O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtii bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi


Musobakalarda katnashish taktikasi



Yüklə 146,24 Kb.
səhifə3/3
tarix26.04.2023
ölçüsü146,24 Kb.
#102933
1   2   3
Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi vab mazmuni

Musobakalarda katnashish taktikasi
Butun musobakani o’tkazish taktikasi tortilishdan so’ng, ya’ni rakiblar tarkibi aniklangandan va yakin orada bo’lib o’tadigan bellashuvlar juftliklari tuzilgandan keyin belgilanadi. Shundan keyin ikkita mashG’ulotdan so’ng chikib ketish yo’li bilan o’tkaziladigan musobakalarda ma’lum bir o’rinni egallash uchun o’tish lozim bo’lgan davrlar (uchrashuvlar) sonini taxminan bilish maksadida xar bir uchrashuv maksadi aniklanadi. Kurashchi kaysi bellashuvlarni “sof” G’alaba, yakkol ustunlik bilan, kaysilarini ballar buyicha yuitishi lozimligini belgilab olish lozim. Taktik jixatdan to’g’ri yo’l tutish maksadida, xar bir davra tugashi bilan turnirdagi o’z xolati xamda rakib xolatini baxolab borish zarur. Buning uchun o’z vazn toifasi buyicha musobakalar jadvalini olib borish lozim.
Ko’p sonli katnashchilar (20 dan ortik) ishtirok etadigan musobakalarda sportchi finalga etib borishi uchun kamida oltita bellashuvni o’tkazishi kerak. Katta nagruzkani xisobga olib, kurashchi bellashuvlar o’rtasidagi tanaffuslarda o’zining jismoniy kuchi va ruxiy kobiliyatlarini yaxshi tiklab borishi, ortikcha jismoniy va ruxiy zo’rikishlardan xoli bo’lishi zarur. Jamoa musobakalarida trener xar bir uchrashuvga dastlabki taktik reja ishlab chikadi. U xar bir ishtirokchi oldiga ma’lum bir vazifani ko’yadi: “sof” G’alaba, yakkol ustunlik bilan yoki ochkolar bo’yicha G’alabaga erishish.
Match musobakalarida kurashchi fakat bitta bellashuv o’tkazadi va uning vazifasi shundan iboratki, u xamma texnik va taktik usullar to’plami, jismoniy xamda ruxiy tayyorgarlikdan foydalana olishi va bellashuvda G’alabaga erishishi lozim.
Razvedka kurashchilarning eng muxim taktik vositasi xisobalanadi. U bellashuv davomida oldindan va bevosita amalga oshiriladi.
Musobaka oldidan dastlabki razvedka kurashchining musobaka koidalari, uning maksadi, mikyosi, xususiyati (turnir yoki match musobakasi), o’tkazilish usullari, sinov xususiyatlari, o’tkazish joyi va vaktini bilishni nazarda tutadi. Muayyan rakib tayyorgarligi: uning texnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko’rgan usullari, kay xolatda (tik turishda yoki parterda) kurashishni afzal ko’rishi, kaysi usullar bilan yutishi va kaysilari bilan yutkazib ko’yishi to’g’risida oldindan ma’lumotlar olish kerak. Bu ma’lumotlarni kurashchi va trener matbuot, kinolavxalar, videoyozuvlari, shu rakib bilan avval uchrashgan kurashchilarning ma’lumotlari orkali olishi mumkin. Uchrashish ko’zda tutilayotgan rakiblarga imkoni boricha aloxida koG’ozcha tayyorlash va unga uning jismoniy xamda texnik tayyorgarligi, ularning rivojlanish dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlarni kayd kilish lozim. Rakibning boshka kurashchilar bilan bo’lgan bellashuvlarrdagi xatti-xarakatlarini kuzatish ko’p foydalidir.
Bellashuv davomidagi razvedka rakibning tayyorgarligi to’g’risida yanada anik ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Razvedka asosan bellashuv boshida o’tkaziladi va rakib kanday usullardan foydalanayotganligi, kanday qarshi xujum uyushtirayotganligi, uning taktik tayyorgarligi usulari, reaktsiya tezligi, kuchi va chidamliligini aniklashga karatilgan. Buning uchun rakibga xujumning u yoki bu usulini bajarish uchun ataylab


Xulosa
Qulay sharoit yaratish bilan uni chorlashni ko’llash mumkin. Bunda ximoyalanishga va qarshi xujum uyushtirishga tayyor turish lozim. Rakibning javob reaktsiyasini aniklash uchun turli xil usullar bilan aldamchi xujumlarni ko’llash mumkin, lekin bir vaktning o’zida uning qarshi xujumlaridan ximoyalanishga tayyor turish lozim. Manevr olib borish rakibning xujum usullarini aniklashga xizmat kiladi (tik turishni o’zgartirish, rakibdan chekinish va unga yakinlashish, uning atorfida xarakatlanish, x.k.).
Gilam maydonida, uning markazida yoki chetida xolatni o’zgartirish razvedka maksadi bo’lib xizmat kilishi mumkin. U rakib kaysi joyda kurashishni afzal ko’rishini, unga kanday xujum kilish yoki undan kanday ximoyalanishni aniklashga imkon beradi. Ma’lumotlarni xar safar yangitdan to’plash zarur emas, avval shu rakib bilan bo’lgan uchrashuvlardan ma’lum xamma axborotdan foydalanish xamda extimoldagi rakiblar tayyorgarligi to’g’risidagi koG’ozchaga ega bo’lish lozim.
Razvedkadan tashkari, muxim taktik xarakatlardan yana biri - bu niyatni yashirish xisoblandi. U kurashchining taktik xarakati bo’lib, bunda kurashchi kurash jarayonida rakibning razvedka kilishiga to’skmnlik kilgan xolda undan o’zining asl niyatini yashiradi. To’g’ri yashirish kurashchining shaxsiy kashfiyotchiligiga boG’lik. Tezlashgan; kattik nafas olish va xarakatlarning sustligi bilan kattik tolikkanlikni namoyish kilish va shu vaktning o’zida “portlashga” tayyor bo’lib, bellashuvda tez va keskin xujumni bajarish mumkin. Bo’sh rakib bilan o’zining “shox” usullarini ko’llamasdan turib ikkinchi darajali usullar bilan G’alaba kozinishga xarakat kilish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Alixanov N.I. Texnika i taktika volno’y borbo’. -M., 1985.

  2. Galkovskiy N.M., Kerimov F.A. Volnaya borba. -T., 1987.

  3. Lents A.N. Taktika v sportivnoy borbe. -M., 1967.

  4. Platonov V.N. Obhaya teoriya podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Kiev, 1997.

  5. Sovremennaya sistema sportivnoy podgotovki. Pod.red. Suslova F.P. i dr. -M., 1995.

Yüklə 146,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin