1.2. Zomin tumani geologik tuzilishi va relyefi
Zomin tumanining shimoliy, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, janubiy -gʻarbiy qir-adir va togʻlardan iborat. Hudud ikki qismdan tarkib topgan: Turkiston tog`larining shimoliy tizmalarida joylashgan, bir-biri bilan chegaradosh Zomin Davlat qo`riqxonasi va Zomin Xalq bog`i. Zomin Davlat qo`riqxonasi Zomin va Baxmal tumanlari hududida, 26840 ga maydonga ega bo`lib, 1960 yil tashkil qilingan. Zomin Xalq bog`i 1978 yil tashkil qilingan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24110 ga maydonni tashkil qiladi. Qo`riqxona o`z hududidagi barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va daxlsizligini ta’minlaydi. Xalq Bog`i noyob tog` ekotizimlarni saqlash, tiklash va rekreatsion tadqiq qilish maqsadida tashkil etilgan. Qarag`ay o`rmonlari hududdagi eng yirik o`rmonlardan hisoblanadi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonot turlari (14 ta) va o`simliklari (18 ta) mavjud. Hudud 1913 yildan buyon turli darajada muhofaza ostiga olingani sabab, noyob tabiiy resurslar saqlanib qolgan.
1-rasm.Zomin togʻlari.
Zomin tumanining tabiiy sharoitini yoritishda Baratov P. ning “Ozbekiston tabiiy geografiyasi” (1996), Ҳасанов И.А., Ғуломов П.Н. Ўзбекистон табиий географияси (1-qism, 2006.), Ҳасанов И.А., Ғуломов П.Н. Ўзбекистон табиий географияси (2-qism, 2006.). kitobidagi ma’lumotlarga tayandik. Tuman relefi ham o'ziga xosdir. Tumanning katta qismini Turkiston tog' tizmasi, tog' yonbag'irlari va tog' oldi qirlari egallaydi. Turkiston tizmasi Hisor-Oloy tog' sistemasiga kirib, Sirdaryo va Zarafshon daryolari oralig'idagi suv ayirg'ich hisoblanadi. Turkiston tog tizmasi Mastchoh tog tuguni yaqinida Oloy tizmasidan ajralib chiqadi va kenglik boylab 350 km ga choziladi. eni 60 km dan ziyod, balandligi esa 3600-4000 m. Bazi yerlarda 5580 metrgacha yetadi (Piramida choqqisi). Lekin bunday balandliklar tuman hududiga togri kelmaydi. Turkiston tizmasining Mastchoh tog tugunidan Shahriston davonigacha bolgan qismining relyef shakllari alp tipida bolib, choqqilari qoyali, qirrali, balandligi esa 5000 mtrdan ham baland. Lekin tizmaning Shahriston (3351m) davonidan garbda bolgan qismi ancha past, alp turli relyef shakllari juda kam uchraydi.Turkiston tizmasi Shahriston davonidan garbda Sangzor daryosi vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy qismidagi tog Chumqortog deb, shimoldagisi Morguzar (Molguzar) deb ataladi. Morguzar (Molguzar) togi Temurlang darvozasi yoki Ilonotdi darasi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadiUning geologik o'tmishi paleozoy erasiga borib taqaladi. U gersin tog' burmalanishida ko'tarilib keyinchalik yemirilgan va uchlamchi davrda qayta ko'tarilib, hozirgi qiyofaga kelgan. Uning davomi hisoblangan Morguzar tog'i Chumqor tog'idan shimoli-g'arbga yo'nalgan bo'lib, o'rtacha balandligi 1500-2000 metr, eng baland cho'qqisi esa 2621 metrga etadi.Morguzar tog`ining tuman hududiga tegishli janubi-g`arbiy yonbag`ri Sangzor daryo vodiysiga tik tushgan. Gersin burmalanishida hosil bo`lgan. Tog`ning relyef xususiyati ularni tashkil qilgan jinslarning litologik tarkibiga qarab turlicha shakllarga ega. Bu yonbagir kuchli parchalangan qoyali nayzasimon cho`qqilar ko`pincha chuqur daralar, platosimon yuzalar va keng tog` bellari bilan almashinib keladi.
2-rasm. Boyqongirsoy
Chumqortog Turkiston tizmasining bevosita garbiy davomi hisoblanib, uzunligi 70 km, bazi choqqilari 3000 m dan baland. . O`lkaga tegishli bo`lgan eng baland joyi Bozorxonim cho`qqisi bo`lib, balandligi 3405 m ga teng. Chumqor tog`ining shimoliy etagida O`smat shaharchasi joylashgan. Uning dengiz sathidan balandligi 1000-1200 metrni tashkil qiladi. U Sangzor va Zarafshon daryolari orasida suvayirg`ich hisoblanib, shimoliy qismigina tuman hududiga qaraydi.Chumqortogi Qoshtepa davoni yaqinida janubi-garbga burilib pasayib boradi va Lattaband (2035m) davoniga yetgach, ikki qismga ajraladi: janubiy qism Qizilqanoq togi deb ataladi (ortacha balandligi 1000 m), butunlay Tojikiston hududida joylashgan; shimoliy qismi esa Lattaband togi deyiladi. U Qizilqanor togidan balnd (2200m). Chumqortog garbda Mogul qishlogi yaqinida tugap, songra tepaliklarga aylanib ketadi. Bu tepalikning balandligi 700-800 m bolib, bir-biridan soylar bilan ajralib turadi.
Morguzar (Molguzar) togi Ilonotdi (Temurlang) darvozasida Sangzor daryosig qoyali, yalangoch tik yonbagirlar hosil qilib tushadi. Bu yerda vodiyning kengligi 120-130 m.
Morguzar bilan Chumqor tog`lari orasidagi tektonik botiqda Sangzor vodiysi hosil bo`lgan. Bu vodiydan dastlab sharqdan g`arbga va shimoli-g`arbga Sangzor daryosi oqadi. Vodiyning yuqori qismi tor. U Balx qishlogi yaqinida ancha kengayib, tekislik xarakteriga ega boladi, songra shimolga qarab burilib torayadi va Temurlang darvozasini hosil qiladi. Vodiy Temurlang darvozasidan otgach asta sekin kengayadi va Jizzax vohasiga qoshilib ketadi. Vodiyning kengligi g`arbida 17 km ni, sharqida esa torayib 5-6 km ni, mutloq balandligi g`arbida 500-600 m ni, sharqda 1700-2300m ni tashkil etadi. Sangzor vodiysining tog` yonbag`irlarida o`rta pleytotsenning to`lqinsimon va tepali allyuvial-prolyuvial tekisliklardan iborat. Sangzor daryo havzasidagi golotsen yoshidagi tekisliklarda daryo, poyma va terrasalari va konuslardan iborat.Zomin tumani Sangzor vodiysida joylashganligi, hamda ikki tomondan Turkiston tog' tizmasining davomi hisoblangan Chumqor va Morguzar tog'lari o'rab turganligi sababli geologik tuzilishi jihatidan juda murakkab o'lka. Buning murakkabligi shundaki, hudud poleofatsiya holatining kichik masofada turli-tumanligi bo'lib, u butun geologik rivojlanish tarixi mobaynida shaklangan. Chumqor tog'ining shimoliy yonbag'ri geologik qatlamlari geosinklinal yoriqlarga to'g'ri keladi va u Turkiston tizmasining boshqa qismlariga nisbatan harakatchanligi bilan ajralib turadi. Uning hududini paleozoy erasida hamda to'rtlamchi davrda hosil bo'lgan cho'kindi, magmatik va metamorfik tog' jinslari qatlami qoplab yotadi. Zomin tumani hududidagi to'rtlamchi davr yotqiziqlarini 4 ta kompleksga So'x, Toshkent, Mirzacho'l, Sirdaryo komplekslariga ajratish mumkin.Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.
3-rasm.Zomin landshafti.
Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;
✔️ Kristall ko‘llar
Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;
✔️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi
Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.
Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.
✔️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.
Dostları ilə paylaş: |