O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/11
tarix02.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#121937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi Farmonova Nasiba

Ko‘rsatmalilik tamoyili. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani o‘qitishdan asosiy maqsad – mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o‘qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o‘rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.

Ko‘rgazmalilik o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo‘yib bolalar ikki qo‘llari orasida ushlab ko‘rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo‘l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi.

  1. Bilimlarni o‘zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik tamoyili. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog‘lanishlar g‘oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo‘lib qolmay, bir-biri bilan bog‘langan holda oson misollardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirib borilishi lozim.

Puxta o‘zlashtirish esa matematikada, ayniqsa, katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o‘zaro shu qadar bog‘langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o‘z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davom ettirish qiyinroq bo‘ladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak-atrofni bilish, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashning ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa, matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvaffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.

  1. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyil bolalarning yosh xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degan

talablardan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga oshirilishi shart.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin