O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
O‘zbekiston Respublikasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash 
milliy Dasturi»ning qabul qilinishi, ularda belgilangan asosiy vazifalarning 
izchillik bilan amalga oshirilishi nafaqat jamiyatning moddiy kuch-qudratini, 
shu bilan birga ilmiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. 
Bu jarayonning mohiyatini qisqacha tarzda quyidagilar bilan izohlash 
mumkin:
— ta’lim uzluksizligini ta’minlash. Buning oqibatida ta’limning yangicha 
vorisiylik va uzluksizlik tizimini yaratish jarayoni izchillik bilan yuz bermoqda, 
raqobatbardosh ta’lim muassasalari tashkil etilmoqda, bozor munosabatlari 
talablariga ustuvor ahamiyat berilmoqda, bozor sharoitida ta’lim xizmati 
imkoniyatlari, ilmiy kadrlar tayyorlash sifati tubdan o‘zgarmoqda; 
— ta’lim jarayoni mazmuni har tomonlama ijodiy isloh qilinmoqda, 
insonparvarlashtirilmoqda, boy intellektual, ma’naviy an’analar va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslangan davlat standartlari talabiga muvofiq yangilanmoqda, 
ta’lim sub’ekti shaxsiga, uning fan va bilimlarga o‘ta beriluvchanligiga, 
umumta’limiy faolligiga, mustaqil fikrlash qobi-liyatini shakllantirishga katta 
e’tibor berilmoqda; 
— ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar uyg‘unligiga erishil moqda. 
Yangi avlodga boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslanib ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tashkiliy, 
pedagogik shakllari va usullari ishlab chiqilmoqda, qo‘llanilmoqda. Shaxsning 
tarbiyasi va har tomonlama kamol topishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. 
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat umummadaniyati 
taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri masalasi ijobiy hal etilmoqda; 
— ta’lim sifatini ta’minlash sohasida izchillik ta’minlanmoqda. Bunda 
kasb ta’limi sifatini nazorat qiladigan va, ayni vaqtda, ta’limni boshqarish 
organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan davlat attestatsiya xizmati tashkil 
topmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanish talablariga 
javob beradigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilmoqda va izchillik bilan 
amalga oshirilmoqda.
— iste’dodli bolalar va iqtidorli yoshlarni ilmiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash 
izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buning uchun iste’dodli yoshlarning 
respublika zahirasini aniqlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda, ularni 
o‘qitish metodologiyasi, psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlari 
yaratilmoqda. Bunda nafaqat xorij tajribalaridan ijodiy foydalanish, shu bilan 
birga, yoshlarning jahonning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga 
keng yo‘l ochilmoqda; 
— ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Pedagogik kadrlar obro‘-e’tiborini, mas’uliyatini ko‘tarish va professional 
madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati amalga oshirilmoqda. 
Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning 


86
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’lim rivojiga samarali ta’sir etadigan tizimi yaratildi.
— fanning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq shakllarini taraqqiy ettirish ijobiy 
natijalar bermoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida fundamental va amaliy 
tadqiqotlar qilinmoqda, ta’lim sifatini oshirishda ilmiy ishlanmalar va pedagogik 
tadqiqotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, fundamental va amaliy 
tadqiqotlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda, yoshlarning ilmiy-texnikaviy 
ijodkorligi har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ilmiy muassasalarning 
eksperimentlar o‘tkazish faolligi ortib bormoqda; 
— ishlab chiqarish bilan ta’lim tizimi integratsiyasi ta’minlanmoqda. 
Bu jarayonda o‘quv-ishlab chiqarish markazlarini tashkillashtirish 
rag‘batlantirilmoqda, ular zamonaviy texnikaviy jihozlanmoqda. Ishlab 
chiqarish korxonalarining ilmiy-texnikaviy muammolarni yechish sohasidagi 
ishtiroki, salohiyati va imkoniyatlari kengayib bormoqda, akademik, ayniqsa, 
kasb-hunar kollejlariga homiyligi faollashmoqda; 
— ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini boshqarish sohasida samarali hamkorlik 
amal qilmoqda. Ta’limning me’yoriy-huquqiy ta’minoti mukammallashib 
bormoqda, muassasalarning o‘z-o‘zini boshqarishi mustaqillashmoqda; 
— ta’lim bozori rivojlanmoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
marketing yo‘li bilan xizmat ko‘rsatishning raqobat usullari shakllanmoqda, 
davlat va nodavlat ta’lim muassasalari tarkib topmoqda, ta’lim va kadrlar 
tayyorlash sohasida raqobat muhiti yuzaga kelmoqda, ularni davlat yo‘li 
bilan nazorat qilish amalga oshirilmoqda, pulli xizmatlar tizimi hayotga kirib 
bormoqda; 
— ta’lim tizimini axborotlashtirish keng tus olmoqda. hozirgi zamon 
informatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirish, kompyuter va internet 
tarmoqlari orqali ta’lim jarayonini axborotlashtirish taraqqiy etmoqda, 
ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniye va radioning ta’limning 
intellektual ta’sirini oshirishdagi roli ortib bormoqda, fan va ta’limning noshirlik 
imkoniyatlari kengaymoqda; 
— moddiy-texnikaviy baza mustahkamlanmoqda. Ta’lim muassasalari 
uchun zamonaviy binolar qurilmoqda, ularning moddiy-texnikaviy imkoniyatlari 
ortib bormoqda, ta’limning barcha darajalarini kompyuterlashtirish va 
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivoj topmoqda; 
— ta’lim tizimini moliyalashtirish takomillashtirilmoqda. Bu sohada 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi, o‘z-o‘zini moddiy 
ta’minlash, chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish, davlat grantlarini 
qo‘lga kiritish kabi manbalar muhim o‘rin tutmoqda; 
— ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ijtimoiy tegishli hamda davlatning 
qo‘llab-quvvatlashi keng jalb etilmoqda. Pedagogik va ilmiy faoliyatning maqomini 
yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosati amalga oshirilmoqda, bu soha xizmatchilariga 
bilimni oshirish, salomatlikni mustahkamlash, hordiq chiqarish bo‘yicha tegishli 


87

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin