10.7. Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti
Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti (ASMO) arab iqtisodiy birligining Kengashi qaroriga binoan 1965 yil 12 dekabrda tashkil qilindi.
ASMOning huquqiy holati 1967 yil 24 iyulda tan olindi. Tashkilot Bosh qumitasining birinchi majlisi 1968 yil 21 martda bo‘ldi, bu sana uning faoliyatini boshlanishi bilan tavsiflanadi. Bu tashkilotning yaratilishidan maqsad – standartlashtirish, metrologiya va turli sohalarda sifatni boshqarish bo‘yicha ishlar olib borish; standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish doiralarida ishlayotgan xodimlarning malakasini oshirish hamda bu sohalarda hujjatlar va axborot masalalari bilan shug‘ullanishdir.
ASMOning Oliy idorasi Bosh qumita bo‘lib, u tashkilot a’zolarining vakillaridan tashkil topgan. U har yili o‘z majlisini o‘tkazadi.
ASMO rasmiy ravishda – arab, ingliz, frantsuz tillarida ish olib boradi. Uning joylashgan o‘rni Ummon (Iordaniya)dir. U turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlamoqda, bularga YunesKO, ISO, XEK, MOZM, YeoK lar kiradi.
ASMOning hujjatlari «Standartlashtirish» jurnalida uch tilda nashr etilmoqda; ASMO – Informative Bookeet; Promotion of Industrial Standartization; Quality Control Glossary. Bundan tashqari standartlashtirish va metrologiyaga oid risolalar; rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiyot darajasini oshirishda mahsulot sifatini boshqarish va boshqa ishlar kiradi.
Xulosa:
Biz bu qilgan mustaqil ishimizdan shuni bildikki: Standartlashtirish va Metrologiya duyo miqyosida asosiy o’rin tutadi: xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YeOK), Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK), Yevropadagi iqtisodiy uyushma (YeES), Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti (ASMO).
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir.
Adabiyotlar:
МЕТРОЛОГИЯ СТАНДАРТЛАШТИРИШ ВА СЕРТИФИКАТЛАШТИРИШ - П.Р.Исматуллаев, А.Н.Мак,судов, А.ХАбдуллаев Б.М.Ахмедов, А.А.Аъзамов 2017.Y.
Крылова Г.Д. Основы стандартизации, сертификации и метрологии. – М.: «ЮНИТИ», 2003г.
Никифоров О.Н. Сертификация продукции, товаров и услуг. Правовые аспекты. Пособие для студентов, преподавателей, продавцов и покупателей и для предпринимателей. – СПб, 2002 г.
Saytlar:
www.bibliofond.ru
www.referatmix.ru
otherreferats.allbest.ru
studfile.net
Dostları ilə paylaş: |