Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Yüklə 33,53 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2022
ölçüsü33,53 Kb.
#77443
1   2   3   4
Adabiy asarda syujet va kompozitsya

Kompozitsiya san’ati
Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi.
Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1.
Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi.
har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O’tgan kunlar”da Kumushning ko’zyorishi (tug’ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug’ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o’zbek odatiga binoan qizning birinchi tug’ishida onasi uning oldida bo’lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo’lganida zaharlanish yuz bermagan bo’larmidi?) va halok bo’lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko’rsatish orqali) isbotlaydi.
Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya darajasiga o’sib chiqmagan.
“O’zbeknoma”day asar yozib, bugungi kitobxonga bu fikrni tavsiflab berishning o’zi g’alati... Shoir esa tavsiflash doirasidan chiqolmay, hayotga maddohlik ko’zi bilan qaragan, maddohlik tafakkuri bilan fikrlagan. Shu holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o’qishni, hatto qabul qilishni ham qiyinlashtirgan. Axir, asal juda yaxshi, juda zarur shifobaxsh narsa, lekin ko’p bo’lganda-chi? Masalan, o’zingizni bir bochka asal ichida o’tirgandek his qiling. Xuddi shunga o’xshash me’yorsiz, o’lchovsiz, oxir-keti yo’q madhiya ham teskari natija beradi-odamni entiktirib, damini qaytaradi. Kitobning bir joyida shoir madhiyabozlikni oqlash uchun hadisdan shunday dalil keltiradi: “Odil podshoni hurmatlash tangrini ulug’lash bilan barobardir”. Juda dono gap. Lekin hurmatlash boshqa, madhiya o’qish boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko’ra adolat yo’lida qo’yilgan bitta amaliy qadamni afzal biladi.
Maddohlikningnojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning zamirida manfaatparastlik, ta’ma yashirinib yotadi”(O.Sharafiddinov. “Mag’zi puch so’zlardan bir tosh nari qochh” O’zAS, 15 sentyabr, 2000-yil).



Yüklə 33,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin