O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 16,47 Mb.
səhifə3/13
tarix14.09.2023
ölçüsü16,47 Mb.
#143389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5357568554654770620 (1)

Amaliyotning vazifalari
1.Jizzax viloyatining tabiati, tarixiy tarkib topishi, shaharlari, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti, turizm faoliyatida tutgan o‘rni bilan tanishish, tabiati, ishlab chiqarishi, aholisi va uning joylashuv xususiyatlari hamda ichki tafovutlarini o‘rganish.
2. Talabani ushbu obyektlar faoliyatini mustaqil kuzatuv olib borishga o‘rgatish. Hududning tabiat komponentlari, tabiiy komplekslari, ularning holati, bir-biriga bog‘liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish, tabiatidagi tavofutlarni tushunib olish, geoekologik muammolarini kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish. Shu bilan birga alohida muhofaza etiladigan hududlar va ularning bioxilma-xillikni saqlashdagi ahamiyatini o‘rganish. Amaliyot mobaynida tanlab olingan sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarishi, turlari, sifati, holati, mehnat resurslari hamda rivojlanish muammolarini aniqlash.
I-QISM. ZOMIN TUMANIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF

    1. Zomin tumani geografik o’rni, maydoni, chegaralari

Zomin tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Tumanning sharqiy va g`arbiy chekka nuqtalari deyarli bir kenglikda yotadi. Uning sharqiy chekka nuqtasi , hududning shimoliy-sharqida, Morguzar tog`ining Turkiston tizmasidan ajragan qismida, ya’ni 680 20´ sharqiy uzunlikda joylashgan bo`lsa, uning eng chekka g`arbiy nuqtasi esa, Zarafshon vodiysiga yaqin sayhonliklardan, 670 22´ g`arbiy uzunlikdan o`tadi. Bu chekka nuqtalari orasidagi masofa 83.6 km ni tashkil etadi.
Zomin tumani geografik o’rnining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo tuman togʻ va togʻ oldi hududda joylashganligi. Ushbu xususiyat bir qancha imkoniyatlarga yo’l ochib beradi. Aynan tog’li hududning mana shunday joylashuvi nam havo massalarining tuman ustida turib qolishini ta’minlaydi. Natijada namgarchilik ortadi, bu o’z navbatida o’simlik va hayvonot dunyosining xilma-xil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayonlar o’zingizga ma’lum bir-biriga uzviy bog’langan. Tog’larning joylashuvi yoz faslida tekisliklarda issiq havo massalarining turib qolishiga sabab bo’ladi, ammo tog’dagi qalin o’simlik qoplami va ichki suvlari tekislikda joyashgan hududlarga nisbatan havo haroratining past bo’lishini ta’minlaydi. Salqin tabiat qo’yni, go’zal tabiat manzarasi yoz faslida turistlar oqimini o’ziga chorlab turadi.
Tuman, viloyat va respublika darajasidagi chegaralarning mavjudligi tumanning geografik o’rnidagi yana bir xususiyati hisoblanadi. Bu mahalliy darajada tursitlarning tashrif buyurishi uchun qulay shart-sharoitni ta’minlaydi. Tojikiston Respublikasi bilan chegaralarimiz asosan tog’ suvayirg’ichlariga to’g’ri kegani saabli aholi o’tshi uchun hech qanday chegara posti mavjud emas va bu turistlar tashrifi uchun biroz noqulaydir.

Yüklə 16,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin