O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar



Yüklə 370,5 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2023
ölçüsü370,5 Kb.
#116119
1   2   3   4   5   6   7
“Ilm yo`li” variativ dasturi mazmuni mohiyati

1.2. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar
Fiziologik rivojlanish. Mazkur davrda organizmning tayanch-harakat va yurak-qon-tomir tizimlarining intensiv rivojlanishi hamda takomillashishi, mayda mushaklarning rivojlanishi, markaziy asab tizimidagi ayrim bo‘linmalarning rivojlanishi va differensirovkalanishi ro‘y beradi. Bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida, bo‘yi o‘sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o‘zgara boshlaydi. 7 yoshli bolalarning bo‘yi o‘rtacha 113-122 sm ga, o‘rtacha vazni esa 21-25 kg ga teng bo‘ladi. Miya sohalari deyarli katta yoshli kishilarnikidek shakllangan. Harakat sohalari yaxshi rivojlangan. Suyaklar mustahkamlanishi davom etadi, lekin umurtqa egilishlari hali barqaror emas. Yirik va ayniqsa, mayda motorikanin rivojlanishi davom etadi. Qo‘l panjalari mushaklarning koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik motorikasi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qo‘l barmoqlarining mashq qildirilishi boladagi intellektni oshirish, nutqni rivojlantirish va yozishga tayyorgarlik ko‘rish vositasi bo‘lib sanaladi.
Psixik jarayonlarning rivojlanishi. Bu yosh bosqichining o‘ziga xos tomoni bo‘lib bilishga doir va fikriy psixik jarayonlarning faol rivojlanishi hisoblanadi. Bola kuzatishga, qarab izlash kabi ixtiyoriy harakatlarni bajaradi. Mana shu yoshda sensor etalonlar – shakl, rang, o‘lcham to‘la o‘zlashtiriladi. Maydon-makonni anglasning rivojlanishi davom etadi. Bola pastga, tepaga, boshqa tomonga kabi tushunchalar bilan amallarni bajara boshlaydi. Shuningdek, endilikda o‘ng va chap tomonni tasavvur qilish aniq shakllangan bo‘lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o‘zida turli xildagi belgilarning hisobga olinishi lozim bo‘ladigan paytlarda xatolikka yo‘l qo‘yishlari uchrashi mumkin.
Maktabgacha yosh oxiriga kelib ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Bola diqqatini ongli ravishda ma’lum bir predmetlarga va obyektlarga yo‘naltirib va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa, diqqat hajmi 7-8 ta predmetni qamrab oladi. Bola ikkiyoqlama tasvirlarni ko‘ra olishi mumkin.
Xotira. Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy shakllari paydo bo‘ladi. U endilikda predmetlarni qarab chiqa oladi, maqsadga qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo‘ladi va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy xotira bola o‘zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish va eslash holatlarda namoyon bo‘ladi. Bolaning eslab qolish istagini har tomonlama rag‘batlantirish zarur, chunki bu nafaqat xotiraning, balki bilishga doir boshqa qobiliyatlar – anglash, diqqat, fikrlash, tasavvur qilishning ham muvaffaqiyatli rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo‘lishi vositalangan xotiraning – eslab qolishning eng mahsuldor shakli rivojlanishiga yordam beradi. Bu yo‘ldagi birinchi qadamlar eslab qolinadigan materialning o‘ziga xosliklari – yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko‘rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o‘rgatish mumkin.
Fikrlash. Ilgarigidek, yetakchi bo‘lib ko‘rgazmali-qiyofaviy fikrlash hisoblanadi, lekin maktabgacha yosh oxiriga kelib so‘zli-mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi. U so‘zlarn ishlata bilish, fikr-mulohazalar mantig‘ini tushuna olish mahoratining rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu yerda albatta katta yoshlilarning yordami zarur bo‘lib hisoblanadi, chunki bolalarning, masalan, predmetlar kattaligi yoki sonini taqqoslashlaridagi bolalarcha fikr-mulohazalarining nomantiqiyligi mavjud bo‘lishi ma’lumdir. Maktabgacha bo‘lgan yoshda tushunchalarning rivojlanishi boshlanadi. To‘la holda so‘zli-mantiqiy, tushunchali yoki abstrakt fikrlash o‘smirlik yoshiga kelib shakllanadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi, muammoli vaziyatlar yechimini topa olishi mumkin bo‘ladi.
Tasavvur. Bola hayotining bu davri tasavvur qilishning o‘ziga xos faolligi bilan tavsiflanadi. Dastlab bu fakat yaratuvchilik tasavvurlari bo‘ladi, ya’ni, biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo‘ladi, keyinchalik esa butunlay yangi qiyofalarni yaratishga qodir bo‘lgan ijodiy tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Nutq. Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo‘la boradi. So‘z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar, sinonimlar, antonimlar va sifatlardan foydalana boshlaydilar. Agarda bola bilan birga ko‘p o‘qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq (tushuntirishli va talqin qiluvchi, bayoniy nutq) hamda muloqotda ishtirok eta olish mahorati yaxshi darajada shakllangan bo‘ladi. Yozma nutq shakllana boshlaydi. So‘z boyligi taxminan 3 000 ta so‘zgacha boyib boradi.
