manfaatini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikada ayollar va erkaklarning jamiyat hayotidagi tengligiga doir konstitutsiyaviy prinsipni amalga oshirish uchun institutsional muhit yaratildi. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi. Konvensiyaga muvofiq, xotin-qizlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun barcha sohalarda uning normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ -562-son Qonuni shu lar jumlasidandir Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитаси (1991й.), Инсон ҳуқуқлари бўйича парламент вакили (Омбудсман) институти (1995й.), Инсон ҳуқуқлари бўйича Олий Мажлис вакили ҳузуридаги Фуқароларнинг конституциявий ҳуқуқ ва эркинликларига риоя этиш комиссияси (1995й.). Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш билан боғлиқ барча давлат ва нодавлат ташкилотлари фаолиятини мувофиқлаштириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Инсон ҳуқуқлари бўйича Миллий маркази тузилди (1996й.).