Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’liv fan va innavatsiyala vazirligi


Ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion texnologiyalar jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə2/11
tarix14.12.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#177397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Ishlab chiqarishda 1111

1.Ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion texnologiyalar jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari
Innovatsion rivojlanishning mohiyati va mazmunini o’rganishdan oldin “innovatsiya” iborasi to’g’risida tasavvur hosil qilish zarur. Ushbu tushuncha ingliz tilidan olingan bo’lib, “innovation”, ya’ni yangilik, yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou-xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qo’llash bilan bog’liq, shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega bo’lgan yangi vazifalarni bajara oladigan yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yo’kotish maqsadini o’z oldiga qo’ygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir. Ya’ni,innovatsiyalarni g’oyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin.
Innovatsiyalarni paydo bo’lishining ikki yo’nalishi • Bozor ehtiyoji, ya’ni qandaydir tovar yoki xizmatga bo’lgan talab. boshqacha aytganda, bu - bozor ehtiyojlariga beriladigan javob yoki marketing varianti hisoblanadi. Masalan, bunday o’zgarishlar tarkibiga ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga yoki mahsulotga «tovar» ko’rinishini berishga yordam beruvchi o’zgarishlarni kiritish mumkin. • «Kashfiyotchilik» (intellektual faoliyat)- bu odamning bozorda mavjud bo’lmagan talabni qondirishga yo’naltiriladigan yangi mahsulotni yaratish borasidagi intellektual faoliyatidir. boshqacha aytganda, bu - yangi bozorni yaratish faoliyatidir Rivojlanishning innovatsion tipi (ingl. Innovation model of development) – ijtimoiy ishlab chiqarishda yangi ilg’or texnologiyalarga urg’u berish, yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish, mikro va makroiqtisodiy jarayonlarda ilg’or tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish - texnopark , texno polis, kam energiya talab etadigan texnologiyalardan foydalanish siyosati, ishlab chiqarish faoliyatini intellektualashtirish, iqtisodiyotni softlashtirish va servislashtirish bilan tavsiflanadi.
Innovatsion rivojlanishning metodologik bazasining majburiy elementi sifatida ilmtalab ishlab chiqarishning rivojlanishi darajasi va iqtisodiyotga intellektual resurslarni jalb etish darajasini qayd etish mumkin. Innovatsion faollikni 3ta daraja bo’yicha tahlil etish mumkin: 1. Global darajada – mamlakatlarning geografik va sotsial-iqtisodiy mezonlariga qarab. 2. Milliy darajada – ma’lum bir mamlakatning rivojlanganlik holati, mavjud muammolar hamda taraqqiyotning kuchli va kuchsiz tomonlariga qarab. 3. Hududiy darajada – mamlakat xududlarining farqlanishiga qarab. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar innovatsion rivojlanishi modellarining uch turi farqlanadi: 1. Fanda peshqadamlikka, ilmiy ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan, qoida tariqasida, ilmiy-innovatsion imkoniyatlarning mudofaa sektoridagi ulushi ancha katta bo’lgan keng ko’lamli maqsadli loyihalarni amalga oshirishga qarab mo’ljal oladigan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya). 2. Innovatsiyalarni tarqatish, qulay innovatsion muhitni yaratish, iqtisodiyot strukturasini oqilonalashtirishga qarab mo’ljal oladigan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya) 3. Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga ta’sirchanlikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli sektorlarning harakatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan innovatsiyalarni rag’batlantiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya). Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti - bu intellektual salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha barcha bosqichlar bo’lib, bundagi innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi bo’lib xizmat qiladi. Bugungi sharoitda innovatsion, aynan bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini o’zida mujassam etgan yuqori fan sig’imiga ega bo’lgan texnologik iqtisodiyot raqobatbardosh bo’ladi. Innovatsion taraqqiyotda innovatsiyalarning chiziqli modeli bu ishlab chiqilgan fundamental ilmiy g’oyalar amaliy tadqiqotlar bilan bog’liqda bo’lishini anglatadi. Ayni paytda innovatsiyalarning ko’p sonli manbalari modelida innovatsiyalar innovatsion tizimning istalgan qismida yuzaga kelishi mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ahamiyati juda katta. Chunki respublikamiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qiladi va ularning turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishi hamda qayta ishlash sanoati quvvatlarining yuksalishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini yanada ko‘paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur. Innovatsiyalarni joriy etish korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olib, so’nggi yillarda mamlakatimizda ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatni saqlash hamda rivojlantirish yuzasidan bir qator maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, innovatsion faoliyat ishlab chiqarish va boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri sifatida foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o’zgarishlari, faoliyat vositalari va uslublarini yangilash yo’li bilan amalga oshiriladi. Mamlakat raqobatdoshligini baholash ko’rsatkichlariga ko’ra, tabiiy va iqlim resurslaridan oqilona foydalanish, jamg’arilgan boyliklardan o’z o’rnida foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish, innovatsiyalarni qo’llabquvvatlash tamoyillariga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish kabi omillar korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi hisoblanadi. Hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot va bozor ehtiyojlari mahsulot nomenklaturasi va sifatiga yangi talablarni shakllantirgan holda, talab va taklif kon’yunkturasida muhim o’zgarishlarning yuz berishiga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan ishlab chiqarish faoliyatining deyarli barcha sohalarida innovatsiyalarga istiqbolli rivojlanish vositasi sifatida qiziqish yanada oshadi. Korxonalarni boshqarish amaliyotida bunday strategiyaning shakllanishi innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish tizimlarini yaratish zaruriyatini yanada kuchaytiradi. Innovatsiya va yangiliklar innovatsion faoliyat natijasida yuzaga keladi, ular o’zaro bog’liq tushunchalar bo’lib, biri ikkinchisining mavjudligini taqozo etadi. Ularning asosiy farqi shundaki, birinchi holatda yangi mahsulot shakllanishi jarayoni ro’y bersa, ikkinchisida — uni tijoratlashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni keng yoyish — axborot jarayoni bo’lib, uning shakli va tezligi kommunikatsiya kanallarining quvvati, xo’jalik sub’ektlari tomonidan axborotni qabul qilish xususiyatlari, ushbu axborotdan amaliy foydalanishga bo’lgan qobiliyat va hokazolarga bog’liq. Chunki real iqtisodiy muhitda faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarining innovatsiyalarni izlashga bo’lgan munosabati va ularni o’zlashtirish qobiliyati turlicha bo’ladi. Innovatsiyaviy jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan iqtisodiy o’sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o’z aksini topadi. Shuningdek, innovatsion rivojlanish omillari zamonaviy bosqichdagi iqtisodiy o’sishning asosini tashkil etgan holda, ishlab chiqarish sohasining ko’pgina xususiyatlarini ham belgilaydi. Davlat innovatsion jarayonlar rivojlanishini maxsus hukumat investitsiyaviy jamg’armalari orqali imtiyozli sharoitlarda kreditlash, istiqbolli sohalarga nisbatan milliy iqtisodiyotni himoya qilish siyosatini amalga oshirish, notijorat tadqiqot institutlarini qo’llab-quvvatlash va kompaniyalarni ilmiy tadqiqotlar maqsadida soliqlardan ozod etish yo’llari bilan rag’batlantirishi mumkin. Hozirgi kunda xalqaro ilmiy-texnik va savdo munosabatlarining rivojlanishi ko’pgina mahsulotlar bozorining globallashuvi, xalqaro mehnat taqsimoti hamda turli xil alyanslar va qo’shma korxonalar yaratilishi bilan bog’liq. Shu bilan birga, «inson resurslarini» boshqarish innovatsion siyosatni amalga oshirishning so’nggi bo’g’ini bo’lib, samaradorlikni va ish sifatini oshirish masalalarini hal etishga xodimlarning keng doirasini jalb etishni taqozo etadi. Qaysi bir davlat eng samarali innovatsiyaviy mexanizmga va innovatsiyalarni amalga oshirishning rivojlangan infratuzilmasiga ega bo’lsa, aynan shu davlat jahon bozoridagi raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishadi. Hozirgi kundagi ilmiy-texnik taraqqiyotning bir qismi sifatida e’tirof etiladigan ilmiytexnik innovatsiyalar — iqtisodiyotni jonlantiruvchi va uning raqobatdoshligini saqlab qoluvchi kuch hisoblanadi. Innovatsiyaviy faoliyatni rivojlantirish uchun tarmoq infratuzilmalarining katta imkoniyatlari mavjud ekanligini anglagan holda rivojlangan davlatlar hukumatlari innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlashni davlat siyosati darajasida amalga oshirmoqdalar. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan tashkiliy shaklga misol tariqasida, Fransiya sanoat vazirligi qoshida faoliyat yurituvchi INOVA assotsiatsiyasini keltirish mumkin. Tarmoq tuzilmasi sifatida yaratilgan ushbu assotsiatsiya tarkibiga 40 ga yaqin korxona va tashkilotlar kirib, ularning deyarli yarmi tarmoq tuzilmalaridan iborat. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali yuqori texnologiya sohalari rivojlangan mamlakatlar orasida AQSH katta salohiyatga ega. Ushbu mamlakatda yiliga o’rta hisobda 390 milliard AQSH dollari atrofida innovatsiya va inson kapitali uchun moliyaviy mablag’ ajratiladi.Yaponiyada esa YAIMning 3 foizi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, innovatsion faoliyat bilan shug’ullanayotgan yaponiyaliklarning 13 foizi fundamental, 25 foizi amaliy hamda 62 foizi tajriba-konstruktorlik ishlariga jalb qilingan. Xitoy, Germaniya, Fransiya, Isroil, Hindiston, Rossiya kabi iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlar inson manfaatlariga xizmat qiladigan innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqib, amalga tatbiq etib kelmoqdalar. O’z o’rnida shuni ham ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ham innovatsion loyihalar va texnologiyalarni amalga tatbiq etish bo’yicha tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin