Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’liv fan va innavatsiyala vazirligi


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning Yangi samarali texnologiya faoliyati zaruriyati va ularda Yangi samarali texnologiya strategiyasini shakllantirish



Yüklə 206,11 Kb.
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü206,11 Kb.
#179062
1   2   3   4   5   6
Reja Yangi samarali texnologiya tushunchasi va ularga qaratilga6 (2)

4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning Yangi samarali texnologiya faoliyati zaruriyati va ularda Yangi samarali texnologiya strategiyasini shakllantirish

O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:



  • xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi;

  • tadbirkorlik va tanlash erkinligi;

  • foyda va daromad olishga intilish;

  • raqobat va raqobatchilik muhiti;

  • narx erkinligi;

  • davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;

Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:

  • mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;

  • ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;

  • erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;

  • etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.

Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha Yangi samarali texnologiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida Yangi samarali texnologiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini Yangi samarali texnologiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta Yangi samarali texnologiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u Yangi samarali texnologiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.
Yangi samarali texnologiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Yangi samarali texnologiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Yangi samarali texnologiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda Yangi samarali texnologiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu Yangi samarali texnologiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Yangi samarali texnologiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek Yangi samarali texnologiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Yangi samarali texnologiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi.
Yangi samarali texnologiya strategiyasi Yangi samarali texnologiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Yangi samarali texnologiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning Yangi samarali texnologiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Yangi samarali texnologiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.

Xulosa

Aholining talab va ehtiyojlarining keskin o’sib borishi, shuningdek, jahon bozorida global raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining sifatini oshirish orqali ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida», «Metrologiya to’g’risida», «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT), O’zbekiston Respublikasining o’lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O’z O’DT), O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’z SMT) ni takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida raqobatbardosh va sifatli mahsulot bilan ta’minlash, shuningdek bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholi sog’lig’i, mahsulot xavfsizligi, mamlakatning mudofaa qobiliyati, atrof muhit va ekologiyani muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilgan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Bizning fikrimizcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.
Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.
Ma’lumki, bozor sharoitida ko’pgina ko’rsatkichlar orasida aynan sifat tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilarning saqlanib qolish shartiga, ularning iqtisodiy faoliyatining samaradorligi hamda mamlakat iqtisodiy farovonligii ko’rsatkichiga aylanadi. Marketing nuqtai nazaridan sifat – ma’lum iste’molchining ma’lum ehtiyojlarini qondiruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidir.
Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.
Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.


Yüklə 206,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin