Kurs ishining maqsadi ish haqi bo’yicha tashkil etiladigan jarayonlarda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar maqsad qilib olindi.
-Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyatini,ularning shakllarini ochib berish;
-Ish haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish;
-Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish;
-O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tahlil qilish;
Kurs ishining obyekti mehnat jarayonlarni tashkil etish va ish haqini to’lash bilan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda ish-haqini to’lash,aholi daromadlarini oshirish hamda mehnat jarayonlarini optimallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari xorijlik yetakchi olimlarning ish haqi to’lashni tartibga solinishi,mehnatni tashkil etish jarayonlarii bo’yicha amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzulishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta bo’lim, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1-bob.Ish haqining mazmuni va tashkil etish shakllari
Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi , ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar.Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga xar hil ta’rif beradi.
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning “yashash uchun vosita minimum “ konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fizialogik minumimi bilan bir xil deb hisoblanadi.Lekin bunday qarash to’g’ri emas.Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimum bilan aniqlash, ishga yollovchilarni ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin.Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik faoliyatidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan.
Ish haqi — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorida kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.
Ish haqi — yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish qobiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish harajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.
Xozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan “Ekonomiks” darsliklarida, V.D.Kamayev rahbarligida nashr etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligi va boshqalarda) ish haqining mehnat narxi sifatida,ayrimlari esa mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar.Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tuushunchaga asoslanishadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga
qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olinganpul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
𝑉𝑝
=
𝑉𝑛 𝑃
bu yerda: Vp - real ish haqi ; Vn - nominal ish haqi; P - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik
yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi.
Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan
shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish
uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining
madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma’qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflamoqdalar.
Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |