Ko‘rsatkichlar
|
2019
|
2020
|
2021
|
2022
|
Aholi soni(yil oxiriga, mln.kishi)
|
31,7
|
2,0
|
24,7
|
108,8
|
Mehnat resurslari(ming kishi)
|
11021,0
|
11998,9
|
12594,0
|
114,3
|
Undan, iqtisodiy faol aholi
|
8195,5
|
8840,1
|
9018,4
|
110,0
|
Shu jumladan, iqtisodiyotda bandlar
|
8157,5
|
8800,0
|
8983,0
|
110,1
|
Ishsizlar
|
38,1
|
40,1
|
35,4
|
92,9
|
Mehnatga layoqatlik darajasi (%)
|
48,6
|
50,0
|
51,0
|
104,9
|
Iqtisodiy faollik darajasi (%)
|
74,5
|
73,7
|
71,6
|
96,1
|
Bandlik darajasi (%)
|
99,54
|
99,55
|
99,6
|
100,1
|
Ishsizlik darajasi (%)
|
0,46
|
0,45
|
0,4
|
87,0
|
Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida o‘rganilayotgan obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo‘ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo‘la oladi. Bu jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo‘lib, ko‘rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.
Jadvalning ega qismida o‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo‘yicha guruhlaganda ularni to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Buning uchun, avval o‘rganilayotgan hodisa to‘plami bir belgisi bo‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo‘yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va to‘la yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)
Voqea va hodisalarni o‘rganish jarayonida va qo‘yilgan vazifalarga qarab ega va kesim o‘z o‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak
1. Jadvallar hajmi katta bo‘lmasligi kerak. Murakkab to‘plamlarni o‘rganishda jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan jadvallar bo‘lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o‘qishga oson ko‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o‘rganilayotgan obyektning nomi, ma’lumotlar tegishli vaqt oralig‘i hamda joyi ko‘rsatilishi lozim.
Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o‘tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim.
Shartli alomatlarga e’tibor berish kerak. Zarur bo‘lganda ayrim ko‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo‘yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
Hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, jadvalda shu ko‘rsatkich o‘rniga “ma’lumot yo‘q” yoki nuqtalar (...) qo‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.
Sotsial-iqtisodiy jarayonlarnida grafiklarning turlari va asosiy elementlari
Sotsial-iqtisodiy jarayonlarda ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun grafiklar keng qo'llaniladi. Grafiklar, ma'lumotlar to'plamlarini tushuntirish, taqqoslash, solishtirish va tahlil qilishda yordam beradi. Quyidagi grafik turlari sotsial-iqtisodiy jarayonlarda keng ishlatiladi:
Qatlamli Grafiklar (Line Chart): Qatlamli grafiklar, vaqt oqimini qo'llab-quvvatlaydigan ma'lumotlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Ustunlari o'zgaruvchini, qatorlari esa vaqt davomini tushuntiradi. Bu grafiklar, moliyaviy ko'rsatkichlar, hisobotlar, demografik tendensiyalar va boshqa vaqtga bog'liq o'zgarishlarni ko'rsatish uchun idealdir.
Asosiy elementlar: X va Y o'qlar, qatlamli ma'lumotlar, axborotning ta'riflari va biror yorliq ko'rsatishlar (masalan, yillar).
Histogramma: Histogramma, ma'lumotlar to'plamining taqsimlanishini ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Bu grafik turi, ma'lumotlar o'rtacha (ortiqcha) qiymati, qisqa vaqt oqimlari va to'plamning taqsimlangan bo'lagi haqida ma'lumot beradi. Histogrammalar, ma'lumotlarni to'plamlar, sifatiy qism va taqsimlanishlarini tahlil qilish uchun yaxshi variantdir.
Asosiy elementlar: Ustun va qatorlar, to'plamning qism (kategoriyalar) bo'lgan kesmalar, o'rtacha qiymatlar, o'q ko'rsatkichlar va hisobotning ta'riflari.
Tortdiagramma: Tortdiagramma, butun ma'lumotlarning qisqa ta'rifidir. Bu grafik turi, ma'lumotlarni ularga tegishli bo'lgan ulkan qismga nisbatan ko'rsatadi. Suhbatlar, ulkanliklarni taqqoslash, bo'linmaydigan to'plamlar va ulkanliklarning proporsiyalarini tushuntirish uchun qo'llaniladi.
Asosiy elementlar: Aylantiruvchi yuzlar (tortlar), ulkanliklarga tegishli ma'lumotlar, tortning qisqa ta'riflari va yuzlarning qiymatlari (yuzdagi proporsiyalar).
Sutunli Grafiklar (Bar Chart): Sutunli grafiklar, kategoriyalar orqali ma'lumotlarning solishtirilishini ko'rsatadi. Bu grafik turi, ma'lumotlarni solishtirish, taqsimlash va taqqoslash uchun yaxshi variantdir. Sutunlar yoki qatorlar o'rtasida solishtiruvchi ma'lumotlar joylashadi.
Asosiy elementlar: Sutunlar yoki qatorlar, kategoriyalar, o'q ko'rsatkichlar, aksirish, axborotning ta'riflari.
Diagrammalar (Scatter Plot): Diagrammalar, ikki o'zgaruvchining o'zaro bog'liqligi yoki aloqasini ko'rsatish uchun ishlatiladi. Uchunliklarni, tendentsiyalarni, korelyatsiyani va o'zgaruvchilar orasidagi aloqani tahlil qilish uchun qo'llaniladi.
Asosiy elementlar: Nuqtalar, x va y o'qlar, o'zgaruvchilar orasidagi aloqa, axborotning ta'riflari.
Grafiklar, sotsial-iqtisodiy jarayonlarda ma'lumotlarni vizualizatsiya qilishning kuchli vositalaridir. Har bir grafik turi o'ziga xos asosiy elementlarga ega bo'ladi, va ulardan foydalanish maqsadiga qarab tanlash tavsiya etiladi. Grafiklar, ma'lumotlarni o'qimlarda, proporsiyalarda, aloqaliliklarda va boshqalarda aniq va tushunarli ko'rsatishga yordam beradi.
Sotsial-iqtisodiy jarayonlarnida grafik – bu statistik ma’lumotlarni ta’sirchan va jozibali qlib tasvirlaydigan geometrik shakldir Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lo‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo‘llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan me’yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to‘laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar iqtisodiy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o‘taydi.
Shunday qilib, statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo‘lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o‘rganilayotgan murakkab to‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko‘lamini tasvirlashda qo‘llanadi.
Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo‘linadi. Quyida ularning turlari tasvirlangan
Diagramma deganda statistik ma’lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma’lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo‘li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo‘laklarga) bo‘linadi va ularda ma’lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo‘llanadi.
4.1-tarh. Statistik grafik turlari.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko‘pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli me’yorga aytiladi. U o‘rganilayotgan hodisaning qanday miqdori tekislikdagi chiziqning bitta birligiga teng deb shartli ravishda qabul qilinganligini bildiradi. Masalan, O‘zbekistonda paxta yetishtirish diagrammasini tuzayotganda 1 mln.t. paxtani 1 santimetrga teng deb qabul qilsak, bu me’yor ushbu grafikning masshtabi hisoblanadi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bo‘ladi va, demak, shu miqdor deb o‘qilishi mumkin. U uchta elementdan iboratdir
0 10 20 30 40 50
Shkala (teng me’yorli)
shkala tayanchi deb ataluvchi chiziq;
chiziqchalar bilan nishonlanib ma’lum tartibda shkala tayanchiga joylashgan nuqtalar;
shu nuqtalarga taalluqli sonlarni belgilovchi raqamlar.
Shkala tayanchining har bir nuqtasiga o‘rganilayotgan hodisaning ma’lum miqdori mos keladi va, aksincha, hodisaning har bir miqdorini chiziqdagi ma’lum nuqta ifodalaydi. Masalan: 2000 yil O‘zbekistonda 3.8 mln. tonna paxta hosili olingan edi. Agar masshtabni, yuqorida aytilganidek, 1 sm. 1 mln tonna paxtaga teng deb olsak, u holda shkala tayanchi chizig‘ining sanoq boshlanadigan “0” nuqtasidan 3.8 sm uzoqlikda yotgan nuqtasi jami yetishtirilgan paxtani bildiradi yoki aksincha, 3.8 mln tonna paxta “0” nuqtasidan 3.8 sm olislikda yotgan nuqta orasidagi masofa o‘lchami bilan tasvirlanadi.
Shkala tayanchi to‘g‘ri chiziqdan yoki egri chiziqdan iborat bo‘lishi mumkin. Shunga qarab shkalalar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli shkalalarga bo‘linadi. To‘g‘ri chiziqli shkalaga oddiy millimetrli chizg‘ich (lineyka) misol bo‘la oladi. Soatning siferblati esa egri chiziqli shkalaga misoldir. Ko‘p o‘lchov asboblari yoysimon egri chiziqli shkalaga ega. Bundan tashqari shkalalar teng me’yorli va o‘zgaruvchan me’yorli bo‘lishi mumkin. Grafiklarni statistikada qo‘llayotganda odatda teng me’yorli shkalalardan foydalaniladi. Tasvirlanayotgan miqdorlar bir-biridan keng ko‘lamda farq qilsa, grafiklarni tuzishda o‘zgaruvchan me’yorli shkalalar ishlatiladi. Bu turdagi shkalalar qatoriga logarifmik yoki nimlogarifmik shkala kiradi. Unda shkala tayanchidagi kesmalar tasvirlanayotgan miqdorlarning logarifmlariga proporsionaldir.
Chiziqli grafiklarni tuzayotganda odatda koordinat sistemasi yoki maydonidan foydalaniladi. Buning uchun koordinat o‘qlariga shkalalar joylashtiriladi. Ayrim paytlarda shkalalar tayanchida nishonlangan nuqtalardan (ingichka) to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va natijada raqamli setka hosil bo‘ladi (4.3-tarh).
70
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
60
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
50
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
40
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
30
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
20
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
0
|
|
5
|
10
|
15
|
20
|
25
|
30
|
35
|
40
|
45
|
|
4.3-tarh. Raqamli setka.
Raqamli setka statistik ma’lumotlarni grafiklarda aniqroq tasvirlash imkoniyatini yaratadi va ulardan foydalanishni birmuncha osonlashtiradi.
Quyida statistik grafiklarning tarkibiy elementlari tasvirlangan
Dostları ilə paylaş: |