O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi fan va innovatsiyalar vazirligi


Rasm-3.2.2. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA uchrashi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə19/24
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#203115
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
AYGUL DISSERTATSIYA (2)

Rasm-3.2.2. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA uchrashi
Shuningdek, biz bemorlarni 2 guruhga ajratdik: birinchisi, faqat qo‘llarning bo‘g‘imlari OA klinik ahamiyatga ega bo‘lgan ayollarni, ikkinchisi esa poliartrozli, ya'ni tizza va tos-son bog‘imi zararlangan bemorlarni etiborga oldik. Ma'lum bo‘lishicha, birinchi guruh ikkinchisidan o‘rtacha 9 yoshga kichik bo‘lib, kasallikning davomiyligi 2 baravar qisqaroq - 4 yoshga nisbatan 8,5 yil (rasm 7).

Rasm-3.2.3. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari va poliartroz bemorlarning bo‘g‘im rentgenologik xarakteristikasi
Yuqoridagi jadvalda ko‘rinib turganidek, OA davomiyligi oshib borishi bilan boshqa bo‘g‘imlar osteoartrozi uchrash chastotasi yuqoriligi, ya’ni qo‘l panjasi OAortacha Yoshi 57 (52; 62) ni tashkil qilgan bolsa poliartroz bemorlarda bu ko‘rsatkich 66 (63; 72) yoshni tashkil qildi. Boshqa rentgenologik o‘zgarishlarda ikkala guruh ortasida sezilarli farqlar kuzatilmadi.
Qaysi qo‘lning ustunligining rentgenologik o‘zgarishlarning paydo bo‘lish chastotasiga ta'sirini tahlil qilganda, sezilarli farqlar olinmadi; ammo, agar qo‘lning aynan bir bo‘g‘imida yallig‘lanish kuzatiladigan bo‘lsa, jarayonning turli xil kechishi mumkinligi, poliosteoartroz bilan kehgan holatda jarayon tarqalish tendentsiyasi dominant bo‘lmagan qo‘ldagi o‘zgarishlar tomonga surilishi aniqlandi ( rasm-7,8)
.
Rasm-3.2.4. Qo‘l bo‘g‘imlarining izolyatsiya qilingan shikastlanishlarida rentgenologik o‘zgarishlarning paydo bo‘lish chastotasi (%)

Rasm-3.2.5. Polioartrozda rentgenologik o‘zgarishlarning paydo bo‘lish chastotasi (%)
Shunday qilib, qo‘l bo‘g‘imlari OA ning har xil shakllarini klinik va rentgenologik tekshirish, ularning shikoyatlari va obyektiv xulosalari bo‘yicha geterogenligini aniqlandi. Olingan ma'lumotlarni hisobga olgan holda kasallikning eng og‘ir turi eroziv OA bo‘lib topildi, bu esa ushbu bemorlarni erta maqsadli aniqlash va faolroq davolashni bildirib, boshqa shakldagi bemorlar esa davolash va kuzatuv taktikasida sezilarli darajada farq qilmaydi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin