Amaliyotning vazifalari 1.Jizzax viloyatining tabiati, tarixiy tarkib topishi, shaharlari, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti, turizm faoliyatida tutgan orni bilan tanishish, tabiati, ishlab chiqarishi, aholisi va uning joylashuv xususiyatlari hamda ichki tafovutlarini organish.
2. Talabani ushbu obyektlar faoliyatini mustaqil kuzatuv olib borishga orgatish. Hududning tabiat komponentlari, tabiiy komplekslari, ularning holati, bir-biriga bogliqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish, tabiatidagi tavofutlarni tushunib olish, geoekologik muammolarini kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish uchun korilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirish. Shu bilan birga alohida muhofaza etiladigan hududlar va ularning bioxilma-xillikni saqlashdagi ahamiyatini organish. Amaliyot mobaynida tanlab olingan sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarishi, turlari, sifati, holati, mehnat resurslari hamda rivojlanish muammolarini aniqlash.
I-QISM. ZOMIN TUMANIGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF Zomin tumani geografik orni, maydoni, chegaralari
Zomin tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Tumanning sharqiy va g`arbiy chekka nuqtalari deyarli bir kenglikda yotadi. Uning sharqiy chekka nuqtasi , hududning shimoliy-sharqida, Morguzar tog`ining Turkiston tizmasidan ajragan qismida, yani 680 20´ sharqiy uzunlikda joylashgan bo`lsa, uning eng chekka g`arbiy nuqtasi esa, Zarafshon vodiysiga yaqin sayhonliklardan, 670 22´ g`arbiy uzunlikdan o`tadi. Bu chekka nuqtalari orasidagi masofa 83.6 km ni tashkil etadi.
Zomin tumani geografik o’rnining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo tuman togʻ va togʻ oldi hududda joylashganligi. Ushbu xususiyat bir qancha imkoniyatlarga yo’l ochib beradi. Aynan tog’li hududning mana shunday joylashuvi nam havo massalarining tuman ustida turib qolishini taminlaydi. Natijada namgarchilik ortadi, bu oz navbatida osimlik va hayvonot dunyosining xilma-xil bolishiga tasir korsatadi. Bu jarayonlar ozingizga malum bir-biriga uzviy boglangan. Toglarning joylashuvi yoz faslida tekisliklarda issiq havo massalarining turib qolishiga sabab boladi, ammo togdagi qalin osimlik qoplami va ichki suvlari tekislikda joyashgan hududlarga nisbatan havo haroratining past bolishini taminlaydi. Salqin tabiat qoyni, gozal tabiat manzarasi yoz faslida turistlar oqimini oziga chorlab turadi.
Tuman, viloyat va respublika darajasidagi chegaralarning mavjudligi tumanning geografik ornidagi yana bir xususiyati hisoblanadi. Bu mahalliy darajada tursitlarning tashrif buyurishi uchun qulay shart-sharoitni taminlaydi. Tojikiston Respublikasi bilan chegaralarimiz asosan tog suvayirgichlariga togri kegani saabli aholi otshi uchun hech qanday chegara posti mavjud emas va bu turistlar tashrifi uchun biroz noqulaydir.