O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 16,47 Mb.
səhifə7/13
tarix14.09.2023
ölçüsü16,47 Mb.
#143389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2 5357568554654770620 (1)

2.1. Iqtisodiy geografik oʻrni
Qadim tarixga ega bo`lgan Zomin tumani O`zbekistonning Jizzax viloyatining tog`li hududida va dengiz sathidan 3000 m yuqorida joylashgan bo`lib, undagi qal’a va qo`rg`onlarning xarobalari, shuningdek asrlar osha og`izdan og`izga ko`chib, bizgacha yetib kelgan afsonalar uning tarixiy ahamiyatni ko`rsatib beradi. Biroq, eng muhimi, bu yerlar o`zining noyob tabiati, ignabargli o`rmonlari, shifobaxsh havosi bilan alohida ajralib turadi. Bu joyda turizmning ko`plab turlarini rivojlantirish mumkin bo`lgan sog`lomlashtirish boyliklari mavjud. Xalq bog`i hududi esa tabiiy shifoxona sanalib, mazkur o`lka aholisining sevimli dam olish maskaniga aylangan. Bog`da ekosayohatchilar uchun yetarlicha sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu bog`ning hududida 50 dan ortiq shifoboxsh giyohlar va oziq o`simliklari o`sadi.


6-rasm.
Qo`riqxonaning diqqatga sazovor joylaridan biri Qizil o`toqsoy dalasidagi sfinkslarni eslatuvchi g`aalati shakldagi katta qizil xarsangtoshlardir. Mahalliy aholi bu joyni “Qirq qiz” deb ataydi. U shakllar qurama tog` jinslari va qumlardan tarkib topgan. Ba’zi joylari juda silliq, boshqa joylari esa katta-kichik yoriqlardan iborat bo`lib, u yerlardan turli butalar o`sib chiqqan.


7-rasm.
Dam olish va turizmning sog`lomlashtirish hududi “Zomin” sihatgohi va o`nlab pansionatlar, dam olish uylari va bolalar oromgohlarini o`z ichiga oladi. Shuningdek, hududda sharshara, 270-300 yil yoshli, balandligi 20 m, shox-shabbalari kengligi 28 m, tana diametri 2,7 m li yong`oq daraxtini uchratish mumkin.

Dam oluvchilar turli hududlarda va balandliklarda, belgilangan yo`nalishlarda harakatlanishlari mumkin. Bunday yo`nalishlarning bir tarafga masofasi 5 km dan 13 km gacha bo`lib, o`rtacha qiyinlikdagi bir kunlik sayohat uchun mo`ljallangan. Ko`p kunga mo`ljallangan sayohatlar uchun chodirli shaharchalarda tunash tashkil qilinadi.
8-rasm.


Zomin tumani — Jizzax viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan. Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Aholisi 150 ming kishi.. Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Markazi — Zomin shaharchasi.

Yüklə 16,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin