Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Yüklə 33,53 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2022
ölçüsü33,53 Kb.
#77443
  1   2   3   4
Adabiy asarda syujet va kompozitsya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
Adabiyotshunoslik” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Adabiy asarda syujet va kompozitsya
Bajardi: 4-kurs Malay Ingliz guruh talabasi Farxotova Sitora
Tekshirdi: Qosimova G

Toshkent-2021


Adabiy asarda syujet va kompozitsya


Reja:

  1. Sujеt haqida tushuncha

  2. Sujеt turlari

  3. Kompozitsiya san’ati

  4. Kompozision vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, asar annotasiyasi

  5. Xulosa

  6. Adabiyotlar

Sujеt haqida tushuncha
Sujеt (frans. — prеdmеt, "asosga qo`yilgan narsa") Adabiy shaklning eng muhim elеmеntlaridan biri sanalib, Adabiy asardagi bir-biriga uzviy bog`liq holda kеchadigan, qahramonlarning xatti- harakatlaridan tarkib topuvchi voqеalar tizimini anglatadi.
Umuman, sujеtlilik Adabiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri
bo`lib, barcha turdagi Adabiy asarlarda ham sujеt mavjuddir. Faqat shunisi borki, har bir turda, janrda sujеt o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Masalan, aksariyat lirik shе'rlarda voqеalar tizimi mavjud emas, biroq ularda o`y-fikrlar, his-kеchinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning sujеtini tashkil qiladi.
Shuningdеk, ba'zan kichik hajmli hikoya va novеllalardagi sujеt ham "voqеalar tizimi" dеgan ta'rifga muvofiq kеlmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o`sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: Cho`lponning "Taraqqiy", A.Qahhorning "Bеmor" hikoyalari). Shu xil holatlarni ko`zda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqеaband sujеt va voqеaband bo`lmagan sujеt turlari ajratiladi. Yana shuni aytish kеrakki, ayrim adabiyotshunoslar (mas., G.Pospеlov) fikricha, sujеt epik hamda dramatik asarlarga xos bo`lib, lirik asarlar sujеtga ega emas.
Sujеtning Adabiy asardagi funksiyalari haqida so`z kеtganda, avvalo, uning asar problеmasini Adabiy tadqiq etishga imkon bеradigan hayot matеrialini uyushtirib bеrishini aytish kеrak. Dеmak, sujеt asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo`lishi mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog`liq bo`lib qoladi.
Masalan, A.Qodiriy "O`tkan kunlar" uchun tanlagan sujеtda Otabеkning Toshkеntdan, Kumushning Marg`ilondan bo`lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul (optimal) variant. Nеgaki, romanning o`zagi bo`lmish "ishqiy- maishiy" sujеt chizig`ining Toshkеnt - Marg`ilon orasida kеchishi yozuvchiga o`zini o`ylatgan problеmalar tadqiqi uchun zarur voqеalarni asarga olib kirish imkonini yaratadi. Jumladan, Otabеkning dor ostiga borishi, Toshkеnt isyoni, qipchoq qirg`ini kabi voqеalar asarga hеch bir zo`rakiliksiz, o`quvchi xayolini band etgan Otabеk—Kumush liniyasiga uzviy bog`langan holda olib kiriladi va, muhimi, ular adibga shaxs erki, millat erki, millat taqdiri muammolarini atroflicha Adabiy tadqiq qilish, fikrlarini ifodalash imkonini yaratadi. Ko`rinadiki, sujеtning Adabiy asardagi eng muhim funksiyasi — Adabiy konsеpsiyani shakllantirish va ifodalashga xizmat qilishida namoyon bo`lar ekan.
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.
Jumladan, tragik xarakter qaltis, og’ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o’zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo’zg’atuvchi “arzimas” voqealarda o’zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoyev) ko’rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig’i voqealar mantig’iga va aksincha, voqealar mantig’i xarakterlar mantig’iga (F.M.Golovchenko, M.Qo’shjonov, T.Boboyevlar ham ta’kid qilishgan) mos bo’lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi Otabek o’zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o’rnida” bo’ladi. homidning ig’volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig’i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo’rttirishga, uning xarakteri mantig’ini asoslashga, ishonchligini ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g’oyaviy mazmun (eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda.
Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi va u konflikt deb yuritiladi.
Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko’lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi:
1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi;
2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash;
3. Shaxsiy – intim konflikt – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo’lgan asarlar (“Sarob” - A.Qahhor; “Ulug’bek xazinasi” – O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko’rsatgichi bo’lib, yorqin iz qoldirganlar.
Jumladan, “O’tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan Musulmonqul, Azizbekka o’xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi to’qnashuv – ijtimoiy konfliktga asos solsa, Otabek, hasanali, Qutidor va homid, Mutal, Sodiq, Jannat kampir o’rtalaridagi olishuv-shaxsiy-intim konfliktni keltirib chiqaradi. Otabek ikkinchi martaba uylanish Kumushga nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, axloqsizlik qilayotganini tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga bo’ysinadi. Ana shu jarayonda qalbida kechgan kurash-psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Uch xil konflikt birlashib, katta qudrat kasb etadi va “O’tkan kunlar” syujetining shiddatli va ta’sirchan harakat qilishini, asar qahramonlarining dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi.
Badiiy syujetlar turli yo’llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko’pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi:
1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo’ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to’qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo’ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To’xtaboyev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyayev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko’rsatish mumkin.
2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo’ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug’bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O’tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro’z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoyevskiy) kabilar ana shu yo’l bilan yaratilgan asarlardir.
3. Yozuvchilar o’zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo’lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o’z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o’zlashtirilgan” syujetdir.
Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o’g’li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko’rsa bo’ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir.
ha, “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko’p bo’lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, Esxil va Shekspir nomlari bilan bog’laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo’lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo’liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”1.
Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog’lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog’lansa (A dan so’ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog’lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so’ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o’ldi, malika ham o’ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o’zaro bog’langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqye qiladi.2
Xronikal syujetda ko’pincha sarguzasht (avantyura)ga, favqulodda hodisalarga o’rin berilsa (“Ramayana”, “Mahobhorat”ni eslang), qahramonlar ketma-ket to’siqlarga duch kelaversa, ularni yengaversa-qahramonliklarning cheki-chegarasi bo’lmasa, konsentrik syujetda bir-biri bilan mustahkam bog’liq bo’lgan voqealar silsilasida qahramon faoliyati izchil, sabab-oqibatga asoslangan holda ishonchli ochiladi, realistik va psixologik (“Ulug’bek xazinasi”, “Sarob” romanlaridagidek) tasvir chuqurlashadi.



Yüklə 33,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin