“investitsiya”
lar
deb ataladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarni amalga
oshirish bo’yicha qilayotgan amaliy harakatlari majmui
“investitsiya
faoliyati”
deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy
standartlari talablariga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan
amalga oshirilgan investitsiyalar quyilgan vaqtiga ko’ra quyidagi turlarga
bo’linadi:
uzoq muddatli investitsiyalar;
qiska muddatli investitsiyalar.
O’z moliyaviy hisobotlarida aylanma mablag’lar bilan uzoq
muddatli aktivlar o’rtasidagi tafovutni ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni egalik qilish
muddati bir yilgacha bo’lgan aylanma mablag’ sifatida ko’rsatishlari,
uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa egalik qilish muddati bir
yildan oshadigan uzoq muddatli aktivlar sifatida ko’rsatishlari lozim.
Investitsiyalarni baholash 12-sonli “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga
olish” deb nomlangan BHMS asosida amalga oshiriladi. Bunga ko’ra
qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hisobida
xarid bahosida aks ettiriladi. Investitsiyalarning xarid bahosi esa,
investitsiyaning o’z qiymati, brokerlarga to’langan to’lovlar, boj
to’lovlari, bank xizmati uchun to’langan mablag’ va boshqa xarajatlardan
tashkil topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’zR 12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” (O’zR
Adliya vazirligida 1999 yil 16 yanvarda 596-son bilan ro’yxatga olingan).
2. Dusmuratov R.D.. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va
texnologiya”, 2013. – 476 bet.
3. Jo’rayev N.Yu. Moliyaviy hisobot. O'quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2007. –
165 b.
4.
www.lex.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
bazasi.
Dostları ilə paylaş: |