Shaxs rivojlanishi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ongidagi asosiy o‘zgarish bo‘lib “harakatlar ichki rejasi”ning paydo bo‘lishi hisoblanib, u bolaga nafaqat ko‘rgazmali tarzda, balki ongli ravishda ham turli xildagi tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning o‘z-o‘zini anglashida “Men” obrazini anglashi refleksif qobiliyatini belgilaydi, ya’ni, tahlil qilishi, o‘z harakatlarining maqsadlari va natijalari uchun javob bera olishi, shu jumladan, o‘z kechinmalari, hissiyotlarini anglashi. Aynan shu yangilanish bolaning ma’nan rivojlanishining asosi bo‘lib hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng muhim yangi hosilasi sifatida motivlarning bo‘ysundirilishi hisoblanadi. “Men qilishim kerak”, “men qila olaman” motivlarining anglanishi “men xohlayman” motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi.
O‘z “Men”ini anglash va mana shu asosida maktab yoshi oxiriga kelib
ichki hissiyotlarning paydo bo‘lishi yangi ehtiyojlarni tug‘diradi. Butun maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning yetakchi turi bo‘lib hisoblangan o‘yin mana shuning natijasida endi bolaning ehtiyojlarini to‘la qondira olmay qoladi. Bolada endilikda o‘z bolalarcha hayoti doirasidan tashqariga chiqishga intilish, ijtimoiy-ahamiyatli faoliyatda o‘z o‘rnini egallash istagi yuzaga keladi, ya’ni, bola yangi ijtimoiy hissiyotni – “maktab o‘quvchisi o‘rnini”ni egallashga intiladi, bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim natija va o‘ziga xosligi bo‘lib sanaladi. 6-7 yoshda bola o‘zini nafaqat uning o‘zi hosil qilgan amaliy harakatlar chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o‘zining atrof-muhitga va boshqa kishilar orasidagi o‘z o‘rniga nisbatan munosabatlarini tushuna olish hamda tahlil qila olishga (bu yosh uchun xos bo‘lgan shaklda) qobil bo‘ladi: o‘zini ijtimoiy munosabatlar tizimidagi subyekt sifatida tushunish – o‘zining ijtimoiy “Men”ini anglash paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash bu yoshdagi bolada qoidaga ko‘ra, o‘zini ko‘ra olish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunda bola tashqi baholashga juda bog‘liq bo‘ladi, chunki u o‘zi haqida obyektiv fikrni tuza olish imkoniga ega bo‘lmaydi, u o‘zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o‘z nomiga eshitgan baholardan kelib chiqib tuzadi. Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar yaxshi, va birinchi bo‘lishga jon-dili bilan intiladilar, muvaffaqiyatsizlikka uchraganda juda xafa bo‘ladilar, kattalarning munosabati, kayfiyati o‘zgarib qolishiga yorqin va emotsional ravishda reaksiya ko‘rsatadilar. Bu davrda bolalarning guruhda taniqli va yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo‘ladi.
O‘yinlar murakkablasha boradi, ba’zan kattalar har doim ham tushuna olmaydigan alohida mazmunga ega bo‘ladi. Bunda bolalar butun o‘yin maydonini to‘la kuzatib turishga, o‘yindagi barcha ishtirokchilarni ko‘rib turishga va zaruriy o‘yin harakatlariga bog‘liq bo‘ladigan o‘z xulq-atvori yoki rolini o‘zgartirib turishga qodir bo‘ladilar.
6-7 yoshli bolaning muloqoti. Bu yoshdagi muloqot vaziyatli-shaxsiy, ya’ni, berilgan konkret vaqtdagi vaziyatni emas, balki “nima bo‘ldi” yoki “nima bo‘ladi” tarzidagi vaziyatni aks ettiruvchi sifatida bo‘ladi. Muloqotning asosiy mazmuni kishilar dunyosi, xulq-ator qoidalari, tabiiy hodisalardan iborat bo‘ladi. Kattalar dunyo tabiatini ochuvchi ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy kontaktlar va odamlar orasidagi qoidalarning tashuvchisi bo‘lib sanaladi. muloqot jarayonidagi yetakchi ehtiyoj – o‘zaro tushunish, his-tuyg‘ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o‘zining ham ijobiy, ham salbiy yorqin kechinmalari bilan o‘rtoqlashadi. Ota-onalar hamda pedagoglaning asosiy vazifasi bolaning emotsiyalarini ularning bola hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo‘lishi ifodalanadi:
muloqot tashabbusini boshlash; birinchi yaqinlik;
biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj;
musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish;
sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal); guruhda bolalarning tutgan o‘rni bo‘yicha farqlanishi paydo bo‘ladi.
7 yoshlarga kelib bolada maktabgacha bo‘lgan yosh davri tugaydi. Bu davrdagi asosiy ko‘nikmalar bo‘ilb quyidagilar sanaladi:
bola tomonidan odam turmush madaniyati predmetlari va narsalari dunyosining o‘zlashtirilishi;
boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;
“maktab o‘quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda, u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to‘la tushuna olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo‘lishi.

Yüklə 370,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin