O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


II. Boshlang‘ich tayyorgalik bosqichida o‘tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar mavzulari



Yüklə 91,49 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü91,49 Kb.
#193482
1   2   3   4   5   6   7
1 курс СПМО Фан дастури

II. Boshlang‘ich tayyorgalik bosqichida o‘tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar mavzulari.
1-mavzu. Holat, harakatlanish va to‘p uzatish texnikasi
Dastlabki, turg‘un, o‘zgaruvchan va jismoniy tayyorgarlik holatlari. Turli yo‘nalishlarda harakatlanishlar texnikasi. Ko‘krak oldidan, pastdan va yuqoridan turli traektoriyalarda ikki va bir qo‘llab to‘p uzatish texnikasi.
2-mavzu. To‘p urib yurish texnikasi
Past, baland va sapchish balandligini o‘zgartirib to‘p olib yurish texnikasi. Yo‘nalishni o‘zgartirib to‘p olib yurish texnikasi. Qarshilik bilan to‘p olib yurish texnikasi.
3-mavzu. Savаtga to‘p tashlash texnikasi
Ko‘krak oldidan, pastdan, yuqoridan, shchit tagidan o‘rta va uzoq masofalardan savatga to‘p tashlash texnikasi. Sakrab savatga to‘p tashlash texnikasi. Ikki qadamdan so‘ng shchit tagidan to‘p tashlash texnikasi.
4-mavzu. Himoyaga xos o‘yin texnikasi
Qoida doirasida to‘pni tortib olish. Hujumchi to‘pni ilayotganda, uzatish va savatga otayotganda urib chiqarish, olib qo‘yish, yopish. O‘z shchiti yoki halqadan sapchigan to‘pni o‘z sherigiga urib berish, olib qo‘yish yoki maydon tashqarisiga chiqarib yuborish.
Mavzularda keltirilgan o‘yin usullar texnikasi tayyorlov, yondoshtiruvchi, taqlidiy va vaziyatli mashqlar yordamida o‘rgatiladi va takomillashtiriladi
5-mavzu. Hujum taktikasi
Yakka, guruhli, jamoa hujum taktikasi – to‘pni olish uchun qulay joyga chiqish, raqibni chalg‘itish uchun to‘psiz qulay joyga chiqish, to‘p bilan o‘ynash: ilish, uzatish, urib yurish, savatga hujum qilish: to‘p tashlash, qayta tashlash taktikasi, “juftlik”, “uchlik” o‘yini, zonali himoyaga qarshi hujum, shaxsiy va zonali pressingga qarshi hujum qilish taktikasi.
6-mavzu. Himoya taktikasi
Yakka, guruhli, jamoa himoya taktikasi – bo‘sh joyga chiqishga qarshi harakat, to‘pni olish uchun qarshi harakat, shchitdan sapchigan to‘pni olishga qarshi harakat, bahsli to‘pni olish uchun qarshi harakat, savatga hujum qilishga, “ikki yoqlama to‘siq”qa qarshi, ikki o‘yinchini ta’qib qilishga qarshi harakatlar taktikasi.

Yüklə 91,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin