O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtii bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi


Xujum xarakatlarini tayyorlash taktikasi



Yüklə 146,24 Kb.
səhifə2/3
tarix26.04.2023
ölçüsü146,24 Kb.
#102933
1   2   3
Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi vab mazmuni

Xujum xarakatlarini tayyorlash taktikasi
Xujum xarakatini ma’lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning bir kismi bo’lishi lozim. Bunda u xujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi xarakatdan (shaxsan xujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab xujum xarakatining (MXX) xal etuvchi yakuniy xarakatiga o’tish paytiga aloxida e’tibor karatish lozim. Turli xujum usullariga eng maksadga muvofik bo’lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maksadda kurashchilar taxminiy MXX bilan tanishgandan so’ng kuyidagi topshirikni oladilar: ma’lum bir usulga mustakil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni xujum usullari bilan MXX ga birlashtirish (yangi MXX ni o’ylab topish).
Murakkab xujum xarakatlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon yangi malakani tarbiyalashga karatilgan. Yangi MXX ni muvaffakiyatli egallash fakat avval o’rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MXX ni o’rganish jarayonida MXX ni shakllantirishda kiyinchiliklarni ketma-ket engib o’tish talabiga rioya etish lozim. MXX ni bajarishda oldingi mashklar egallangandan va MXX ning tayyorlov xarakatidan yakuniysiga o’tishda yukori aniklikka erishilgandan so’ng keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday takrorlashlarda aniklik yomonlashmasa (malaka etarlicha mustaxkam bo’ladi), unda keyingi MXX ni egallashga o’tish lozim. MXX ga o’rgatish boshida bir xarakatdan ikkinchisiga o’tishi anikligi kamrok bo’ladi, keyinchalik u oshib boradi.
Ma’lum bir usulga (xujum usullariga) nisbatan xujum xarakatlarini ko’llashni o’rganishda rakib xarakatlarida “o’lik nukta”ni (xarakatsiz xolat va ma’lum bir vakt ichida ximoyalanish xarakatlarini bajara olmaslik) yaratib, usul xarakati yo’nalishi tomoniga kabi karama-qarshi tomonga turli taktik tayyorgarlik usullarini tanlash zarur. Kurashda oyokni ushlab olish bilan bajariladigan usullar ko’p ko’llanilishi sababli o’smirlarni ko’p sonli xujumni taktik tayyorlash usullariga o’rgatish zarur. Buning asosiy maksadi - o’smirlar o’zlariga yokadigan murakkab xujum xarakatlarini mustakil yarata olsinlar. Bundan tashkari, o’smir turli rakiblarga qarshi tanlab ko’llay olishi mumkin bo’lgan turli MXX ni egallashi lozim.
Xujum xarakatlari taktikasiga keyinchalik o’rgatish turli usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan xujum kilishni egallash yo’li orkali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan xujum rakibning ximoyalanish xarakatlari natijasida keyingi usul bilan xujum kilish uchun Qulay dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to’xtovsiz bajariladigan uchta-to’rtta usullardan tashkil kilinishi mumkin. Bunda oxirgisidan oldingi xujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun Qulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur.
Bunday kombinatsiyalar bilan xujum kilish misollarini o’kituvchi ko’rsata olishi xamda o’smirlarni bunday xujumlarni mustakil o’ylab topishga o’rgatishi lozim.
Bellashuvni tuzish taktikasi

Sport kurashi taktikasi texnika rivojalanishi, musobaka koidalari va xakamlik tizimining o’zgarishiga muvofik xolda muntazam rivojlanib kelmokda.


Xozirgi paytda kurashchi tomonidan to’xtovsiz xujum bajariladigan taktika afzal xisoblanadi. Ushbu xolda, xattoki agar u ballar bilan baxolanadigan xech kanday xujum uyushtirmagan, uning rakibi esa fakat ximoyalangan bulsa xam, unga ustunlik beriladi, rakib esa sustkashligi uchun ogoxlantirish oladi.
Kurashchi to’tovsiz xujumlar taktikasini ko’llash uchun o’z jamG’armasida taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko’p sonli oddiy xujum xarakatlari va MXX ga ega bo’lishi lozim. Bundan tashkari, bunday taktika yukori darajada chidamlilikka ega bo’lishni takozo etadi. Shu bilan birga u nisbatan tinch xamda rakibni xujumga chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda kurashchi rakib xujumini kaytarishga tayyor turishi lozim.
Texnika taktikaning asosiy vositasi xisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash xam usullar jamG’armasiga boG’lik. Ko’pincha u kurashchining jismoniy kobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chakkonligi bilan aniklanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yukori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urG’u bergan xolda (xal etuvchi xarakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, rakib tayyorgarligi darajasiga boG’lik. Bellashuv taktikasini to’g’ri tuzish uchun, birinchi navbatda, rakibning kanday xujum xarakatlarini ko’llashi, kanday ximoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi kandayligini bilish lozim.
Taktikani o’z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan rakibning bo’sh tomonlarini xisobga olgan xolda rejalashtirish shart. Masalan, agar kurashchi katta kuchga ega bo’lsa, unda xal kiluvchi xujumni kuch usulida kurish lozim. Agar rakib xarakatlarni tez bajara olsa, unda uning xarakatlarini ushlab olishlar bilan bo’G’ish va kuch bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bo’lsa, uning xarakatlaridan ilgari xarkatlanish va murakkab xujumlar bilan ustunlikka erishish lozim. Rakibning yaxshi ko’rgan xujumlarini bilgan xolda qarshi xujum xarakatlarini tanlash zarur. Baland bo’yli rakib bilan kurashishda MXX ning xal kiluvchi usuli oyokdan ushlab olish bo’lishi kerak. Past bo’yli rakibning oyoG’idan ushlab olish kiyin, shuning uchun xujum uning elkasidan siltab muvozanatdan chikarish xamda egilib elkadan oshrib tashlash va oyok xarakatlari yordamida siltab parterga o’tkazish xisobiga kurish zarur.
Ko’pgina mutaxassislarning fikricha, taktik maxorat ko’p jixatdan tez o’zgaritb turadigan musobaka vaziyatlarida to’g’ri yo’l tutish kobiliyati bilan belgilanadi, shuning uchun yukori sura’da amalga oshiriladigan ma’lum bir musobaka vaziyatlarini mashG’ulotlarga kiritish lozim. Bundan tashkari, yana shu narsa muximki, kurashchi juda tolikkan vaziyatlarda xam taklif kilingan xar kanday topshirikni xal eta olishi lozim. Shuning uchun aynan shu narsa trenirovka jarayonida o’z o’rnini topishi lozim. Shuningdek bo’y uzunligi xar xil bo’lgan rakiblar bilan kurashishda yuzaga keladigan vazifalarni xal eta olish malakasiga katta e’tibor berish zarur. Taktik maxoratni (turli musobaka vaziyatlarini yoki bellashuvda paydo bo’ladigan vazifalarni xal etish kobiliyatini) baxolash mezoni bo’lib xujum samaradorligi koeffitsienti xizmat kilishi mumkin.
N.M.Galkovskiy (1970) ma’lumotlariga ko’ra, kurashchi musobakalarda G’alabaga erishish uchun 60% gacha xujum va ximoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. Olib borilgan tadkikotlar natijalariga ko’ra, sportchilar musobakalarda G’alaba kozonishi uchun 70% gacha razvedka xarakatlarini, 60% - ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish kilishni, 100% - xavfli xolatni amalga oshirishni, 60% - qarshi xujum xarakatlarini, 80%- ustunlikni ushlab kolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli xolatni bartaraf etishni bajarishlari lozim.
Uchinchi vazifani xal etish uchun, avval foydalanilgan uslubiy usullardan tashkari, darsning asosiy kismidan oldin kuchli sportchilar bellashuvlarini ko’rish xamda bitta kurashchini ikkinchisidan farklab turadigan o’ziga xos belgilarni ajratgan xolda taxlil kilish lozim. Aynan shunga asoslangan xolda bellashuvni olib borishning taktik rejasini tuzish mumkin. Shundan so’ng kurashchilar bellashuv rejasini tuzadilar, trenerga ma’lum kiladilar va turli kurash usulida o’kuv-trenirovka bellashuvini o’tkazadilar. Bellashuv tugashi bilan uning taxlili o’tkaziladi.
Taklif kilinadigan materialni yanada to’g’ri kabul kilishga yordam beradigan vazifalardan iborat o’kuv-trenirovka bellashuvlaridan foydalanish lozim.
1-vazifa. Ikki minut tik turishda bellashish. Ikkala kurashchi mumkin kadar ko’p ball to’plashi lozim. Keyin bir minut - parterda. Birinchi kurashchi - yukorida, ikkinchisi - pastda. Birinchisi kandaydir xujum xarakati yoki xujum xarakatlari kombinatsiyasini bajarishi lozim, ikkinchisi - yukoriga chikib olishi va yukorida kurashishni davom ettirishi yoki pastda ushlanib kolishi zarur. So’ngra ikkala kurashchi tik turishda: birinchisi ikki minut ichida ustunlikni ushlab turishi, ikkinchisi - faollikni ko’rsatishi lozim. Keyin - aksincha, parterda (ikkinchisi yukorida, birinchisi pastda) birinchi vazifaga o’xshash bo’lgan teskari vazifa oladilar, ya’ni bellashuv formulasi kuyidagicha: ikki minut tik turish - bir minut parter - ikki minut tik turish - bir minut “ko’prik”- ikki minut tik turish - bir minut parter- ikki minut tik turish - bir minut “ko’prik”.
2-vazifa. Uch kishilik o’kuv-trenirovka bellashuvlari. Birinchi, ikkinchi kurashchi - ikki minut tik turish; birinchi, uchinchi - bir minut “ko’prik”; uchinchi, ikkinchi - ikki minut tik turish; ikkinchi, birinchisi - bir minut “ko’prik”; birinchi, uchinchi - bir minut parter; uchinchi, ikkinchi - ikki minut tik turish.
Vazifalar kuyidagicha bo’lishi mumkin: razvedka kilish ; 4 ball yutish; ustunlikni ushlab kolish; fakat ximoyalanish; ximoyalanish va qarshi xujum; kuchni tiklash; “ko’prik” xolatidan bosib turish; “ko’prik” dan chikib ketish, faollikni namoyish kilish ; gilam chetida ushlab olishni bajarish.
Bellashuv davomida rakibni almashtirish bilan bajariladigan o’kuv-trenirovka mashG’ulotlariga katta e’tibor berish lozim. Bu sportchilarda eng kimmatbaxo sifatlardan biri - rakib bellashuvni olib borish taktikasini o’zgartirgan vaziyatda bellashuvning taktik ko’rinishini kayta tuzish malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda rakibni o’zgartirish kurashchi uchun kutilmagan vaziyatda va bellashuvning istagan paytida amalga oshiriladi. Masalan, birinchi va ikkinchi kurashchilar o’kuv-trenirovka bellashuvini olib bormokda, bir minutu 20 sekunddan keyin, kurashchilar xolatidan kat’i nazar, bellashuv to’xtatiladi va uchinchi xamda to’rtinchi kurashchilar bellashuvga kirishadilar. Gilamda ikkita juftlik xosil bo’ladi: birinchisi - birinchi va uchinchi kurashchilar, ikkinchisi - ikkinchi va to’rtinchi kurashchilar.
Bir minutdan so’ng juftliklar yana sheriklar bilan almashadilar. Texnik xarakatlarning amalga oshirilish samaradorligi va ularning bellashuvning xar bir minuti xajmida taksimlanishi sportchilar tomonidan bellashuvning olib borilishini baxolash mezoni bo’lib xizmat kiladi.



Yüklə 146,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin