O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə1/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Munira Sadriddinova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

Urganch Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
213-guruh talabasi Sadriddinova Muniraning
Botanika fanidan



KURS ISHI




Mavzu: Jigarsimon yo‘sinlar — Marcbantiopsida
Bajardi: Sadriddinova.M


Tekshirdi:


Urganch 2022


M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………………………....3
I-Bob Adabiyotlar sharhi…………………………………………………………7
II-Bob Asosiy qism……………………………………………………………..…9
2.1.Yo`sintoifalarning tarqalishi va ekologiyasi………………………………...…9
2.2. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar muhim belgilari……………….....14
2.3. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari…………………………………………………………………….25
Xulosa……………………………………………………………………….……33_Adabiyotlar_ro’yxati……………………………………………………………..34___Reja:_Kirish_I-Bob_Adabiyotlar_sharhi'>Xulosa……………………………………………………………………….……33
Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………………..34


Reja:
Kirish
I-Bob Adabiyotlar sharhi
II-Bob Asosiy qism
2.1.Yo`sintoifalarning tuzilishi, tarqalishi va ekologiyasi.
2.2. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar muhim belgilari.
2.3. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar bo`limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Jigarsimon yo‘sinlar — Marcbantiopsida
Yo‘sinlarda gametafit bo‘g‘in (nasl) sporafitdan ustun turadi. Jinsiy organi arxegoniy va antiridiy hisoblanadi. Antiridiyda hosil bo‘lgan spermatozoid arxigoniydagi tuxum xujayra bilan qo‘shiladi. Natijada zigota va undan sporogon taraqqiy etadi. SHundan so‘ng jinssiz ko‘payish boshlanadi. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy bog‘langan. CHunki sporafit suv bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. SHuning uchun ham yo‘sintoifalarda gametofit bo‘g‘in ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o‘simliklarda esa sporafit bo‘gin mustaqil yashaydi. Shu bois bo‘lim vakillari yuksak o‘simliklar shajarasida alohida o‘rinda turadi.Yo‘sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuqtundra zonasigacha bo‘lgai hududlarda uchraydi. Yo‘sintoifalarning taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri etilgan sporadan protonemaning o‘sishidir. Protonema ko‘pchilik yo‘sinlarda ipsimon ko‘rinishda, faqat sfagnum va andreya yo‘sinlarida gametofitlar dastlabki fazasida plastinka shaklida bo‘ladi. Jigarsimon yo‘sinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poyabargli gametofit taraqqiy etadi. Yo‘sinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi o‘rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o‘sib, undan shoxlangan ipcha hosil bo‘lali. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo‘linishi hisobiga o‘sib boradi. SHundan so‘ng ipcha shoxlanib, unda gametofor kurtaklar hosil bo‘ladi. Yo‘sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko‘rinishidan yashil suv o‘tlariga juda o‘xshaydi. SHunga ko‘ra yo‘sintoifalilarni yashil suv o‘tasidan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kyolgan."Byroq bu fikrni tasdiqpovchi asosli dalillar yo‘q. Hozirgi klassifikatsiyalar bo‘yicha o‘simliklar bo‘limn 3 ta sinfga (ajdodga) bo‘gtinadi:

  1. Jigarsnmon yo‘snnlar — Marcbantiopsida.

  2. Antotserotasimon yo‘sinlar - Anthocerotopsida.

  3. Poya-bargln yo‘sipsimonlar - Bryopsida.

Ayrim biologyaar 1 chi va 2 chi sinflarni birlashtirib 1 chi sinfni jngarsimonlarning kichik sinfi yoki qabilasi deb qaraydi. Jigarsnmon yo‘snnlar (Marchantiopsida) sinfi Jigarsnmon yo‘sinlar gametofitining xilma-xil bo‘lishi va sporafitining deyarli o‘xshash bo‘lnshi byutan xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropikada tarqalgan bo‘lib, asosan sernam tuprokda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo‘sinlar sinfining vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. Hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra jigarsimonyo‘sinlar sinfi 2 ta sinfchaga bo‘linadi: Marshansia kabilar - Marchantiidae.Yunger sferakarpnamolar – Sphaerocarpales va marshansiyanamolar - Marchantiales, ikkinchi sinfcha esa uchta qabilaga - metutsiyanamolar - Metzgeriales, xaploigriyanamolar - Haploitriales, yungermaniyanamolar - Jungermanniales qabilalariga bo‘linadi. Martapsiyakabilar Marchantiidae sinfcha ajdodchasi
Sinfchaga 3500 lan ziyodroq tur kirib, ularni SHimoliy va Janubiy yarim sharpa, turli ekologik sharoitlarda uchratish mumkin.Marshansiyanamolar (Marchanteales) qabilasi Marshansiyadoshlar (Marchantiaceae) oilasi Marshaniiyadoshlar qabilasining keng tarqalgan vakili oddiy marshansiyadir - Marchantia polymorpha. Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur Yer sharining turli regionlariga tarqalgan. U ko‘proq zax yerlarda, o‘rmonlarda o‘sadi. Tallomining uzunligi 10 sm ra etali. Dixotomik shoxlangan, to‘qyashil rangli. Tallomining ostki qismida oddiy va tilsimon rizoidlari va yaxpgi taraqqiy etmagan barglari - amfigastriya joylashgan Marshaniiya vegetative jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi plastinkasining ustxi tomonida hosil bo‘ladigan savatchalarning ichidagi ajrluvchi kurtaklar yordamiaa boradi. Ajraluvchi kurtaklar shamol yoki yomg‘ir ta’sirida savatchadan ajralib erga tushadi va undan yangi marshansiya (gametofit) o‘sadi. Marshansiya 2 uyli o‘simlik, anteridiyli (erkak) o‘simlik tallomidagi tirgaklar tepasida antershshklar o‘rnashgan. Ularda 'spermatozoidpar etiladi Arxegoniyli (urg‘ochi) o‘simlik tallomidagi tirgaklar tepasida esa arxengiylar o‘rnashgan bo‘lib, ularda tuxum hujayralar etiladi. Urug‘lanish bahor paytiaa ro‘y beradi Uruglangan tuxum hujayradan zigota taraqqiy etadi. Zigotada esa sporogo» o‘sadi. Sporogonning ichida joylashgan sporangiyadan esa spora va elateralar hosil bo‘ladi. Elatera ipchasi sporaning tarqalishiga xizmat qilagsh Sporalar etilgandan keyin atrofga tarqaladi. Tuproqqa tushgan sporadan dastlab (kichkina tanacha) lrotonema, undan esayangi gemetofit taraqqiy etadi.Yungermaniyakabilar Jungermatiniida sinfcha ajdoyasi Bu sinfchaga 250 turkum va 5 minsdan zied tur kirib, ularning qo‘pchiligi tropik va subtropik zonalarda tarqal- gan. Ayrim vakillari esa epifit ьa eggifil holda uchraydi Antotserotsimonlar (Anthocerotopsida sinf (ajdod) Bunga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik viloyatlarida mo'tadil iqlimli joylarida tarqalgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda antotserotsimonlar sinfiga bitta-antotserotdoshlar (Anthocerotaceae) oilasi kiritiladi. Ba’zi adabiyotlarda esa bu sinfga notatila- doshlar (Notatilaceae) oilasi ham kiritilali.Birinchi oilaning antotseros turkumi tabiatda anyaa keng tarqalgan bo‘lib, u 200 ga yaqin turga ega. Antotserotsimonlarningtanasi yassi va tasmasimon, balandligi (bo‘yi) 2-3 sm, diametri 1-3 sm. Ayrim turlarida sporagenning uzunligi 13 sm gacha etadi. Tanasi bir necha qavat yupqa hujayralardan tashkil topgan. Tallomining ostki tomonida rizoidlari joylashgan. Antotserotlarning ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘llar bilan boradi. Vegetativ ko‘tovchi ko‘p yillik vakillari tallomining ostki tomonida tugunchalar hosil bo‘lib, ular yordamida ko‘payadi. Ularda jinsiy ko‘payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) endogen joylashgan. Anteridiylar bittadan yoki guruh bo‘lib joylashgan. Yetilgan anteridiyning ustki qismi yorilib ochiladi, natijada spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi. Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Uning tuxum hujayrasi urug‘langandan so‘ng dastlab zigota undan esa sporogon hosil bo‘ladi. Sporogonda esa sporalar taraqqiy etadi. Sporofit ularda yaxshi taraqqiy etgan. Sporofit uzunchoq ko‘sakchadan iborat. Sporalar etilgandan keyin ko‘sakcha ichidan tashqariga sochiladi. Sporalardan ipsimon protonema, undan esa yangi yosh gametofit taraqqiy etadi.


Mavzuning maqsadi: Jigarsimon yo‘sinlar — Marcbantiopsidaga kiruvchi turlar va navlar haqida ma’luotlar to`plash va ularni o`rganish.
Ishning vazifasi: Ushbu kurs ishini bajarishda quidagilarni o`z oldimizga vazifa qilib oldik.
1.Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar turlari va navlari biologiyasini o`rganish;
2. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar turlarini o’zgarayotgan tashqi muhit sharoitlariga moslashtirishni tashkil qilish
3. Jigarsimon— Marcbantiopsida yo‘sinlar turlarning axamiyatli tamonlarini yoritib berish.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin