Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’liv fan va innavatsiyala vazirligi



Yüklə 206,11 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü206,11 Kb.
#179062
  1   2   3   4   5   6
Reja Yangi samarali texnologiya tushunchasi va ularga qaratilga6 (2)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIV FAN VA INNAVATSIYALA VAZIRLIGI



Andijon Mashinasozlik Instituti

iqtisodiyotkafedrasi

Mikro iqtisodiyot fanidan
kurs ishi
Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoniga yangi samarali texnologiyalarni tadbiq qilishning zaruriyati va istiqbollari.

Bajardi: III-kurs S93-20 guruh (sirtqi)
Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi: Axmadjonov G’iyosiddin

Qabul qildi:______________________________________________________
Baho:_________________

ANDIJON– 2023

Ishlab chiqarish jarayoniga yangi samarali texnologiyalarni tadbiq qilishning zaruriyati va istiqbollari.

Reja:



1. Yangi samarali texnologiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar
2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish
3.Yangi samarali texnologiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida
4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning Yangi samarali texnologiya faoliyati zaruriyati va ularda Yangi samarali texnologiya strategiyasini shakllantirish


Kirish
Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. Qisqa muddat oralig'ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko'tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to'laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim. Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to'g'ri ishlab chiqarishga va uning rivojlanish taraqqiyotiga bog'liq bo'lgan yangiliklar hamohangligini aniq- laydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba'zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo'lgan texnologiyalar hayotini o'zgartirishga imkon beradi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko'ra, yangi tashkiliy firmalar
(innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, investitsion fondler va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishga imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion salohiyat va samarali innovatsion siyosat bilan bir qatorda innovatsiyalar motivatsiyasi muhim o'ringa ega. Motivatsiya bu belgilangan yo'nalishda faol harakatni yuzaga keltiruvchi ehtiyojlar va ularning motivlari to'plamidir. Innovatsiyalar motivatsiyasi produtsent va menejerni innovatsion faoliyat, fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar sotuvi yoki ularning xaridi va xo'jalik faoliyatida foydalanish yo'nalishida faol harakatiga undovchi ehtiyojlar va motivlar to'plami hisoblanadi
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llabquvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkan hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarigan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi keyingi 28 yil davomida iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tarkibiy o’zgartirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadlari boshida yalpi milliy mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotni modernizatsiyalashdan iborat.
Mamlakatimizda o’z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o’ylangan iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiyalash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yil yakunlariga ko’ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 8,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi.
Ushbu mavzuning dolzarbligi - respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo’llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, “tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to‘la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o’z-o’zidan rivojlanish yo’liga qadam qo’yadi.



Yüklə 206,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin