O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
singari estetik madaniyatning ham ahamiyati ortib bor moqda.
Birinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalarida kishilarning ijtimoiy va shaxsiy fazilatlari, ularning 
ongliligi, ijodiy faoliyatining erkin namoyon bo‘lishi uchun real imkoniyatlar 
yaratilmoqda.
Ikkinchidan, shaxsiy manfaatlarning o‘ziga xos o‘rin tutishi negizida 
kishilarning ijodkorlik faoliyatida samaradorlik ortmoqda, ishlab chiqarishni 
tashkil etishda shaxsiy tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik fazilatlari 
keng namoyon bo‘lmoqda.
Uchinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining yanada taraqqiy etishi, 
jamiyatni boshqarishda demokratik qadriyatlarning ustuvor o‘rin tutishi, 
kishilar faoliyatining sifat jihatidan takomillashuvi estetik madaniyat rivoj 
topishiga olib kelmoqda.
To‘rtinchidan, ishlab chiqarish sohasida xorijiy firmalar bilan qo‘shma 
korxonalarning tashkil etilishi, jahon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti 
yutuqlarining O‘zbekistonga kirib kelishi, ishlab chiqarishni yangi (elektronika, 
mikroelektronika, hisoblash mashinalari, kompyuterlar, qulay avtomatlashtirish 
tizimi va boshqalar) texnika bilan qurollantirish ishlab chiqaruvchilarda sotsial-
psixologik, professional, axloqiy-estetik sifat va fazilatlarni tarkib toptirishni 
taqozo etadi. Jahon bozoriga mahsulot olib chiqish, o‘ziga mos va o‘ziga xos 
o‘rin egallashning mezonlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish sohasida sifat 
mukammalligi va estetik barqarorlikka erishish hisoblanadi. Bunday ijtimoiy 
vazifani hal etishda estetik madaniyatning roli kattadir.
F A N
Ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli bo‘lgan fan insonning mohiyatli 
kuchlarini o‘zida ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Fan 
madaniyat hodisasi deyilganda, birinchi navbatda, uning bilimlarni ishlab 
chiqish shakli ekanligi nazarda tutiladi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, har 
qanday tasavvur va bilimlar singari fan ham ijtimoiy amaliyot, ijtimoiy ehtiyoj 
tufayli yuzaga kelgan.
Amaliyot tufayli tug‘ilgan bilimlar dastavval ayrim hodisalarni qayd qilish, 
ularning tashqi jihatlarini tavsiflash bilan chegaralanadigan kundalik, oddiy, 
ilmiy bo‘lmagan tasavvurlar tarzida namoyon bo‘ladi.
Fan esa narsa-hodisalarni vujudga keltirgan sabablarning mohiyatini 
ochishga, ular o‘rtasidagi ichki aloqalarni aniqlashga qaratiladi. Tabiiyki, narsa-
hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar o‘ta rang-barang shakllarda yuz 
berib, ular muvaqqat, favqulodda, nomuhim bo‘lishlari mumkin, ilmiy bilish 
esa ulardan eng muhimlarini, barqarorlarini, mohiyatni ifodalaydiganlarini 


80
madaniyatshunOslik asOslaRi
ajratib oladi. Aloqa va munosabatlarning bunday toifasi odatda qonun nomi 
bilan yuritiladi.
Fan voqealar tizimini belgilaydigan obyektiv qonunlarni, juda uzoq va yaqin 
o‘tmishdagi voqea-hodisalar mohiyatini tushuntirib, ularning ilmiy manzarasini 
tiklaydi. Fan voqelikning obyektiv qonunlarini kashf etib, fan kishilarning 
bugungi kun haqidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, tabiat va jamiyatda 
kechadigan jarayonlarni nafaqat tushuntiradi, balki aql «nazorati»dan o‘tkazadi. 
Nihoyat, fan obyektiv qonunlarni bilish asosida voqelikning juda rang-barang 
sohalari va, umuman, ertangi kun haqida bashorat ham qilishi mumkin.
Shunday qilib, fan tadqiqot bilan uzviy bog‘langan ijodiy faoliyat bo‘lib, 
buning natijasida tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilinadi. 
Binobarin, fan yangi bilimlar hosil qilishning sub’ektlari, obyektlari, barcha 
sharoitlari va jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
— olimlar, ularning bilimlari va qobiliyatlari, malakasi va tajribasi
— ilmiy, aqliy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi; 
ilmiy muassasalar, eksperimental va laboratoriya uskunalari; 
tadqiqotning ilmiy uslublari, tushunchalari va ilmiy informatsiya 
tizimi; 
— ilmiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan bilimlarning butun ko‘lami 
va yig‘indisi va h. k.
Tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, fan ijtimoiy mehnat taqsimoti 
natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib 
chiqishi hamda, olamni bilish inson faoliyatining alohida turiga aylanishi 
mahsulidir.
Fanning paydo bo‘lishini ta’minlagan zaruriy shart-sharoitlar dastavval 
Qadimgi Sharq mamlakatlari — Misr, Vaviloniya, hindiston, Xitoy, Markaziy 
Osiyoda yuzaga kelganligi tarixdan ma’lum. Bu yerda dastavval tabiat va jamiyat 
to‘g‘risida shakllangan tasavvurlardan umumiy xulosalar chiqarishga ehtiyoj 
tug‘ilgan, oqibatda matematika, astronomiya, mantiq, axloqshunoslikning ilk 
namunalari paydo bo‘lgan. Sharqda erishilgan bunday yutuqlar eramizdandan 
oldingi IV asrdan boshlab qadimgi Yunonistonda yanada boyitiladi, tizimga 
solinadi, ijodiy rivojlantiriladi.
Qadim zamonlardan boshlab fanning asosiy funksiyasi olamni tushuntirishga 
yo‘naltirilgandir. Olamni bilish bilan shug‘ullanish negizida insonning dunyoni 
idrok etish doirasi kengayib, o‘zini tabiatning bir bo‘lagi sifatida tushunish 
haqidagi tasavvurlari ham chuqurlashadi. Fan taraqqiyotining dastlabki 
davrlariga xos bunday mushohadakorlik holatlari keyinchalik yirik ishlab 
chiqarish sohasining keng yo‘lga qo‘yilishi, industrial rivojlanish miqyoslarining 
o‘sib borishi oqibatida cheklana boradi, endi fan inson va jamiyatning ishlab 
chiqarish faoliyatini shunchaki ilmiy qayd etuvchi emas, balki uni harakatga 
keltiruvchi va taraqqiyotini belgilovchi omillardan biriga aylanadi. Bu jarayonda 


81

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin