O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Fakultet ___________________________________
Yo’nalish ___________________________________
Guruh ________
MUSTAQIL ISH
Mavzu: INNOVATSION FAOLIYATNING TASHKILIY SHAKLLARI INNAVATSION MENEJMENTNING METODOLOGIYASI
Fan nomi: ___________________________
Bajardi: _____________________________
Tekshirdi:____________________________
Farg`ona 202___
Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari innavatsion menejmentning metodologiyasi
REJA:
1.1. Innovatsion menejmentning metodologiyasi tushunchasi
1.2. Innovatsion menejmentdagi tizimli yondashish
1.3. Yangiliklar yashash davri konsepsiyasining mohiyati
“Boshqaruv” tushunchasi har xil ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatish sifatida talqin qilinadi, u tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega. Boshqaruvning ilmiy asoslari bo‘yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni boshqarish odamlar jamoalariga ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatish sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining inglizcha ma’nosi “menejment” so‘zi bilan aks ettiriladi. Menejment mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mehnat sarmoyalar va boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. SHunday nuqtai nazar asosida innovatsion menejment – bu innovatsion faoliyat, uning resurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda sotsial – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir.
XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o‘tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga birinchi harakatlar ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U. Teylor uning asoschisi bo‘lgan. Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o‘rniga ilmiy-texnik va sotsial – texnik va sotsial-iqtisodiy omillarni murakkab yig‘indisini hisobga olishni talab qiluvchi nazariyalar kelgan. Menejmentning keyingi maktablari boshqaruv fikrini evolyusiyasiga asoslangan. Masalan, belgilangan bosqichda olimlar boshqaruv nazariyasini ikkita: yopiq va ochiq tizimlar va menejmentning ratsional va sotsial omillar nuqtai nazarda ko‘rib chiqa boshlaganlar.
Ilmiy – texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyusiyasi sharoitida boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyusiyasi sodir bo‘lgan. Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi evolyusiyasi asosiy bosqichlari 1 – jadvalda berilgan.
Ilmiy fan sifatidagi boshqaruv evoliyusiyasining xususiyati shundan iboratki, u boshqaruv fikrining bir necha maktablari asosida rivojlangan, ular ko‘pincha mos kelganlar, qisman esa bir birlarini to‘ldirganlar, takomillashtirganlar. Bu shuning bilan izohlanadiki, ham an’anaviy va ham innovatsion menejmentda har xil maktablarning bilimlari va usullaridan foydalanilgan, boshqaruv jarayoni esa ham menejmentning nazariy konsepsiyalariga va ham har xil nazariy maktablar va ilmiy yondashishlarga suyangan.
Bu boshqaruv ob’ektining yuqori murakkabligi va kamroq determinatsiyalanganligi (asoslanganligi) bilan izohlanadi. Aslida ilmiy, texnik, texnologik, sotsial va aralash tizimlarni muvofiq boshqarishning algoritmini ishlab chiqish zarur bo‘lgan.
Menejment fan sifatida sotsiologiya, psixologiya, mantiq, pedagogika, fanshunoslik, matematika va kibernetika, har xil texnik va iqtisodiy fanlar usullarining keng turli tumanliklaridan foydalanuvchi fanlararo tadqiqotdir.
Boshqaruv fanining evolyusiyasi boshqaruvning mazmuni va tamoyillarini boyitish, hamda uning vazifalari, usullari va yo‘llarini takomillashtirishga asoslanadi.
Innovatsion menejmentga fan sifatidagi har xil konsepsiyalar va yondashishlar 2 – jadvalda berilgan.
Dostları ilə paylaş: |