1-jadval
Zomin tumanida tarqalgan osimlik va hayvon turlari
T/R
|
Osimlik turlari
|
Hayvon turlari
|
1
|
namatak
|
turkiston toshbaqasi
|
2
|
Dalachoy
|
Gyurza
|
3
|
kiyiko`ti
|
dasht qora iloni
|
4
|
Rovoch
|
sariq ilon
|
5
|
qirqbo`g`in
|
chipor ilonning bir necha turi
|
6
|
Bodom
|
Burgut
|
7
|
zubturum (bargizub, zulfibarg)
|
qizil, ko`k, va menzbir sug`uri
|
8
|
Isiriq
|
oq suvsar
|
9
|
Otquloq
|
o`rmon sichqoni
|
10
|
Pista
|
turkiston kalamushi
|
11
|
Yantoq
|
oq sichqon
|
12
|
qoqi o`t
|
tog` suvsari
|
13
|
Yalpiz
|
qunduz,
|
14
|
Sachratqi
|
o`rmon olmaxoni
|
15
|
Ermon
|
ko`rshapalak
|
16
|
tog`rayxon
|
qo`ng`ir ayiq
|
17
|
yongoq
|
chipor sirtlon
|
19
|
Olma
|
burmali tog` echkisi
|
20
|
tog olcha
|
bo`ri
|
21
|
Pista
|
Tulki
|
22
|
archa 3 turda
|
bo`rsiq
|
23
|
Zirk
|
Yapoloqqush
|
24
|
Chakanda
|
Tasqara
|
25
|
anzur piyozi
|
itolg`a, kaklik, zarg`aldoq, bulbul, tog` chumchug
|
Zomin hududida tarkibida har xil darmondorilarga ega bo`lgan mevali (yong`oq, pista, bodom, olma, do`lana kabi) daraxtlar, anzur piyoz, zira, rovoch kabi o`simliklar mavjud. Bu o`simliklarning mevasi tuman aholisining oziq-ovqat bilan taminlashda muhim resurs hisoblanadi.
Zomin tog`larida yong`oqzorlar, yavvoyi holda o`suvchi olma, olcha bodom, do`lana kabi daraxtlardan har yili ko`plab mevalar yig`ib olinadi.
Tuman hududidagi o`simliklarning ko`pchiligi shifobaxsh xususiyatlarga ega bo`lib, har-xil kasalliklarni davolashda qadimdan ota-bobalarimiz foydalanib kelganlar. Biz ayrim tuman hududida uchraydigan shifobaxsh o`simliklarga qisqacha tavsif berish bilan cheklanamiz:
Namatak butasimon o`simlik bo`lib , bo`yi 2-2.5 m gacha yetadi. Uning mevasi qaynatmasi yoko damlamasidan bachadondan qon ketishini to`xtatishda, isitmani tushirishda , meda-ichak kasalini davolashda ishlatiladi.
Dalachoy o`tdoshlar oilasiga mansub, ko`p yillik buta yoki chala buta shaklidagi o`simlik. Bo`yi 73 sm gacha boradi. Poyasi bir yoki bir nechta silliq, yuqori qismi shoxlangan bo`ladi. Gullari sariq, mevasi kosacha shaklda bo`ladi.o`simlik may, avgust oylarida gullaydi, iyul-sentabr oylarida urug`I yetiladi. Dalachoy tarkibida efir moylari, karotin C vitamin mikroelementlar va boshqa moddalar bor. Dalachoy Zomin tumanining adir va tog` yonbag`irlarida keng tarqalgan. Dalachoy yaprog`ining suyuq surtmasi olovdan kuyganda foydalidir, har xil yomon yaralarni davolashda ham qo`llaniladi.
Zomin har xil bo`yoqlar, efir moylari va texnikada ishlatiladigan moddalar olinadigan ko`pgin o`simlik turlari ham bor. Ulardan eng muhimlari archa (yosh novdasidan efir moyi olinadi), tog`sag`iz (tarkibida kauchuk moddasi bor), yersovun (ko`pirtiradigan modd sopanin olinadi), Pista (bargidan va bargidagi no`xatchalardan bo`yoq olinadi), Kovul (mevasidan atir-upa sanoatida ishlatiladigan moddalar bor).
Tumanda kishilarga estetik zavq beradib, hordiq chiqaradigan chiroyli gulli o`simliklar lolalar (qizil, sariq, oq), chuchmomalar, lolaqizg`aldoq, boychechak mavjud.
Zominda O`zbekiston Qizil kitobi ga kiritilgan noyob, endemik, relikt o`simlik turlari ham mavjud. Ulardan Turkiston yavvoyi noki, tog`piyoz, tog` lolasi, yavvoyi uzum, anzur piyoz va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Zomin tumanining hayvonot dunyosi ham balandlik mintaqalariga va mikroiqlim sharoitiga mos holda tarqalgan.
Zomin hududining tabiatining hamma joyda bir xil emasligi va relyefining notekisligi shuningdek kishilik xo`jalik faoliyati hayvonlarning tarkibi va geografik tarqalishiga tasir etgan. Hududda asosan adir, tog`, yaylov balandlik mintaqasiga xos tarzda tarqalgan hamda madaniy holda ko`paytirilib kelinayotgan hayvon turlarini uchratish mumkin. Lekin hayvonlar tabiatning harakatchan unsuri bo`lganligi tufayli cho`lga xos bo`lgan bazi turlar ( cho`l toshbaqasi, sariq ilon, malla yumronqoziq, echkemar va boshqalar) adorning quyi mintaqalarida ham uchraydi.
Tuman adir balandlik mintaqasida sutemuzuvchilardan tulki, bo`rsiq, quyon, sariq sassiqko`zan, Turkiston kalamushi kabilar yashaydi. Turkiston agamasi, sariq ilon, chipor ilon, ko`lbor ilon va boshqalar uchraydi. Qdir balandlik mintaqasida qushlar ham ko`p bo`lib, ularning eng burgut, kaklik, kaputar, bedana, qora qarg`a, mayna , ko`k qarg`a, ukki, dala chumchug`i, qirg`iy, boyo`g`li va boshqalarhisoblanadi.
Zomin tumanining tog` balandlik mintaqasiida yoz salqin, namroq, qish sovuq, o`simliklar, ayniqsa daraxtlar ko`p o`sib, o`rmonlarni hosil qiladi. O`rmonlar tagida esa har xil o`t o`simliklar qalin o`sib , serhosil, binobarin, hayvonlar uchun ozuqa moddalar hisoblanadi. Lekin tog` mintaqasining relyefi noqulayligi va haroratning pastligi tufayli bazi hayvon turlari, chunonchi sudralib yuruvchilar kam. Tog` mintaqasida o`rmon sichqoni, Turkiston kalamushi, oq sichqon, oq suvsar, tog` suvsari, qunduz, o`rmon olmaxoni, ko`rshapalak ; yirik sutemizuvchilardan qo`ng`ir ayiq, chipor sirtlon, burmali tog` echkisi , to`ng`iz, bo`ri, tulki, bo`rsiq, quyon kabilar uchraydi. Qushlardan burgut, yapoloqqush, tasqara, itolg`a, kaklik, zarg`aldoq, bulbul, tog` chumchug`i kabilar yashaydi.
Tumanda yaylov mintaqasi Chumqor tog`ining 2800-3000 m dan baland bo`lgan qismlarini o`z ichiga oladi. Bu balandlik relyefi juda ham murakkab bo`lib, doimiy qor bilan qoplangan tog` cho`qqilari, tik tog` yonbag`irlari qoyalar mavjud. Buning ustiga yoz qisqa va salqin, qish davomli, sovuq, o`simlik qoplami siyrak va daraxtsiz, subalp va alp o`tloqlari yaxlit tutash emas. Bular o`z navbatida hayvonat olamiga ham tasir etib, ularning turi va miqdori tog` balandlik mintaqasiga nisbatan kam. Yaylov mintaqasida ayniqsa sudralib yuruvchilar juda kam uchraydi. Bu mintaqada kam bo`lsada ko`k qurbaqa, kemiruvchilardan qizil, ko`k, va menzbir sug`uri va oq suvsar yashaydi.
Xulosa
Zomin tumanining tabiiy sharoitini o’rganish natijasida quyidagi xulosaga kelindi.
Tuman hududi, asosan, togʻ oldi tekisliklari va togʻlardan iborat. Baxmal tumanining jan. qismida Turkiston tizmasi va uning shimoli-gʻarbiy tar-mogʻi — Molguzar togʻlari joylashgan (eng baland joyi 2621 m). Molguzar togʻlari bilan Turkiston tizmasi oraligʻida Sangzor vodiysi bor.
Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5° dan —90 gacha, iyulniki 25°, togʻli qismida 15°. Yiliga oʻrtacha 300 — 750 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Saʼd Vaqqos ota bulogʻi bor.
Tuproqlari asosan toʻq tusli boʻz tuproqlar va togʻ jigarrang tuproqlar, togʻ va baland tof dasht tulroqlari, sharqida tipik boʻz tuproqlar tarqalgan.
Efemer va efemeroid, kserofit oʻsimliklari oʻsadi. Butazor, archazor, yongʻoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, dulana bor.
Zomin tumanining togʻ oldi zonalarida yirtqichlardai, boʻrsiq, tulki, boʻri, sudralib yuruvchilardan koʻlbor ilon, kaltakssaklar, yumronqoziq, qushlardan kaklik, gʻur-rak va boshqa uchraydi. Baxmal tumanida Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
II-ZOMIN TUMANIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
Dostları ilə paylaş: |