O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim


Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi



Yüklə 148,09 Kb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü148,09 Kb.
#161765
1   2   3
mustaqil ish

Boshqarish tizimlarining matematik tasnifi
Odatda BO da va BT elementlarida turli harakatlantiruChi kuchlar
(vozmuщeniya) mavjud bo’ladi. Tashqi harakatlantiruvChi kuchlar kirish o’zgaruvChilari, kirish funksiyalari yoki kirish signallari deyiladi.

Ko’pincha boshqaruvvazifalari haqida ma’lumot beruvchi turli o’lchov asboblarining signallari ABT da kirish o’zgaruvchisi bo’lib keladi. ABTmutloq aniq hollarda boshqaruv vazifalari haqida signal beruvchi o’lchov asboblaridan BT ga kiritilgan signallar avtomatik tizimning foydali kirish signallari deyiladi.


Yuqorida aytilgan muloxazalardan EHM larning zamonaviy avtomatikadagi roli yaqqol ko’rinadi. Murakkab boshqaruv tizimlarini, ayniqsa ko’p sonli ob’ektlarni, yoki turli murakkab jarayonlarni boshqarishga mo’ljallangan boshqaruv tizimlarini tezkor hisoblash mashinalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda avtomatikaning taraqqiyoti bilan uzviybog’langan. Avtomatikada hisoblash texnikasidan murakkab avtomati tizimlarning bosh elementlaridan biri sifatida, qolaversa turli avtomatik tizimlarni
ishlab chiqish va ularda olingan natijalarni qayta ishlash maqsadida foydalaniladi.
Rostlov (boshqariluv) obekti va boshqaruv qurilmasi birgalikda o’zaro aloqada bo’lib, avtomatik boshqaruv yoki avtomatik rostlash tizimini tashkil qiladi.
Avtomatik boshqaruv tizimi (ABT) – maxsus qurilmalar yordamida,
tashqaridan ta’sir ko’rsatmagan holda, ma’lum bir berilgan qonuniyat bo’yicha boshqaruv obektida ro’y beruvchi jarayonlarni tavsiflovchi bir yoki bir nechta parametrlarni boshqaradi.
Avtomatik rostlov tizimi (ART) – maxsus regulyator yoki reguyatorlar yordamida tashqi ta’sirsiz, rostlovchi obektda ro’y beruvchi jarayonlarni tavsiflovchi bir yoki bir nechta fizik qiymatlami mo’tadil, o’zgarmas qiymatda ushlab turadi. Agar avtomotik rostlov tizimida g’alayonlovchi ta’sir bo’lib, uni yo’qotishlik yoki ma’lum bir ruxsat etiluvchi ta’sirga keltirish talab etiladigan bo’lsa, avtomatik boshqaruv tizimi berilgan signalni ma’lum bir qonuniyat bilan
o’zgartirib, kerakli aniqlik bilan bajarishi zarur. Binobarin, avtomatik boshqaruv vazifasiga boshqaruv ta’sirini yaratish, eng yaxshi rejimni avtomatik ravishda tanlash, avtomatik boshqaruvda o’zini o’zi sozlash va boshqalar kiradi. Avtomatik rostlash avtomatik boshqaruvning xususiy holi hisoblanadi.
Avtomatik rostlash sistemalari uzluksiz va uzlukli (diskret) sistemalarga bo’linadi. Uzluksiz ARS da rostlanuvchi kattalik sistema zanjiri bo’yicha uzluksiz o’zgaradi va rostlanuvchi ob’ektga iisbatan rostlovchi miqdorning uzluksiz ta’sirini hosil qiladi. Uzlukli rostlash sistemasida rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o’zgarishi boshqaruvchi va ijro etuvchi zvenolarga vaqti-vaqti bilan ta’sir qiladi.

Uzlukli sistemaga impulsli va pozision (rele) sistemalar kiradi. Agar


sistemaning rostlovchi ta’siri o’tayotgan vaqtning muayyan davrlarida beriladigan bir qator impulslardan iborat bo’lsa, bu sistema impulsli rostlash sistemasi bo’ladi. Bu sistemalarda impulslar parametrlari (amplituda, uzunlik va ishora) tengsizlik miqdoriga bog’liq. Agar avtomatik rostlash sistemasi tarkibiga biror rele harakatidagi element kirsa, bu sistema releli rostlash sistemasi deyiladi. Rele elementining chiqish signali pog’onasimon bo’lib, kirish signali biror muayyan
qiymatga etganda, u bir marta qayd qilingan holatdan ikkinchisiga o’tadi. Rele elementining chiqish signali qayd qilgan qiymatlari soniga ko’ra avtomatik rostlash sistemasilar ikki yoki ko’p pozision bo’ladi.
Ko’pincha ob’ektlarda bir yo’la bir necha parametrlarni rostlash zaruriyati paydo bo’ladi. Agar rostlash konturlari maxalliy bo’lib, rostlagichlar tashqi aloqayo’llari bilan o’zaro bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar bog’lanmagan rostlash sistemalari deyiladi. Agar rostlanuvchi miqdorlar ob’ekt ichida bog’lanmagan bo’lsa, bunday sistemalar texnologik jarayonning sifatli o’tishini ta’minlaydi. Agarda miqdorlar o’zaro bog’langan bo’lsa avtomatik rostlash
sistemasibog’langan bo’ladi. Bog’langan rostlash sistemalaridagi rostlagichlar avvalgidek o’zaro bog’lanmaydi. Har qaysi maxalliy rostlash konturi boshqa konturlarga korrelyasiyalangan ichki aloqa orqali ta’sir qilgani sababli rostlash sifati yomonlashadi. Natijada sistema turg’unlashmagan bo’lib qolishi mumkin. Bu holda bog’langan rostlash sistemasi qo’llaniladi. Rostlagichlari o’zaro tashqi aloqa orqali bog’langan sistema bog’langan rostlash sistemasi sinfiga kiradi. SHu bilan birga rostlagichlarning o’zaro ta’sirida rostlanuvchi kattaliklar ichki bog’lanishlarining zararli ta’sirinn birmuncha
kompensasiya qilishi ham nazarda tutilgan. Eng mukammal xollarda tashqi bog’lanishlar ichki bog’lanishlar Yuzaga keltiradigan ko’ngilsiz xodisalarni butunlay yo’qotadi va bunday bog’langan sistema avtonom deyiladi.



Yüklə 148,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin