Bikbaeva N.U. 50 - 90 yillarda O`zbekistondagi bolalar bog`chalarida elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga o`rgatish metodikasi masalalari.
50-90 yillarda O`zbekistondagi bolalar bog`chalari elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi asoslari rivojlanishi bo`yicha ko`pgina pedagoglar ish olib bordilar. Jumladan: Bikbaeva H.U. 1973 yildan boshlab, Rossiyalik pedagoglar, Leushina A.M., Stolyar A.A., Metlinalarning ishlarini ko`rib chiqib, ularning hammasi bizning O`zbekiston bolalar bog`chalariga to`g`ri kelmasligini isbotlaydi yangi dastur yaratdi.
Metodistlar Qosimova X.I., Ibroximova Z.I lar bilan birgalikda 1995 yili "Maktabgacha yoshdagи bolalarda matematik tasavvurlarni, shakllantirish" mavzusida O`rta va Oliy pedagogika bilim yurtlari uchun o`quv qo`llanma tayyorlandi.
Bikbaeva N.U. Qosimova X.I. bilan birgalikda "Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi" kursi bo`yicha dastur, Respublikadagi pedagogika Oliy o`quv yurtlari uchun tayyorlandi. Bolalar bog`chalarining turli yosh guruhlari uchun qo`llanma tayyorlangan.
Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz elementar matematikaning vaqt, tevarak-atrof, shakl bo`limlari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Bu albatta juda ham kech edi. 1969-70 yillardagi programmaga birinchi bo`lib matematik tasavvurlarning boshqabo`limlari ya`ni vaqt, tevarak atrof, kattalik, shakl bo`limlari kiritildi. A.M.Leushina sanoq bo`limi bo`yicha ikkinchi kichik gruppadан boshlab haftada 1 marta maktabga tayyorlov gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashg`ulotlar o`tkazishni taklif qildi. Uning taklifiga binoan bunday mashg`ulotlar 1970 yildan boshlab o`tila boshladi.
Uning xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar davomida bolalarni sanoqqa o`rgatish masalasi bo`yicha ish olib borgani uchun matematik tasavvurlarining boshqa masalalari bo`yicha ish olib borolmaydi. Lekin shunga qaramay 1968 yilda bolalar bog`chasi tarbiya programmasining sanoq bo`limi u tomonidan ishlab chiqildi.
Xulosa
Matematika ta’limiy faoliyatlarida, odatda, ko‘p turdagi buyumlar to‘plamidan, ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Shu sababli bularni joylashtirish tartibini o‘ylab ko‘rish juda muhim. Kichik guruhda bolalarga material xususiy quti (konvert) da beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda (bitta qutida) berish mumkin. Ko‘p turdagi buyumlardan foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, ta’limiy faoliyatni boshlash uchun kerak bo‘ladigan material eng ustida tursin. Aloqa usullarini qanday birga qo‘shib olib borish kerak?
Bola tafakkurining ko‘rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning ko‘rsatma-qo‘llanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi. Og‘zaki bayon usuli (metodi) maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha katta o‘rin olmaydi va bolalar bilan so‘zlashuv shaklida foydalaniladi. Bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qo‘shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va ko‘nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi. O‘rgatish kattadan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarini, matematik qobiliyat, mustaqil fikrlash, umumlashtirish qobiliyatini, abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egallash va qo‘llay olish imkonini rivojlantirishi kerak. Bugun matematika o‘rgatish taqqoslash asosida quriladi. Taqqoslash asosida bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o‘ngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi. Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim. Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo‘yicha har xil rejada taqqoslashni mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari bo‘yicha guruhlashni (masalan, geometrik figuralarning shakllari, ranglari va hokazo bo‘yicha taqqoslashni) o‘rganadilar. Bolalarda qo‘llanmalar bilan ishlashlarining ma’lum sistemasini tashkil qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam berish, tashabbusni, mustaqillikni rag‘batlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib kelishdan iborat.Tushunarli, aniq ifodalangan vazifani qo‘yish bolalar tafakkurini faollashtirishning zaruriy shartidir. Vazifa (o‘yin, amaliy, bilish) qo‘yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi. Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko‘rsatadi va tushuntiradi, shu bilan birga, u yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo‘yishga, yoniga qo‘yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi ta`limiy faoliyatga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko‘rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o‘ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi. Bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi ta`limiy faoliyatlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak.
Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni o‘zgartirib turish muhimdir. Shu yo‘l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini faollashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo‘ladi. Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi. Natijada ular kengayadi, aniqlanadi, umumlashadi va mustahkamlanadi. Kichik guruhlarda bir ta`limiy faoliyatda mashqlarning ikkitadan to‘rttagacha variantlaridan foydalaniladi, katta guruhlarda esa to‘rttadan oltitagacha, ayrim hollarda bundan ham ko‘p. Bir xil turdagi mashqlar kichik guruhlarda 2-4, katta guruhlarda 5-6 variantlaridan foydalaniladi. Masalan, katta guruh bolalarining tartib, sanoq ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun predmetning boshqa predmetlar orasidagi o‘rnini aniqlash, u yoki bu o‘rinni egallab turgan buyumni almashtirish taklif qilinadi. Bunda tarqatma materialning ikki-uch xilidan foydalaniladi. Bilganlarni takrorlash mashg‘ulotlarida ular yangi bilimlarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda bolalar ilgari o‘zlashtirgan bilimlarga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –T. O‘zbekiston. 2012.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. –T.: O‘zbekiston, 2020yil, 23 sentyabr.
3. O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’RQ 595-sonli qonuni 2019-yil, 16-dekabr.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qarori. 2016 yil, 29 dekabr.
5. Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli Qarori. 2018-yil 30-sentyabr
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017 yil 30 sentyabr.
7. “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi. 2019 yil, 8 may.
8. “Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida” Nizom. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
13 maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari 2018yil, 18 iyun.
10. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: Grosheva I.V., Evstafeva L.G., Mahmudova D.T., va boshqalar. Toshkent, 2018 yil.
11. Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – T.Ilm ziyo, 2006.
Dostları ilə paylaş: |