O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshidagi
“ Go‘zal yozg‘ichlar ” to‘garagi
D A S T U R I
Andijon – 2023
“ Tasdiqlayman”
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ________ B.Sirojidinov
“KELISHILDI” Pedagogika fakulteti dekani ___ dots. Sh.Hsanov
“____”_________2023 - yil
“___”_________ 2023 - yil “Go‘zal yozg‘ichlar” TO‘GARAGI ISHINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA N I Z O M “Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garaginizomi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash tartibi hamda ular bilan maqsadli ishlashning shakli va uslublari belgilangan.
Iqtidorli yoshlar – O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini xamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
“Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garagirahbari maxsus psixologik, pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Rahbar maqsadga intilish, qat’iylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagi bilan ajralib turadi.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi-respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish.
“Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garagi a’zolarini maqsadli tayyorlash vazifalari:
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini chuqur bilim olishga va qobliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- malakali professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash;
-vatanparvarlik ruxini singdirish
Iqtidorli talabalar, boshlang‘ich bilimlar hisobga olingan holda, ijodga (nasr yoki nazm) bo‘lgan qiziqishlari orqali qobiliyati darajasiga qarab aniqlanadi.
Aniqlangan iqtidorli talabani maqsadli tayyorlash quyidagi o‘quv-ijodiy, tarbiyaviy masalalar va yo‘nalishlardan iborat:
- kengaytirilgan o‘quv rejasi bo‘yicha o‘qish va qo‘shimcha malakaga ega bo‘lish (tanlangan yo‘nalish bo‘yicha);
- maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda (induvidual) o‘qitish; ‘
- chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha o‘qitish (fundamental fanlar, umumkasbiy fanlar, menejment, marketing, audit, huquqiy fanlar, ekologiya va boshqalar)
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturlarida quyidagi omillar nazarda tutiladi: - fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirish;
- kompyuter bilimdonligi hamda programmalashtirish;
- chet tillardan birini puxta egallash;
- kurs va bitiruv ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va chet tilidan samarali foydalanish;
- ilmiy – ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish;
- soha bo‘yicha mustaqil bilim olishga yo‘naltirish va ilm fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash hususiyatlarini shakllantirish;
- davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri tushunadigan va uni qo‘llab-quvvatlaydigan, vatanparvar, barkamol inson etib shakllantirish;
“Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garagitalabalariga dars berishga ilmiy darajali talabani maqsadli tayyorlash dasturi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.
To‘garak a’zolariga ilmiy-rahbar etib ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv – uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv – uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reyting yuqori bo‘lgan professor va dotsentlar tayinlanadi.
“Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garagi a’zolari va ilmiy rahbarlarning asosiy vazifalari:
to‘garak talabalarini maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash;
yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va video-audio texnikalarini o‘quv jarayonida keng qo‘llash;
maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan to‘garak a’zolarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha taklifalar kiritish;
“Go‘zal yozg‘ichlar” to‘garagi a’zolari bilan ishlashning shakl va uslublari:
to‘garak mashg‘ulotlari olib borishni individullashtirish;
talabalarning intellektual salohiyati va qobiliyat imkoniyatlarini bilim olishga yo‘naltirish;
talabalar qobiliyatini rivojlantirish uchun maksimal shart-sharoitlar yaratish;
Iqtidorli talabalar bilan ishlashni sifatli tashkil etish maqsadida universititet, fakultet va kafedralarda quyidagi ish qog‘ozlarini yuritish tavsiya etiladi:
to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘limining Nizomi;
to‘garak a’zolari bilan ishlash bo‘limining ish rejasi;
yillik hisobotlar;
iqtidorli talabalarga oid direktorning buyruqlari;
kafedra bo‘yicha to‘garak a’zolarining ro‘yxati;
murabbiylarni to‘garak a’zolari bo‘yicha bergan tavsiyalari va unga ilova qilgan xujjatlar va fotosuratlar;
konferensiya, olimpiada, tanlov viktorina o‘tkazilishiga oid hujjatlar;
iqtidorli talabalarni izlash va ularni maqsadli tayyorlashga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Xay’at qarorlari;
Murojatlarni qayd etish kitobi;
har o‘quv yilining yakunida iqtidorli talabalarning qobiliyati, o‘quv-ilmiy va malaka sifatlarining reytingi aniqlanadi hamda uning shaxsiy delosiga tikiladi;
Iqtidorli talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishgan ilmiy rahbar, konsultant va o‘qituvchilar “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi ” tomonidan quyidagi rag‘batlantirish va taqdirlashga tavsiya etiladilar:
vazirlik va oliy o‘quv yurtining buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilish;
qo‘shimcha oylik maosh belgilash (agar umumiy reyting ham yuqori bo‘lsa);
o‘quv yili yakuni bo‘yicha uch oylik maosh miqdorida mukofotlashtirish;
faxriy unvonlarga tavsiya etish;
chet el stajirovka va tajriba almashishga yuborish;
dam olish maskanlari va sanatoriyalariga yo‘llanma berish;
buyurtmachi tashkilot iqtidorli talabalarning ilmiy rahbarlari, maslahatchilari va o‘qituvchilariga qo‘shimcha oylik maosh belgilashi mumkin.