Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’liv fan va innavatsiyala vazirligi


Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari



Yüklə 98,93 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü98,93 Kb.
#177397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Ishlab chiqarishda 1111

2.Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari
Har qanday korxona va umuman, iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omili – ishlab chiqarish harajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishdir. Bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng bo’lmagan milliy bozorga nisbatan katta jahon bozorlarida o’z joyiga ega bo’lish va uni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirmasdan raqobatdosh iqtisodiyot, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, o’rta muddatli istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emas. Respublikamizda iqtisodiyotining raqobatdoshligini ta’minlash uchun kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini izchil ravishda isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish orqaligina ta’minlanishi mumkinligini ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatib turibdi. “Respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga va eksport salohiyatini o’stirishga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, kompleksi va korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ularning samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirish maqsadida ” qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturning amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishda yangi bosqich hisoblanadi8.
Sifati va narxi bo’yicha jahon bozorida raqobatdosh bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi mahsulot turlarini ko’paytirish bo’yicha, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1623-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Istiqbolda iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bu yo’nalishda maxsus tayyorlashni taqozo etadi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini ta’minlashga to’siq bo’layotgan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining past bo’lishiga, tannarxining esa asossiz o’sib ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
- korxonalarda mavjud asbob-uskunalar hamda texnologiyalarning salmoqli miqdori jismonan yoki ma’naviy jihatdan eskirgani;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlariga mosligini ta’minlash masalasi barcha korxonalarda to’liq hal etilmagani;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi qoniqarli emasligi ta’kidlandi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ayniqsa yengil sanoat, farmasevtika va qurilish mollari kabi iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarga tegishli ekaniga alohida e’tibor berildi.
Mahsulot raqobatbardoshligiga erishishda avvalo, mamlakatimizning mahsulot eksport qiluvchi korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ularga qo’shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurlgi Prezidentimiz tomonidan ta’kidlandi va muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo’yildi.
Mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun raqobatchilar, iste’molchilar, mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning qonunchiligi to’g’risida axborot ko’magini berish, davlatlararo kelishuvlarga ko’ra mamlakat korxonalari uchun xorijiy davlatlarda eng ko’p qulaylik rejimini yaratish, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarini (banklar, transport tizimi va b.) rivojlantirish, mahsulot reklamasiga ko’maklashish kabi chora-tadbirlar ham eksport qiluvchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining faoliyat samaradorligini tubdan oshirish, vazirlikning iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, uning tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, hududlarni kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat organlariga “lokomotiv” funksiyasini ta’minlash, shuningdek, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi va dasturlarini tayyorlashda uning roli va mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga quyidagi asosiy strategik vazifalar va yo‘nalishlarni amalga oshirish yuklansin:
mamlakatni qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrda barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlashga, aholi farovonligini oshirish va uning eng muhim muammolarini hal etishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, jahon bozorlaridagi vaziyatni hamda global iqtisodiyot rivojlanishining uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda, taklif etilayotgan yechimlardan kutilayotgan makroiqtisodiy maqsadli natijalar hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini chuqur kompleks hisob-kitob qilish;
chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni va iqtisodiyotning diversifikatsiyalashni, ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlaydigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan strukturaviy siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida eksport salohiyatni oshirish, iqtisodiyotning importga qaramligini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, tarmoqlar va hududlarni mutanosib va uyg‘un rivojlantirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani ildam rivojlantirish;
mamlakatimizni istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkning ustuvorligini ta’minlash, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari bilan mustahkam hamkorlikda va ularning fikrlarini inobatga olgan holda, iqtisodiyotni boshqarishni bozor usullari va mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
mintaqalar tabiiy va iqtisodiy resurslaridan samarali foydalanishni, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyot tarkibi va aholi turmush darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilishni ta’minlaydigan hududlarni intensiv va kompleks rivojlantirish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish bo‘yicha takliflar, chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, mamlakat aholisining daromadlari va bandligini izchil o‘stirishni ta’minlash;
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkillashtirish, Iqtisodiyot vazirligi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishlarining usul va shakllarini tizimli asosda doimiy takomillashtirish, byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish, xodimlarga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish mas’uliyatini oshirish.
2. Belgilansinki:
Iqtisodiyot vazirligi prognozlashtirish, islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakatni mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishda mas’ul vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Iqtisodiyot vazirligining o‘z vakolat doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy xaraktyerga ega bo‘lgan qarorlarini davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar xo‘jalik subyektlari uchun ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PQ-2840-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari, shuningdek tuman hamda shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tashkil qilingan.


Yüklə 98,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin