Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida mashg`ulotlarni tashkil etish (basketbol)
180
180
360
2.
Faning mazmuni
Fanning o`qitishdan maqsad – basketbol ixtisosligida ta’lim oluvchi talabalarning boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida mashg`ulotlarni tashkil etishga muvofiq bilimlarini mustaqil o‘zlashtirish va amaliy mashg‘ulotlar asosida ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Ushbu fan ixtisoslik fani tarkibiga mansub bo‘lib,1-2 semestrlarda o‘tkaziladi.
Fanning vazifalari – fаn bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: basketbol bo‘yicha o‘tkaziladigan turli musobaqalarda ishtirok etib, o‘zining mahorat darajasini tasdiqlovchi sport razryadlariga ega bo‘lishi;
o‘qituvchi trenerning kasbiy-pedagogik bilimi, ko‘nikma va malakalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borish va ularni malakaviy amaliyotlarda mukammallashtirish;
musobaqa qoidalarini o‘zlashtirish musobaqalar tashkil qilish va o‘tkazish malakalarni egallash asosida kamida “sport hakami” unvoniga ega bo‘lish;
bosqichma-bosqich jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik bo‘yicha belgilangan me’yoriy talablarni bajarish;
tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil ish va bitiruv malakaviy ish tayyorlash uchun materiallar to‘plash;