O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə9/12
tarix15.06.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#61494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Munira Sadriddinova

2.3 1-rasm Oddiy kakku zig'iri
tikka o'suvchi, shoxlanmagan, oddiy qalami barglar bilan zich qoplangan. Poyasining o'rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilari esa kichik va qo'ng'ir rangli. Poyasining asosida ko'p hujayrali, qo'ng'ir tusli rizoidlar taraqqiy etgan. Kakku zig'iri ikki uyli, urg'ochi tupda arxegoniylar, erkak tupda anteridiylar hosil bo'ladi. Urug'lanish suv yordamida boradi. Urug'lanishdan keyin hosil bo'lgan zigotadan sporogon shakllanadi. Sporogon ko'sakcha va oyoqchadan iborat. Ko'sakcha qalpoq, quticha va qopqoqdan tarkib topgan. Ko'sakchada yetilgan spora qulay sharoitga tushib, undan yashil ipsimon protonema, so'ngra yosh gametofit taraqqiy etadi.Bu sinfcha bir nechta qabilalarni o`z ichiga oladi. Shulardan biri Politrixumnamolar qabilasi (Polytrichales). Qabilani vakillaridan biri Kakku zigiridir (Polytrichum commune).
Bu o`simlik asosan o`rmon, botqoqlik va sernam joylarda qalin chim hosil qilib o`sadi. Uning poyasi tik o`suvchi 20-30-40 sm gacha etib boradi, shoxlanmaydi, uchli, dag`al, qattiq barglar bilan zich qoplangan. Barglari poyani o`rab turuvchi qin hosil qilib, ketma-ket joylashgan. Poyani eng pastki bargsiz qismi tuproq ostida ildiz poyaga aylanib, undan ko`p xujayrali rizoidlar hosil bo`ladi. Poyaning ichki tuzilishi bir muncha murakkab tuzilishga ega bo`lib, tashqi tomonidan epidermis, undan po`st va markaziy qismini o`tkazuvchi nay bog`lamlari tashkil etadi. Ular floema va ksilemaga to`g`ri keladi.Kakku zigiri 2 uyli o`simlik. Jinsiy a`zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, ular poyani uchki tomonida hosil bo`ladi. Anteridiy serbar, qizg`ish yoki Sarg`ish barglar orasidan joy olgan. Anteridiyning devori bir qavat ichi bir nechta spermogen xujayralardan tashkil topgan. Har bir spermogen xujayradan ikki xivchinli spermitozoidlar etiladi. Anteridiylar orasida iplarga o`xshab ko`rinadigan va yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan maxsus parafizalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi oldingi yo`sinlardagidek. Otalanishi suv yordamida amalga oshadi. Otalangan tuxum xujayradan sparofit nasl sporogoniy hosil bo`ladi. Etilgan sporogoniy ikki qismdan-ko`sakcha va banddan iborat. Ko`sakchani yuqori tomoni arxegoniyning qorin devorchasidan o`sib chikqqn serbar, tukli qalpoqcha bilan o`ralgan. Ko`sakcha o`z navbatida bir oz kengaygan asosi va ko`sakcha bo`shlig`ini berkitib turadigan qopqoqchaga bo`linadi. Ko`sakcha bo`shlig`ida xaltachalarga o`xshagan sporangiy joylashgan. Sporangiyda hosil bo`lgan sporalar tayyor holga kelgandan so`ng, ko`sakcha ochiladi. Ko`sakcha ochilgunga qadar avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qopqoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida uchi dumoloqlashgan bir nechta kalta tishchalar (peristomalar) joy olgan. epifragma bilan tishchalar o`rtasida teshikchalar bo`lib, shu erdan sporalar tashqariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yordam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan so`ng, o`sib sershox protonema ipchalariga, bularda esa kurtaklar vujudga keladi. Kurtaklar asta–sekin o`sib gametofitga ya`ni poya bargli yo`sinlarga aylanadi.Bu o`simlik Shimoliy Yarim sharning mo``tadil iqlim hududlarida ko`p tarqalgan.Sfagnumkabilar sinfchasi. Bu sinfcha faqat 1 ta qabila – Sfagnumnamolarni (Sphagnales) o`z ichiga oladi. Qabila bitta oila Sfagnumdoshlardan (Sphagnaceae) iborat. Oilani muhim vakillaridan biri Sphagnum acutifolium. Bu o`simlikni tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan qoplangan.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin